Internet tarmog`ining axborot va kommunikatsiya xizmatlari; Internet yaratilishi tarixi; Internetni nimalar tashkil etadi ?



Download 276 Kb.
bet4/34
Sana09.07.2021
Hajmi276 Kb.
#113584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Маъруза №1 t

3. Internet yaratilishi tarixi

Internet tarmog`i yaratilishi tarixidagi eng muhim sanalardan biri deb, 1957 yilni e’tirof etish mumkin. Sababi, o`sha yili AQSh mudofaa Vazirligi tasarrufida ilg`or tadqiqot loyihalari agentligi (DARPA - Advanced Research Project Agency) tashkil etildi. Ushbu agentlikka kompyuterlarni o`zaro bog`lash metodini yaratish bilan bog`liq tadqiqotlar olib borish vazifasi yuklatildi.



Internet AQShda yaratilgan. Qizig`i shundaki, bunga sobiq SSSR da 1957 yilda raketa uchirilishi (bu holat AQSh mudofaa Vazirligi xodimlarini chuqur o`ylantirib qo`ydi), AQShdagilar go`yoki SSSR bizga raketa hujumi uyushtiradi, deb o`ylashlari turtki bo`ldi. Buning natijasida AQSh harbiylari 1958 yilda SSSR tomonidan uyushtiriladigan raketa hujumlari haqida ogohlantiruvchi tizimni (NORAD tizimini, North American Aerospace Defense Command) yaratishga qaror qiladilar. Kuzatish punktlari mamlakatning turli nuqtalarida tashkil etilganligi sababli, kerakli axborotni tezkorlik bilan ulardan qabul qilish (yoki ularga uzatish) uchun tarmoq yaratish zarur edi.

1962 yilning avgust oyida Massachusetc texnologiyalar instituti ( AQSh) xodimi Dj. Liklayder tarmoq asosida ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlariga oid turkum chiqishlar qildi. Muallif kompyuterlardan tashkil topgan global tarmoqni oldindan ko`ra bilib, uning yordamida har bir foydalanuvchi tarmoq doirasida o`ziga kerak bo`lgan dastur yoki ma’lumotlardan foydalanishi mumkinligini e’tirof etdi. Ushbu g`oya Internetning hozirgi holatini tavsiflashga yaqin bo`lgan g`oya edi. 1962 yilning oktabr oyida Liklayder DARPA agentligining kompyuter loyihasiga rahbar etib tayinlandi.

Liklayder loyiha ishtirokchilari, olimlar guruhiga o`z g`oyasini tushuntirib, uning mohiyatini ochib berishga harakat qiladi va uni haqiqatda amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi. Olimlar orasida Massachuset Тexnologiyalari instituti tadqiqotchisi Lourens Roberts ham bor edi. Yangi yaratiladigan tarmoq katta mamlakatni boshqa aloqa vositalari umuman mavjud bo`lmagan sharoitlarda ham ishonchli boshqarishni ta’minlashi kerak edi. Shuning uchun uning o`tkazish imkoniyati muhim ahamiyatga ega edi.

S hu nuqtai-nazardan ma’lumotlar uzatish uchun paketlar kommutatsiyasi nazariyasi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Ushbu nazariyani Leonard Kleynrok 1961 yilda ishlab chiqdi va birinchi bo`lib 1964 yilning iyulida nashrdan chiqardi. Paketlarni kommutatsiyalashda ma’lumotlar qismlarga ajratilib, har xil yo`llar bilan tarmoqda uzatilishi mumkin. Har bir qismga paketni yetkazib berishga oid ma’lumotlardan iborat sarlavha qo`shiladi. Paketlar kommutatsiyasi kanalning yuqori tezligini va tizimning ishonchliligini ta’minlaydi. Ushbu nazariya asosida loyihalanayotgan ARPANet tarmogida tezlik 2.4 Kbit/s dan 50 Kbit/s gacha oshirilganligini ta’kidlab o`tish mumkin.

1966 yilda DARPA agentligi Larri Robertsni ARPANet kompyuter tarmog`ini yaratish loyihasini amalga oshirish uchun ishga taklif etdi. Loyihaning maqsadi – urush va ayniqsa, yadro hujumi sharoitida aloqani ta’minlash usullarini tadqiq qilish va harbiy, fuqaro ob’ektlarini markazlashmagan tarzda boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqish edi. Markazlashmagan holda boshqarish juda muhim edi, chunki bunda tarmoqdagi ba’zi uzellar ishlamay qolgan yoki yaroqsiz xolga keltirilib yakson qilinganida ham tarmoq ishini boshqarish davom ettirilardi. Vazifani bajarish uchun dastlabki bosqichda bir necha yirik tadqiqot muassasalarini (universitetlarni) tarmoq orqali birlashtirib, kompyuter kommunikatsiyalari ustida tajribalar o`tkazish rejalashtirilib olindi.

     Robert Kan ARPANet tarmog`ining umumiy arxitekturasi taqdim etdi, Lorens Roberts tarmoq topologiyasi va iqtisodiy masalalarini ishlab chiqdi, Leonard Kleynrok ( Network Measurement Center, UCLA ) barcha o`lchash vositalari va tarmoq ishi tahlili haqidagi hisobotini taqdim etdi..

     1968 yilda loyihani joriy etish uchun Bolt Beranek and Newman (BBN) kompaniyasi bilan kontrakt shartnomasi imzolandi. Ushbu kompaniya 1969 yil oxirida to`rtta tadqiqot Markazlarini: UCLA, SRI, UCSB va University of Utah. (Kaliforniya shtatining Los-Andjeles universiteti, Stenford universiteti, Santa-Barbara shahridagi universitet va Yuta shtatining Solt Leyk Siti shahridagi universiteti) yagona kompyuter tarmog`iga birlashtirib loyihani yakunlaydilar.

1969 yilda ARPANet ishga tushirildi. 1969 yilning 29 oktabrida professor Klenroyk San-Fransisko universitetidagi hamkasbiga tarmoq bo`yicha xabar uzatadi. Ushbu xabar "LOG"so`zidan iborat bo`lib (ma’nosi ulanish), - professor ushbu xabarni uzatish jarayonini 3 bosqichga ajratadi – har bir bosqichda bittadan harf uzatiladi. "Biz bitta harf uzatilganidan so`ng, u yetib bordimi, deb so`radik. Ijobiy javob olgach, ikkinchi harfni jo`natib, yana savol bilan murojaat qildik. Ushbu harf ham uzatilgach, uchinchi harfni uzatdik. Biroq kompyuter to`satdan to`xtab qoldi va aloqa uzildi,” – esga oladi Kleynrok BBS kanaliga bergan intervyusida.




Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish