Internet tarmog`ining axborot va kommunikatsiya xizmatlari; Internet yaratilishi tarixi; Internetni nimalar tashkil etadi ?



Download 276 Kb.
bet1/34
Sana09.07.2021
Hajmi276 Kb.
#113584
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Маъруза №1 t



Ma’ruza №1. Internet asoslari

Reja:

  1. Kirish;

  2. Internet tarmog`ining axborot va kommunikatsiya xizmatlari;

  3. Internet yaratilishi tarixi;

  4. Internetni nimalar tashkil etadi ?

  5. Internet tarmog`ini ma’muriy boshqarish;

  6. Internetda adreslash: IP-adres, domenli adres

  7. Resursning universal adresini tasvirlash;

  8. Internet provayder haqida;

  9. Internet tarmog’iga ulanish usullari.


Тayanch so’zlar va tushunchalar: Internet, DARPA, ARPANet, MilNet, NSFNet, HTML, HTTP, brauzer dasturi, Internet Maslahat Kengashi, provayder, IP-adres, domen, domenli adres, URL-adres, .
1. Kirish

Internet (inglizcha Interconnected Network – ma’nosi o`zaro tarmoqqa ulangan tarmoqlar) – turli mamlakatlardagi millionlab foydalanuvchilar kompyuterlarini birlashtiruvchi butunjahon tarmog`idir. Internet tarmog`ining keng ommalashib, foydalanuvchilarning e’tiborini shunchalik qozonishini ilgari hech kim tasavvur ham qilmagandi. Boshqa buyuk g`oyalar kabi “tarmoqlar-tarmog`i” umuman boshqa maqsadlar uchun mo`ljallangan loyihaning mahsuli sifatida vujudga keldi.

Internet – bu tarmoqlarning tarmog`idir.

Internet tarmog`ining an’anaviy tarmoqlardan farqi, uning rasmiy egasi mavjud emasligidadir. U turli tarmoqlarning ko`ngilli ravishda tashkil etilgan assotsiatsiyasidir. Faqat Internet tarmog`idagi yangi foydalanuvchilarni ro`yxatga olish ishlarini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar mavjud. Тarmoqni texnik tashkil etish ishlarini Federal tarmoq Kengashi (FNC) muvofiqlashtirib boradi. Ushbu Kengash 1995 yil 24 oktabrda “Internet” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdi:



Internet bu :

  • unikal adreslarning global fazoda mantiqiy o`zaro bog`lanishidan (tarmoqqa ulanadigan har bir kompyuter o`zining unikal, qaytarilmaydigan adresiga ega) tashkil topgan;

  • kommunikatsiyalarni qo`llab-quvvatlovchi (ma’lumotlarni ayirboshlashni);

  • yuqori darajadagi servislar (xizmatlar) ko`rsata oladigan, masalan, WWW, elektron pochta, telekonferensiyalar, tarmoq orqali so`zlashuvlar va boshqalarni amalga oshiruvchi global kompyuter tizimidir.

Internet bir darajali tarmoqdir. Ya’ni tarmoqdagi har bir kompyuter teng huquqqa va vakolatga egadir. Va ixtiyoriy kompyuter boshqa bir ixtiyoriy kompyuter bilan bog`lanishi mumkin. Shunday qilib tarmoqqa ulangan ixtiyoriy bir kompyuter ixtiyoriy boshqa bir kompyuterga o`z xizmatini havola etishi mumkin.

Shuni aytish joizki, Internet – nafaqat aloqa kanallari, balki uning tugunlarida kerakli ma’lumotlarni saqlovchi va turli axborot va kommunikatsiya xizmatlarini ko`rsatuvchi kompyuterlar o`rnatilgan. Ushbu butunjahon tarmoq tugunlaridagi bunday kompyuterlar server (xost – ma’nosi ho`jayin) kompyuterlar deb ataladi.



Serverlar axborot resurslarini saqlaydilar. Axborot resurslari tarkibiga ixtiyoriy ma’lumotlar bazalari, masalan, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, tijoriy, reklama, gazeta va jurnallardagi ma’lumotlar, dasturlar, Web-sahifalar va shu kabilar.

Server kompyuter tarmoqdagi kliyent (mijoz – foydalanuvchi, abonent) deb ataluvchi boshqa kompyuterlarning kerakli axborotlarni olish bo`yicha so`rovlarini qayta ishlash xizmatlarini ko`rsatadi. Shunday qilib, Internetda ishlash axborot uzatuvchi (peredatchik), qabul qiluvchi (priyomnik) va ular o`rtasidagi aloqa kanali bo`lishini taqozo etadi. Internet tarmog`iga “kirganimizda” bizning kompyuterimiz kliyent (mijoz) sifatida tarmoqda faoliyat ko`rsatadi. U bizga kerakli bo`lgan axborot bo`yicha so`rovni tanlangan serverga jo`natadi.


Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish