Boshqa dasturlar bilan integrasiya darajasiga qarab sinflash.
Avtonom ET maxsus “ekspert” masalalarni foydalanuvchi bilan bevosita
maslahatlashib ishlaydi, yechim uchun ananaviy ma’lumotlarni qayta ishlash
usullari qo’llanilmaydi.
Gibrid ET dasturiy kompleks bo’lib , ilova dasturlar standart paketlari yig‘ib,
bilimlarni manipulyatsiya qilish uskunasi. Bu ilova dasturlar paketi uchun
intellektual sozlash yoki ekspert bilimlar elementiga ega qiyin masalalarni yechishga
qaratilgan yaxlit muhit.
Gibrid tizim tashqi qulay ko’rinsada, avtonom ETlarni ishlab chiqarishga
qaraganda murakkabroq vazifani qo’yadi. Nafaqat turli paketlarni balki turli
metodologiyalarni birlashtirish butun bir nazariy va amaliy qiyinchiliklarni yuzaga
keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |