O’z- o’zini tekshirish uchun nazort savollari.
Evristik qoidalar nima?
Bayes ehtimoligidan foylanishga misol keltiring.
Lingvistik o’zgaruvchilardan qanday maqsadda foydalaniladi?
Ehtimollar jadvali qanday tuziladi?
12-MA’RUZA O’ZI O’RGANADIGAN TIZIMLARNI YaRATISh
REJA:
1. O’zi o’rganadigan tizimlar haqida asosiy tushunchalar 2. Obyektlarni sinflashtiruvchi tizimlar 3. Masalaning qo’yilishi va ishning maqsadi 4. Obyektlarni sinflashtirish usullari
Tayanch iboralar: obyekt, tanlov, sun’iy intelekt, belgilar fazosi, empirik risk, hal qiluvchi qoida, o’xshashlik, sinf, sinflashtirish, o’z-o’zini o’rganish jarayoni, namunaviy obyekt, aprior alfavit, masofani hisoblash formulasi, determinalli belgilar, iyerarxik va iyerarxik emas masalalar, deterministik masala, qaror qabul qiluvchi funksiya, stoxastik yoki ehtimolli masala, topologik fazo, o’xshashlik koeffisiyenti, bog’liqlik koeffisiyenti, metrik fazo, masofa ko’rsatkichi.
1. O’zi o’rganadigan tizimlar haqida asosiy tushunchalar
Obyektlar to’plamidan iborat tanlovdagi obyektlarni o’z-o’zini o’rganish jarayonida sinflashtiruvchi tizimlarni yaratish muammosi sun’iy intelekt sohasidagi asosiy masalalardan hisoblanadi. Obyektlar to’plamidan iborat tanlovdagi obyektlarni o’z-o’zini o’rganish jarayonida sinflashtiruvchi tizimlar yaratish usullarida o’rganish jarayonini ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin[2,5,6,8]. Birinchisi maxsus hal qiluvchi qoidalar sinfida empirik riskni minimallashtirish masalasi. Ikkinchisi obyektlarni o’rganish jarayonida shunday belgilar fazosini xosil qilish kerakki, bu belgilar fazosida o’rgatuvchi tanlovdagi obyektlarni sinflarga oddiy (chiziqli) ajratsin.
Obyektlar to’plamidan iborat tanlovdagi obyektlarni o’z-o’zini o’rganish jarayonida sinflashtiruvchi tizimlar yaratish usullarida ham o’rganish jarayonini ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin. Birinchisi o’rgatuvchi tanlovdagi obyektlarni oldindan ma’lum bo’lgan sinflarga ajratish masalasi. Ikkinchisi o’rgatuvchi tanlovdagi obyektlarni oldindan ma’lum bo’lmagan sinflarga ajratish, ya’ni obyektlar avtomatik ravishda sinflara ajratiladi, bunda sinflar soni obyektlarni sinflashtirish jarayonida hosil bo’ladi.
Obyektlar to’plamidan iborat tanlovdagi obyektlarni o’z-o’zini o’rganish jarayonida sinflashtiruvchi tizimlarning asosiy vazifasi - bu obyektlarning bir-biriga o’xshashligini o’rganishda ishlatiladigan, ya’ni ularning o’xshashligini aniqlaydigan hal qiluvchi qoidalarni topishdan iborat.
Bu masala sun’iy ong yaratish masalalarida[4,8] masalan, tabiiy tilni kompyuterdan foydalanib tushunish, algebraik ifodalarni simvolli qayta ishlash, ekspert tizimlarda, EHM dasturlarini sintez va almashtirishda ishlatiladi.
Obyektlarni sinflashtirishda eng muhim tushunchalardan biri- bu sinf tushunchasidir. Sinflar - bu obyektlar to’plami bo’lib, bu obyektlar belgilar alfaviti bo’yicha bir-biriga yaqin, ya’ni o’xshash bo’ladi.
Shunday qilib, obyektni sinflashtirish masalasi – bu obyektlar to’plamidan iborat tanlovdagi obyektlarni o’z-o’zini o’rganish jarayonida obyektlarni bir-biri bilan taqqoslash natijasida ularni ma’lum bir guruxlarga ajratishdan iborat.
Obyektlarni sinflashtirishda quyidagi hollar mavjud [2,4,6,8]:
- obyektlar to’plamidan iborat tanlovdagi obyektlarni o’z-o’zini o’rganish jarayonida sinflashtirishda nechta sinfga obyektlarni sinflashtirish kerakligi oldindan ma’lum bo’ladi.
- obyektlar to’plamidan iborat tanlovdagi obyektlarni o’z-o’zini o’rganish jarayonida sinflashtirishda sinflar soni oldindan ma’lum emas, bu holda sinflar soni avtomatik ravishda obyektlarni sinflashtirish jarayonida hosil bo’ladi. Avtomatik ravishda obyektlarni sinflashtirish jarayonida sinflar soni eng yomon holda obyektlar soniga teng bo’ladi.
Obyektlarni sinflashtirish usullarining amaliy masalalarni yechishga keng qo’llanilishi berilgan obyektlarning murakkab tuzilishga egaligi, ya’ni ularni tavsiflashda qatnashayotgan xususiyatlarning ko’pligi, obyektlarni tavsiflashda qatnashayotgan xususiyatlarning dinamik o’zgaruvchanligi, bu xususiyatlarning to’liqmasligi va xatolikligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |