(«Odobnoma» fanidan 2 -3 -s in fla r uchun)
Mavzu:
«Ona tabiat — go‘zallik manbayi».
Uni asrash bizning burchimizdir.
Darsning maqsadi:
o ‘quvchilami tabiatga m uhabbat ruhida
tarbiyalash. Ularni o ‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza
qilishga, yashil boyliklarim izni avaylab-asrashga, jonivorlarga
g‘amxo‘r bo ‘lishga o ‘rgatish.
Darsning jihozi:
turli rasmlar, tarqatm a materiaUar.
Darsning turi:
N oan’anaviy dars.
Darsning borishi:
—
Aziz o ‘quvchilar, bugun biz sizlar bilan ona tabiatim iz
haqida suhbatlashamiz. Qani, qani kim aytadi, ona tabiat deganda
kim nimani tushunadi?
Tabiatga muhabbat tuyg‘usinl tarbiyalash
qushlar
hayvonlar
—
To‘g ‘ri, bolajonlar. O na tabiat bir m o ‘jizadir. Uning be-
qiyos go‘zlaüiklarini tog‘-u toshlar, qir-adirlar, dala-dashtlar,
qushlar, hayvonlar, hasharotlar, moviy osm on, Quyosh, Oy,
musaffo havo, um um an, butun borliq nafosatini his etish in
songa zavq-shavq bag‘ishlaydi. T evarak-atrofim izdagi tabiat
Vatanimizning bir bolagidir. Shu zamin, shu tuproq, shu bor-
liqni e ’zozlashimiz, unga m ehr-m uhabbat bilan m unosabatda
b o ‘lishim iz kerak. Biz c h o r-atro fn i qan ch a ozoda saqlasak,
hayotbaxsh n e ’mat — suvni isrof qilmasak, o ‘simlik-u hayvon
larga g‘am xo‘r b o ‘lib, ularni m ehr bilan parvarish qilsak, ona
tabiat ham bizdan o ‘z m uruw atini ayamaydi.
0 ‘quvchilami 3 guruhga ajratamiz. 2-guruhga topshiriq, 1-gu-
ruhga savollar beramiz. 2-guruh topshiriqni bajargunlariga qa-
dar, 3-guruh berilgan savollarga tayyorlanadi.
Savollar:
1. Ona tabiatimizni yanada guUab-yashnashi uchun
biz nim alar qihshimiz kerak?
2. Daraxtlarni zararkunanda, hasharotlardan qanday himoya
qilish lozim?
3. Tabiat boyliklarini qanday qilib asrab, kelgusi avlodlarga
yetkazishimiz mumkin?
4. Qanotli do‘stlarimizga qanday yordam ko‘rsatishimiz m um
kin (ayniqsa, qishda)?
Topshiriqlar bajarilganidan so‘ng sinfga bog‘bon bobo kirib
keladi. U bolalar bilan salomlashgach, ona tabiatning yanada chiroy
ochishi, gullab-yashnashi yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlari
haqida so‘zlab beradi. Har bir inson o ‘z turar joyi ozoda, ko‘rkam
bo‘lishi uchun munosib hissasini qo‘shmog‘i zarurligini aytib o‘tadi.
Shundan keyin otaxon tabiatni asrash haqida bolalarning
bihmlarini sinab ko'radi (maqollar, she’rlar so‘raladi).
Faol qatnashgan o'quvchilar bog‘bon tom onidan rag‘batlan-
thiladi. So‘zning yakunida bog‘bon bobo o‘quvchilaiga nasihat qiladi:
—
Bolalarim, tabiat boyliklarini asrang va avaylang! Toki, bu
boyliklar kelgusi avlodlarga ham nasib etsin. M aktab hovhsi,
ko'chalarga daraxt ko‘chatlari ekib, parvarish qihng. Yilda to ‘rt
marta daraxtlami oqlashni unutmang, ana shunda zararkunanda
hasharotlar ularga kamroq zarar yetkazadi. Uyda, sinf xonalarida
gullar
0
‘stiring va ko‘paytiring. Ariq va zovurlarga axlat tashla-
mang. Oqar suvlarni toza saqlash lozimligini unutmang.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida:
«Fuqarolar atrof, tabiiy m uhitga ehtiyotkorona m unosabatda
bo‘lishga majburdirlar», deb belgilab qo‘yilgan. Bu hozirgi hamda
kelajak avlodlarga nihoyatda katta m as’uliyat yuklanganligidan
dalolatdir. Demak, sizlar ham , bolalarim , shuni unutm angki,
biz ona tabiatni qancha avaylab-asrasak, hayotimiz shuncha ko‘r-
kam bo‘ladi. U ndan tashqari, Konstitutsiyamizning 55-modda-
sida ham tabiat, uning boyliklaridan oqilona foydlanish zarurligi,
bu boyliklar umumxalq mulki hisoblanib, ular davlat m uhofa-
zasida ekanligi yozib qo'yilgan. Demak, Ona tabiat barchamizniki,
uni avaylab-asrash ham barchamizning burchimizdir.
(Bog‘bon bobo o ‘quvchilar bilan xayrlashib, chiqib ketadi).
84
0 ‘quvchilarning yangi o ‘zlashtirgan quyidagi s o ‘zlarga izoh
beriladi: musaffo havo, chor-atrof, ko‘rkam, m u lk , muhofaza.
0 ‘qituvchi darsni ona tabiatga m uhabbat, V atan i va o ‘z mil-
lati bilan faxrlanish tuyg‘usining ulug‘ligi haqidagi s o ‘zlari bilan
yakunlaydi.
0 ‘qituvchi dars yakunida o ‘quvchilarning o lg an baholarini
e’lon qiladi. Uyga vazifa qilib, «Ona yurtim tabiati v a ekologiyasi»
mavzusida insho yozib kelish topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |