Integratsiyalashgan pedagogikasi



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/115
Sana29.05.2022
Hajmi4,77 Mb.
#618150
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115
Bog'liq
Boshlangich talimning integratsiyalashgan pedagogikasi R.A.Mavlonova o`quv q 2009

O g‘zaki ish.
Yer yaqinidagi orbitaga chiqish uchun bizning 
kemamiz kosmik tezlikda harakat qilish kerak. U 8 km/s.ga teng. 
Hisoblab ko‘ringchi, bu bir minutdan keyin bizning kemamiz 
Yerdan qanday masofada uzoqda bo‘ladi?
Bolalar: — 60-8=480 km.


0 ‘qituvchi: — Biz hayot sharoitlari bo‘yicha Mars yerdagi 
hayot sharoitlariga yaqinligi haqida gapirgan edik. Kemamiz 
Marsga yetishi uchun kema ikkinchi tezlikda harakat qilishi lo­
zim. Ikkinchi kosmik tezlik birinchisiga qaraganda 3 km/s.ga ko‘p. 
Raketa 3 minut ichida qanday masofani bosib o ‘tadi?
Bolalar: — 3 minut 180 sekund. Demak, masofa 1980 km.ga teng.
0 ‘qituvchi: — Biz Yerdan Marsgacha bo‘lgan masofaning 
qanchaligini, kema qanday tezlik bilan harakat qilishini bilamiz. 
Marsga yetib borish uchun qancha vaqt talab etilishini uyda mus­
taqil ravishda hisoblab chiqishga urinib ko‘ring.
18. 3-SINFDA MATEMATIKA, TABIATSHUNOSLIK BO‘YICHA 
INTEGRATSIYALASHGAN DARS
Mavzu:
«Nol bilan tugallanadigan sonlarni ko‘paytirish va 
bo‘lish» mavzusi bo‘yicha o‘tilgan materialni takrorlash.
0 ‘qituvchi: — Men sizlarga xushxabar yetkazmoqchiman. 
Maktabimizga Fransiyadan xat keldi. U port shahri Marseldan 
kelgan. Uni kim yubordi ekan? 0 ‘qib ko‘rayhkchi. Uni J.I. Kusto 
jamoasi yo‘Uabdi. Bolalar, Jak Iv Kusto kim? Uning jamoasi nima 
bilan shug‘uUanadi? (Jak Iv Kusto fransuz okeanografi. Uning 
suv ostida olgan suratlari butun dunyoga mashhur. 1952-yildan 
boshlab, «Kalipso», keyinroq turbo korpusli «Alkiona» kema- 
sida olib borilgan tadqiqotlarga rahbarlik qilgan. 0 ‘z akvalangi va 
«Sho‘ng‘uvchi likopcha» apparatini ixtiro qilgan. Uning jamoasi
— uning yordamchilari). 0 ‘qib ko‘ramiz, bu qanday xat ekan? 
Yo‘llanma-taklifnoma. Toshkent shahridagi 175-maktabning 
3-sinfida eng yaxshi o‘quvchilar dengiz osti chuqurliklarini tad- 
qiq qilishda yordam ko‘rsatish uchun J. Kusto jamoasining ma­
tematik odisseyasiga taklif qilinadi.
Sayohatning boshlanishi (sanasi ko‘rsatilgan).
0 ‘qituvchi: — Bolalar, J.I. Kusto jamoasining matematik 
odisseyasiga borishni xohlaysizmi?
Bolalar: — Ha, albatta.
0 ‘qituvchi: — «Odisseya» so‘zini qanday tushunasiz? Odis- 
seya kim bo‘lgan?
Bolalar: — Odissey yunon mifologiyasi qahramoni. Uning 
boshdan kechirgan sarguzashtlari va sayohatlari «Odisseya 
sayohatlari haqida»gi poemada bayon qihngan. Demak, odisseya 
sayohatdir.
112


0 ‘qituvchi: — Hozir Kusto jamoasining kemasi ochiq okeanda 
turibdi. U bizning vertolyotimizni istalgan paytda o ‘z bortiga qa­
bul qihshi mumkin. Zudlik bilan vertolyot quramiz. Konstruk- 
torlar ishga kirishinglar. Bosh konstruktof Karim, u menga yor­
dam beradi. Siz javobni tez va to ‘g‘ri aytishingiz kerak, vertolyot- 
ning bir detali (har bir misol — bu vertolyotning detali).

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish