17. IQTISODIYOTNING BOSHLANG‘ICH
SINFLARDA
0 ‘RGANILADIGAN BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
Kichik yoshdagi o ‘quvchiIarning iqtisodiy tushunchalami
o‘zlashtirishida fanlararo aloqalar katta yordam beradi. Bosh-
lang‘ich sinflardagi «Tevarak atrofimizdagi olam», «Mehnat
ta’limi», «Tasviriy san’at» darslari
insoniyat tomonidan foyda-
laniladigan mehnat vositalarini turli tomondan tabiiy material
sifatida, uning xossalari, amaliy ahamiyati jihatidan ochib beradi.
Bu bilan fanlararo aloqa iqtisodiy tafakkurni har tomonlama
rivojlantirishga, uning dasturiy yo‘nalganligini shakllantirishga
imkon beradi.
Kichik maktab yoshidagi bolaning
aql-idroki tabiat va ja-
miyatini o‘rab turgan olamdagi ko‘p qirrali munosabatlarning,
iqtisodiy va egologik munosabatlarning qaror topishi va rivojla
nishi uchun yaxshi zamindir. Shuni ham e ’tiborga olish kerakki,
bolaning ongida tevarak atrofdagi olam haqidagi kishilar, hay
vonlar, o'simliklar, jonsiz tabiat to ‘g‘risidagi tasawur va bilimlar,
faqat mexanik ravishda to ‘planib bormaydi, ular bolaning olamni
tushunishini va unga
munosabatini shakllantiradi, axloqiy si-
fatlarga va o'zining tabiatga aralashuvi uchun mas’uliyatini se-
zishga ta ’sir etadi.
Boshlangich maktab shaxsning qaror topishi, unda ekologik
madaniyatning tabiiy va ijtimoiy muhitga bo‘lgan ko‘p
qirrali
munosabatlarning shakllanishida muhim bosqichdir. 6 yoshdan
10 yoshgacha bo‘lgan davrda bola o‘zining shaxsiy rivojlanishida
axborotlami o ‘zlashtirib olish hajmi bo‘yicha, muhim yo‘lni bo
sib o‘tadiki, bundan keyingi hech bir yoshni bu davr bilan taq-
qoslab bo‘lmaydi. Bunga bolaning rivojlanishidagi tabiiy shart-
sharoitlar va pedagogning o‘quv tarbiya jarayonida ulardan foyda
lanish malakasi yordam beradi.
Axborot nazariyasi mutaxassislari boshlang‘ich ta’limning tu-
gallash davriga kelib inson 95 %
axborot oladi, bular dastlabki va
takrorlanmas bilimlardir. 0 ‘rta maktab va oliy o‘quv yurtida egal-
lanadigan bihmlar, asosan, awal hosil qilingan bilimlardir. Ma
salan, integral hisob — bu cheksiz kichik miqdorlami qo‘shishdir,
differensial hisob integral hisobga teskari amaldan iborat va hokazo.
0 ‘quvchi maktabda bazaviy fanlami o‘rganar ekan, turlicha, lekin
m a’lum darajada bir-biri bilan bog'langan o‘quv fanlarini qamrab
oladigan yagona va bo‘linmas olamni idrok qilishga tayyorlanadi.
106
0
‘quvchiJami iqtisodiy tarbiyalashning asosiy mexanizmi —
ular
b e v o s i t a
uddalay oladigan iqtisodiy faoliyatdir. Ijtimoiy foy
dali ishlab chiqarish mehnati o‘quvchilarda biron ishni samarali
t a s h k i l
etish
malakalarini, mahsulot chiqarishning planlashtiri-
lishi, uni tayyorlash uchun sarflanadigan mehnat va moddiy xa-
r a j a t i a m i
mo‘tadiIIashtirish, yuqori sifatli mahsulot chiqarishga
e r i s h i s h
uchun zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan
foydalanish
kerakligi haqidagi tushunchalami hosil qiladi.
0 ‘quvchilami iqtisodiy faoliyatga jalb qilish jarayonida ularda
iqtisodiy muammolami tushunish tajribasi to ‘planib boradi, yangi
formatsiyadagi tadbirkorning axloqiy sifatlari,
dunyoqarash va
iqtisodiy e’tiqod shakllanadi. Natijada bolalar o‘z ota-onalarini,
ulaming muammolarini yaxshiroq tushunishadi, oilaviy o‘zaro mu-
nosabat yaxshilanadi, o‘quvchida oila budjetiga jonh qiziqish uy-
g‘onadi, shaxsiy iste’molidagi buyumlarga, elektr energiyasi,
oziq-
ovqat mahsulotlari iste’moliga nisbatan tejamkorlik paydo bo‘ladi.
Iqtisodiy ta ’lim va tarbiya o‘quvchidan turh xildagi ilmiy fan-
larga (tabiiyki, bular iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘-
lishi kerak) doir chuqur va har tomonlama bilimlami talab etadi,
zero, aralash fanlami bilmasdan turib, iqtisodiyotning o‘qitihshi,
hayotdan olingan qiziqarli misollar bilan to ‘ldirish hamda ular
ning kattalar va bolalarning kundalik hayoti bilan bog‘liqligini
ko‘rsatish qiyin. Shuning uchun pedagog doimo o‘z bilimini turli
jumallardan, o‘quv-metodik adabiyotlaridan olingan yangi bi
limlar bilan to ‘ldirib borishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: