Integratsiyalashgan pedagogikasi


Umumiy t a ’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/115
Sana29.05.2022
Hajmi4,77 Mb.
#618150
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115
Bog'liq
Boshlangich talimning integratsiyalashgan pedagogikasi R.A.Mavlonova o`quv q 2009

Umumiy t a ’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida
iqtisodiyotni matematika bilan integratsiyalash va matematika
bo yicha amaliy mashg‘ulotlami iqtisodiyot bilan
bog'liq holda tashkil etish
Hozirgi kunda maktab matematika kursidagi misollar iqti- 
sodiyotdan ajralgan holda beriladi. 0 ‘quvchi ularni hech narsa 
bilan «bog‘lay» olmaydi, hayotiy tajribadan olingan yaqqol mi­
sollar yo‘q. Shuning uchun matematikani g‘ahz she’r kabi «yod 
olish»ga to ‘g‘ri keladi va u yomon esda qoladi. 0 ‘quvchilar uni 
o‘z hayotlaridagi bo‘lg‘usi tayanch, deb bilishmaydi va uni «bilish 
va olingan bilimlardan amaliy hayotda foydalanish emas, balki 
yaxshi va qoniqarli baholar uchun, «bir balo qilib topshira ol- 
sam» prinsipiga ko‘ra o‘rganishadi.
107


Во8Ыа六1сЬ sinflardan boshlab matematika darslarida iqti­
sodiy tarbiya elementlarini ko‘paytirib borish lozim. Bolalaming 
turli xil oila xarajatlari, oila budjeti qanday daromad manbalari 
(ish haqi, nafaqa puli, stipendiya, yordam puli va h.k.)dan qop- 
lanishini bilishlari uchun ulami oila budjeti asoslariga o‘rgatish 
kerak. Budjetning raqamlardagi ifodasiga misol keltirish lozim. 
Bunda oilaning ovqatlanish, kiyim-bosh, poyabzal, kommunal 
xizmatlar, o‘yin-kulgu va hokazolarga sarflanadigan xarajatlarini 
raqamlarda ifodalangan misollar bilan ko‘rsatib berish zamr. Shu 
bilan birga daromadlar va xarajatlarni taqqoslash ham kerak. 
So‘ngra o‘quvchining shaxsiy budjetini misol qilib ko‘rsatish lo­
zim: ota-onalari unga maktabda ovqatlanishiga, o‘yin-kulgula- 
riga necha so‘m berishi va bu pullarni qanday sarflashi va h.k.
Shundan keyin o‘quvchilarga ishlab chiqarish xarajatlari va 
ularning turlari haqida oddiy tushuncha berish kerak. Ularga 
qo‘shimcha ishlab chiqarish yoki uy xo‘jaligini yuritishda har 
qanday faohyat xarajatlar bilan bog'liqligini eng oddiy misollarda 
tushuntirish lozim. Biror bir ishni bajarish, tovar ishlab chiqarish 
yoki xizmatlar ko‘rsatish uchun boshqa resurslami sarflash zarur. 
Ular esa narxi va sifatiga ko‘ra, turlicha boladi. Shuning uchun 
matematik hisoblash va taqqoslashlarga asoslanib, ulardan birini 
tanlashga to‘g‘ri keladi.
Tarkib topgan tizim mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan 
xarajatlami iqtisodiy elementlar bo'yicha hisob-kitob qiladi:
1). Xomashyo va asosiy materiallar, shu jumladan, sotib oli- 
nadigan komplektlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar. 
Bulaming hammasi qayta ishlash vaqtida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot tarkibiga to‘liq kiradi va o‘z tannarxini mahsulotga o‘t- 
kazadi. Ya’ni tayyor mahsulotda ular ko‘rirmiaydi;
2). Yordamchi materiallar. Ularga asbob-uskunalar, mosla- 
malar va hokazolar kiradi. Ular ishlab chiqarishga xizmat ko‘r- 
satish uchun, masalan, saqlash, kundalik ta ’mirlash ishlari va 
jihozlami, binolami ekspluatatsiya qilish va boshqa asosiy vosi- 
talar uchun kerak;
3). Yonilg‘i. Ishlab chiqarish jarayonida xomashyo material- 
larga issiqlik ishlov berishda foydalaniladigan gaz, mazut, ko‘mir, 
koks va shunga o'xshash energiya;
4). Energiya. Bunga issiqlik stansiyalari tomonidan ishlab chi- 
qariladigan issiqlik va elektr energiyalari kiradi. Elektr energiya- 
sidan stanoklar, mashinalar va jihozlami ta’minlash uchun foy-
108


dalaniladi, issiqlik energiyasi esa ishlab chiqarish korxonalarining 
ishlab chiqarish va m a’muriy binolaridagi issiqlik haroratini
t a ’ m i n l a y d i ;
5). Asosiy va qo‘shimcha ish haqi. Lavozim maoshi, tarif raz- 
ryadi shaklida ishchi va xizmatchilarga to ‘lanadigan to'lovlar aso­
siy ish haqiga kiradi. Mukofotlar, yuqori sifath ishlar uchun be- 
riladigan ustamalar qo‘shimcha ish haqiga kiradi. Bunga ota-ona- 
larimiz o‘z mehnatlari uchun shunday yo‘llar bilan pul olish- 
larini tushuntirish lozim;
6). Ijtimoiy sug‘urtaga, nafaqa fondiga bandlik fondiga ajrat- 
malar. Bu mablag‘lar pensionerlarga pensiya va yordam puh to ‘- 
lovlari manbayi hisoblanadi, ya’ni ish o‘rinlari yaratish uchun 
foydalaniladi. Ularni ota-onalarimiz ishlab topishadi, ular «ha- 
vodan» olinmaydi, keyin davlat uni nafaqaxo‘rlarga qaytarib be­
radi. Davlat hech narsa ishlab chiqarmaydi va ishlab topmaydi, 
ishlab chiqarilgan va biz iste’mol qilinadigan har narsa odamlar 
mehnati bilan yaratilgan;
7). Asosiy fondlar amortizatsiyasi. Xomashyo va materiallar 
to‘laligicha yaratilan tovar tarkibiga kirgan vaqtda asosiy fondlar: 
stanoklar, mashinalar, jihozlar va hokazolar tobora yangi va yangi 
tovarlar yaratishda yana uzoq vaqtga qadar ishtirok etishga qodir 
bo'ladi. Shuning uchun tovarlar ishlab chiqarishda band bo‘l- 
gan asosiy fondlarning qiymati yangi tovarning har bir birligi 
qiymatiga butunlay emas, balki, qisman kiradi.

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish