9-variant 1. Korrelyatsion-regression model - bu o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi bog‘lanishni natijaviy belgi bilan muhim omillar o‘rtasidagi ishonchli miqdoriy nisbatlar orqali ifodalashdir.Korrelyatsion - regression model deb shunday regressiya tenglamasiga aytiladiki, u o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni natijaviy belgi bilan muhim omillar o‘rtasidagi ishonchli miqdoriy nisbatlar orqali ifodalab beradi. Uning determinatsiya va regressiya koeffitsiyentlari mohiyatan bog‘lanishning sotsial-iqtisodiy tabiati haqidagi ilmiy nazariyaga to‘la mos bo‘lib, ishonchli oraliq ehtimoliga ega bo‘ladi.Istiqbolni nuqtali baholashning amalga oshish ehtimoli kichik.Regressiya tenglamasining matematik shakli bog‘lanish tabiatiga to‘la mos bo‘lishi kerak.- regressiya tenglamasiga kiritiladigan omillar soni «m» to‘plam birliklar soni «n» dan kam bo‘lishi kerak. Odatda, ko‘p o‘lchovli regressiya tenglamalari uchun n / m 11 bosh komponentlar usuli uchun n / m 7 tavsiya etiladi;- regressiya tenglamasini matematik ifodalash shakli real sharoitda faktorlar bilan natija orasidagi bog‘lanish tabiatiga to‘la mos bo‘lishi, uyg‘unlanishi lozim. Agar omillar va natijalar orasida additiv bog‘lanish bo‘lib, biror omil bo‘lmaganda ham natija ro‘yobga chiqaversa, tenglama shaklda, agar biror omilsiz natija yuzaga chiqa olmasa, tenglama multiplikativ shaklda bo‘lishi lozim.
2. javob 2. Mehnat unumdorligi – mehnat resurslaridan foydalanishning asosiy ko‘rsatkichidir. Mehnat unumdorligi jonli mehnatning samarasi bo‘lib hisoblanadi. Mehnat unumdorligi deganda aniq vaqt birligi (1 kishi-soat yoki 1 kishi-kuni) hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ish hajmi tushuniladi.
Mehnat unumdorligi bevosita va bilvosita ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi.
Mehnat unumdorligining bevosita ko‘rsatkichi bo‘lib, aniq vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlari miqdori va ish hajmi hisoblanadi.
Mehnat unumdorligining bevosita ko‘rsatkichlari o‘z navbatida, uch turga bo‘linadi:
Mehnat unumdorligining bilvosita ko‘rsatkichi bo‘lib, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan vaqt (t) miqdori (kishi-soat, kishi-kuni) hisoblanadi.
Korxona mehnatga haq to‘lashdan mehnat unumdorligini oshirishni, fan texnika taraqqiyotini jadallashtirishni, mahsulot sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni eng muhim vositasi sifatida foydalaniladi.
Mehnatga haq to‘lash fondini ishlatilishini tahlil qilishdan asosiy maqsad bazis davri va rejadagi ish haqi fondini realligini baholash.
Ish haqi fondini mutlaq va nisbiy farqlarini aniqlash.
Ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan o‘lchash.
Ish haqi fondi tarkibidagi unumsiz xarajatlarni hisoblash.
Mehnat unumdorligi bilan o‘rtacha ish haqi o‘rtasidagi nisbatni tannarxga bo‘lgan ta’sirini hisoblash.
10-variant 1. Иқтисодий таҳлилнинг вазифалари: 1.Бизнес режанинг қанчалик реаллиги (мавжудлиги) ва илмий жиҳатдан асосланганлигига баҳо бериш. 2.Халқ хўжалигини ривожлантиришнинг жорий ва истиқбол режаларини тузиш учун иқтисодий кўрсаткичлар базасини аниқлаш. 3.Бизнес режанинг бажарилишига объектив баҳо бериш ҳамда уни бажаришда корхоналарга боғлиқ ва боғлиқ бўлмаган омиллар ва сабабларни бир-биридан ажратиб аниқлаш. 4.Ички хўжалик резервларини аниқлаш. .Корхоналарнинг хўжалик фаолиятида кутиладиган натижаларни олдиндан аниқлаш.6.Таҳлил материалларига асосан ишлаб чиқаришда аниқланган камчиликларни тузатишга қаратилган тадбирларни ишлаб чиқиш.
2. Boshqarish masshtabi va darajasi bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil turlari :Xo‘jaliklararo (zavodlararo) qiyosiy tahlil. Qiyoslash (taqqos-lash) – bu iqtisodiy tahlilning eng ko‘p qo‘llaniladigan usulidir. Qiyosiy tahlilining 2 asosiy turi mavjud: ichki zavod tahlili ya’ni tahlilning obyekti sifatida shu korxonaga taalluqli xo‘jalik jarayoni o‘rganiladi; zavodlararo, qachonki bir qator korxonalarning xo‘jalik faoliyati tahlil qilinib, tarmoqdagi ilg‘or tajriba o‘rganiladi. Taqqoslama zavodlararo tahlilning mohiyati alohida olingan korxonalarning xo‘jalik faoliyatini ularning ko‘rsatkichlarini har tomonlama o‘rganib, erishilgan natijalar darajasini xolis farqlash va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash hamda ilg‘or tajribalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish natijasida ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlashdan iboratdir. Taqqoslama tahlil korxonaning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olishi mumkin yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kompleks xarakterga ega bo‘ladi.