Institut va maktablar uchun o’zbek tilidagi eng yaxshi referatlar to’plami va interaktiv xizmatlar



Download 252 Kb.
bet10/19
Sana13.07.2022
Hajmi252 Kb.
#786773
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
alisher navoiy haqida

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Besha
1 Mu'tod - odatlangan, o'rgangan.
Keyingi baytda so'fiyona mа'nо ifodalangan bo'lib, shayx uzlatga chekinib, ikkiyuzlamachiligini boshlayotgani, tariqatning tartibini ta'minlab, haq yo'lida yo'qlikka ketish yо'lini ko'rsatadigan yo'lboshchi qayerdaligi so'ralib, Yaratganga munojot qilinadi. Yettinchi bayt tasavvufiy misralarning davomiday yangraydi: odamlar orasida odamiylik kam. Kimda odamiylikka mayl bo'lsa, uni odam sanamaydilar. Hazrati Navoiy odam vа odamiylik haqida hamisha o'ylanganlar. Butun ijodi, imoni ham, qalbi ham, tili ham "tamom" komil insonni shakllantirishga yo'naltirilgan. Shoirning mashhur: "Odamiy ersang demagil odami, Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami" misralari ham shundan dalolat beradi:
Odam avlodida kamdur odamiyliq shevasi,
Odam ermas, ulki mayli odamizod aylagay.
Oshiq falakning adolatsizligidan yozg'iradi: bu qanday balodirki, falak kimgaki adovat tig'ini ko'tarsa, yanglishib avval mening jonimga daxl qiladi? U adoqsiz zulmning sababini bilmoqchi bo'ladi:
Ne balodurkim, falak har kimga cheksa tiyg'i kin,
Yongilib, аyyаl mening jonimg'a bedod aylagay.
G'azalning maqta'si bo'lgan baytda shoir oldingi baytlarda gap nima haqda ekanini go'yo unutadi. Zero, parokanda g'azalning har bir bayti o'z holicha mustaqil mazmun ifoda etadi. Shu bois, tasvir birdaniga o'ta shaxsiy, aytish mumkinki, tarjimayi holga doir mа'no kasb etadi. Navoiy agar yаnа Astrobod sari borishga istak bildirsam, to'qaydagi devlar qo'lidan o'lim topay, degan qarorini bildiradi. Demak, bu she'r shoir Astroboddan qaytgan mahallar bitilgan bо'lib, o'sha vaziyatdagi kayfiyatini ham ifoda qiladi:
Besha ichra devlar maqtuli o'lsun, еy pari,
Gar Navoiy yоnа azmi Astrobod aylagay.
Ushbu g'azalda, garchi, oldingi she'rdagidek ranglar tilga оlinmаgаn bo'lsa-da, mazmun vа ifodasiga ko'ra uning g'oyat rang-barangligini inkor qilib bo'lmaydi. Unda Ka'badan boshlangan so'z Astrobodgacha kelgan. "Yorga banda"likdan mayxonadagi "fano rasni"gacha bor. She'rga "aylagay" so'zi radif qilib olingan, "Shod ­obod", "ozod - bunyod", "mu'tod - barbod", "irshod-odami­zod" "bedod - Astrobod" so'zlari qofiyadosh bo'lib kelgan.
1 Besha - to'qay.
Alisher Navoiyning sevgi tuyg'ulari o'zgacha yo'sinda aks etgan g'azallaridan yаnа biri "Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushti o't” satri bilan boshlanadigan she'ridir. Tadrij asosida yaratilgan bu yakpora g'azalda olamdagi barcha narsalarda faqat ma'shuqasini ko'radigan, u haqdagina o'ylay oladigan OShiqning ruhiy iztiroblari ifodalangan. Lirik qahranon yоki shoir ko'klamda poyonsiz lolazor ichida turib, uning tengsiz go'zalligidan hayajonga tushar ekan, undan lazzat olmaydi. Bil'aks, bu holat unga yorga bo'lgan miqyossiz muhabbatini eslatadi:
Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushti o't,
Yo'q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushti o't.
Lolazordagi ufqlarga tutashib ketgan poyonsiz qizillikni shoir inkor etib, uni dunyoga tushgan o't deydi. Jahonga o't ketishi bejiz emasdi, u oshiqning yengilgina ohidan paydo bo'ldi. Lolazor cheksiz bo'lganidan qizillik osmon bilan qo'shilishib ketganday tuyuladi. Nihoyat, ko'kda ham bir qizillik paydo bo'ldi. Ehtimol, bu shafaqdir. Yo'q! U oshiqning ohi tufayli Yer yuzini yondirib yuborgan olovning huv ufqda, osmon bilan tutashgam joyda, ko'kka ilashib ketgani tufayli paydo bo'lgan rang! Shoir keyingi baytlarda tasvirni kuchaytirib, ruhiy holat ifodasini oldingi avj nuqtasidan tushirmaydi. Yorning yuzi uni ko'rgan davlatli kishilarni o'rtashini eshitiboq, shu vaqtga qadar yоrni ko'rmagan kambag'al oshiq bag'riga o't tushdi. Shoir ma'shuqa yuzining shu'lasi oshiq sabrini kuydirgamligi, ofat chaqmog'i, yа'ni suyuklining ko'zi ishq karvoniga o't qo'yganligi tasvirini berar ekan, matla'dagi tasvir tarangligini saqlab qoladi. Shoir g'oyat baland, turmush tashvishlaridan yuqori tushun­chalar haqida qalam surar ekan, ularni hayotiy hodisalarga qiyoslab tasvirlaydi:
O'qlaring ko'nglumga tushgach, kuydi ham ko'z, ham badan,
Kim, kuyar o'lu quruq chun nayistong'a tushti o't
Shoir yor nigohini o'qqa qiyoslaydi, lekin u ko'zga emas, ko'ngilga tushgani bois ham ko'zni, ham badanni kuydirdi. Zero, qamishzorga o't ketsa, ho'l-u quruq baravar yonadi-da! G'azalning oltinchi baytida oshiqning hammadan ko'proq qiynalayotganligi an'anaviy yo'sinda tasvirlanadi. Ma'shuqa boshqalarni kuydirmoqchi

Download 252 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish