Insonning jamiyatdagi o’rni reja


-MAVZU Diniy bog’rikenglik madaniyati va konfessiyalararo muloqot



Download 142,02 Kb.
bet28/29
Sana13.06.2022
Hajmi142,02 Kb.
#663392
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
1-mavzu Jamiyat. Insonning jamiyatdagi o’rni Reja

29-MAVZU Diniy bog’rikenglik madaniyati va konfessiyalararo muloqot.

Reja

  1. Dininy manbalarda insoniylik tushinchalari

  2. Konfesiyalararo muloqot tamoyillari

Bu savolning javobini bundan salkam olti asr oldin buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari aytib ketgan edilar:
Odamiy ersang demagil odamiy,
Oniki yoʻq xalq gʻamidin gʻami.
Insoniylikning mezoni shu! Har bir kishi modomiki, inson degan buyuk rutbaga munosib boʻlishni istar ekan, unda oʻzgalar dardiga sherik, hamdard va hammaslak boʻlishga mahkumdir.
Insoniylikka xos xususiyatlardan yana biri aqldir. Inson boshqa yaralmishlardan aqli bilangina mukarram hisoblanadi. Baʼzi kitoblarda insondagi oliy tuygʻular: mehr-muhabbat, sadoqat va adolat singari xususiyatlar insoniylikning yuksak fazilati sifatida tarannum etiladi. Vaholanki, inson bilan boshqa jonzotlarning tafovuti aqlidadir. Bizning nazdimizdagi bunday oliy tuygʻular oʻzga jonzotlarda ham bor. Misol uchun, itdagi sadoqat bilan otdagi vafoni insonlardan ham topish maholdir.
Insoniylikning yana bir mezoni ilmdir. Insoniylik taʼlimoti hisoblanmish Qurʼoni karimda “Biluvchilar bilan bilmaydiganlar bir boʻlurmu?”, “Ilm zulmatda nur” mazmunida oʻnlab oyatlar bor. Bu muborak kalomlar ilmning fazilatini ifodalamoqda.
Insonning maqomini belgilab beruvchi xususiyatlardan yana biri uning qalbidagi dard va gʻamdir. Hazrat Navoiy aytadilar: “Koʻngilda gʻam yoʻqligʻi dagʻi bir gʻamdir”. Bir inson boʻlsaki, unda tiriklik gʻami, oxirat qaygʻusi, el-yurt dardi boʻlmasa, bu endi qanday odam boʻldi? Shuning uchun ham Hazrat boshqa misralarida lutf etadilarki:
Har kimgaki ulum boʻlsa vosil,
Gar dardi-yu holi yoʻq – ne hosil?!
Inson bir necha ilmlarga ega boʻlsa-yu, unda dard, hol boʻlmasa bunday ilmdan ne foyda? Muborak manbalarda ilmiga ixlos bilan amal qilganlargina najotga erishishlari taʼkidlangan. Ehtimol, Navoiy nazarda tutayotgan dard, hol shudir?
Insoniylik mezoni haqidagi koʻngilga yaqin javobni yana shoirlar sultonidan topganday boʻldim:
Boʻlmasa ishq ikki jahon boʻlmasin,
Ikki jahon demaki, jon boʻlmasin.
Ishqsiz ul tanki, aning joni yoʻq,
Husnni netsun kishikim, oni yoʻq.
Demak, ishq ulugʻ tuygʻu, ganjina, oshiqlik ulugʻ martaba. Zulayhoni Yusufga, aniqrogʻi yuksak maqomga yetkazgan ishq emasmi? Onani bolaga bogʻlab turgan ishq – sevgi tuygʻusi emasmi? Mumtoz shoirni diyor-diyor kezdirgan ishq-muhabbat emasmi?
Men yurarman yona-yona,
Ishq boʻyadi meni qona.
Na oqilam, na devona –
Kel, koʻr meni ishq nayladi.
Goh esarman yellar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Goh toʻzarman yoʻllar kabi –
Kel, koʻr meni ishq nayladi.
Ishqni bir soʻz bilan taʼriflash mushkul. Yaxshi taʼrifni yana Hazrat Navoiydan eshiting: “Ishq – porloq yulduzdir, bashariyat koʻzining nuru ziyosi shundan. Ishq – tovlanib turuvchi gavhardir, insoniyat tojining ziynati va bahosi shundan. Ishq – toleʼ quyoshidir, qaygʻuli dillar tikanzori undan gulshan. Ishq – balqib turgan toʻlin oydir, qorongʻi koʻngillar kechasi undan ravshan…” (“Mahbub-ul qulub”dan)
Inson qalbini oynaga mengzatishadi. Ulugʻlar har sodir etgan qabohati tufayli kishi qalbiga bir dogʻ tushishini, bu holat davom etaversa, qalb qorayib, “koinot gultoji” deya sharaflangan insonning “tubanlik ichra tanho” yaratiqqa aylanishini aytadilar. Bu halokatdan-da najot sohiliga chiqishning yoʻli bor. Qalbni ishq-muhabbat-la toʻldirmoq, begona tuygʻularni bu uydan chiqarmoq:
Ey Navoiy, boda birla xurram et koʻnglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qaygʻu kelmadi.
Ishq-muhabbatning faqat dunyogagina yoʻnalgani qoralanadi. Shuning uchun ulugʻ allomalardan biri deydi: “Duyoni koʻr, sayr qil, ichiga kir, ammo ehtiyot boʻl – dunyo sening ichingga kirmasin”.
Inson dunyo atalmish dengizda sayru safar qilishga – Ibtido bandargohidan Intiho bandargohiga oʻtishga mahkum. Ammo u safar davomida qayiq ichiga suv kirgizib qoʻysa, halokatga yuz tutadi – qayiq choʻkadi. Suv qayiq tashida qolsa, kemaning suzishiga yordam beradi.
Xullas, “mening jaydari falsafam” shu – INSON nomiga loyiq boʻla olmoqning asosiy sharti, insoniylikning tamali – ISHQ. Har koʻngilga ishq tuygʻusi oshno boʻlsin. Ishq-muhabbat nuri qalbingizni, yoʻlingizni, uyingizni va oʻyingizni yoritib yursin.



Download 142,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish