1998 yili Muhammad Yusufga "Oʻzbekiston xalq shoiri" degan yuksak unvon berildi



Download 401,81 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi401,81 Kb.
#333414
Bog'liq
Muhammad Yusuf


Muhammad Yusuf xalqimiz sevgan shoirlardan edi. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida dunyoga keldi.

Oʻrta maktabdan soʻng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978 yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida ishladi.

Umrining soʻnggi yillarida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi.

U oʻnga yaqin sheʼriy toʻplamlar, koʻplab qoʻshiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki sheʼrlari “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida 1976 yili eʼlon qilindi. Soʻngra  “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Koʻnglimda bir yor” (1991), “Bevafo koʻp ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Yolgʻonchi yor” (1994)  kabi sheʼriy toʻplamlari, saylanmalari nashr etildi.

1989 yilda esa “Uyqudagi qiz” nomli sheʼriy toʻplami uchun unga respublika Yoshlar tashkilotining mukofoti berildi.

U rostgoʻy shoir, halol va pokiza qalb egasi edi. Shoir muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qoʻshiq toʻqiydimi yoki tariximiz sahifalarini qalamga oladimi, ularda hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Satlardagi ravonlik, soddalik va xalqonalik sabab shoir sheʼrlari tezda yodda qoladi.

1998 yili Muhammad Yusufga “Oʻzbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi.

Shoir 2001 yilning 1 avgust kuni 47 yoshida olamdan oʻtdi.

Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,

She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.

Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,

Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,

Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,

Parovozni hansiratgan bug’doylarim,

Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,

O’zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,

Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,

Topganimiz handalakdek tilim-tilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,

Katta millat — Afandisi yo’kdir hatto,

Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,

Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo’lmasang nima bizga sillik she’rlar,

Bu dunyoda tili yo’kda dil yo’q derlar,

Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,

Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar

Har novdangda, har mevangda ming jilolar.

Qodiriylar, Cho’lponlar-u, Abdullolar,

Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,

Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.





Download 401,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish