Insonning jamiyatdagi o’rni reja


-MAVZU O’z/tonning xalqaro terrarizm va ekstrimizmga qarshi kurashdagi o’rni. Glabal xavfsizlikni taminlashning muxim sharti



Download 142,02 Kb.
bet24/29
Sana13.06.2022
Hajmi142,02 Kb.
#663392
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
1-mavzu Jamiyat. Insonning jamiyatdagi o’rni Reja

25-MAVZU O’z/tonning xalqaro terrarizm va ekstrimizmga qarshi kurashdagi o’rni. Glabal xavfsizlikni taminlashning muxim sharti

Reja


  1. Terrarizm va ekstrimizm tushinchasi

  2. Glabal xaxfsizlik tushinchasi

Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogʻlikligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasida "Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida" maxsus qonun qabul qilindi (2000 y. 15 dek.). Ushbu qonunda terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, mol-mulk va boshqa obʼyektlarning yoʻq qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, Oʻzbekiston Respublikasining JKda javobgarlik nazarda tutilgan zoʻrlik, zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar deb taʼriflanadi. Qonunda davlat organlarining Terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka qarshi operatsiyaning oʻtkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab berilgan. Oʻzbekiston Respublikasining JKga koʻra, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalar va resurslar berish yoki yigʻishga, boshqa xismatlar koʻrsatishga qaratilgan harakat 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik harakati odam oʻlishiga, boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki mamlakatdan chiqarib yuborish jazosi belgilanadi..
Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning xarakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.[1]
Ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi kurashish boʻyicha “oʻzbek modeli” sharofati bilan mamlakatimizda terrorizm bilan bogʻliq jinoyatlar soni oʻtayotgan yilda 1,7 barobar kamaygan.
2018 yilning dastlabki olti oyida Oʻzbekistonda 30 yoshgacha boʻlgan shaxslar oʻrtasida terrorizm yoʻnalishida qayd etilgan jinoyatlar soni 2017 yilning shu davriga nisbatan 65,7 foizdan ziyod pasaygan. Bu haqida poytaxtimizda Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi tomonidan “Terrorizmga qarshi kurash – chegara bilmas hamkorlik“ mavzusida tashkil etilgan oltinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya chogʻida Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqot instituti direktori Vladimir Norov toʻxtalib oʻtdi.
Uning aytishicha, bugungi kunda yoshlarning radikallashuvi eng xavfli va oʻtkir muammolardan biri hisoblanadi hamda mazkur holat dunyoning koʻplab davlatlarida ijtimoiy, madaniy va axloqiy masalalar kompleksi oʻz yechimini kutayotgan bir sharoitda yuzaga kelayotir.
Vladimir Norovning fikricha, yoshlar oʻrtasida radikal kayfiyatdagi shaxslar kuchayishining asosiy sababi jamiyatda shaxs maqomi va talabchanlik hissining yetishmovchiligi yoki umuman yoʻqligi bilan bogʻliq.
Binobarin, buzgʻunchi guruhlar “yoʻqotilgan” yosh avlod uchun oʻzgarishlar “agentlari”, “istiqbolli” imkoniyatlar hamda aniq bir maqsadga erishish usuliga aylanishga urinmoqda. Bu yoʻlda diniy, mafkuraviy va milliy vositalardan foydalanyapti.
Xalqaro ekspertlarning qayd etishicha, 300 minggga yaqin 18 yoshga yetmagan yosh avlod vakillari dunyodagi qator diniy-ekstremistik guruhlar tarkibidan joy olgan.
Jumladan, Bruklin instituti maʼlumotlariga koʻra, Twitter tarmogʻida “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan u yoki bu darajada bogʻlangan akkauntlar soni 90 mingtaga yetadi va har birida 1000dan ortiq oʻquvchisi bor. Ularga tashrif buyuruvchilarning asosiy qismi oʻsmirlar va qizlardir.
2016-2017 yillarda axborot xavfsizligi liniyasi boʻyicha olib borilgan ishlar natijasida terrorchilik va ekstremistik xarakterdagi 4 milliondan ziyod axborot materiallaridan tashkil topgan 100 mingta internet-resurs tarmoqdan oʻchirib tashlandi yoki faoliyatiga toʻsiq qoʻyildi.


Download 142,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish