Insoniyat, jamiyat tashkil eta boshlanganidan beri, boshqaruvning samarali usullari izlanib, tashkillashtirilib kelinmoqda



Download 165,43 Kb.
bet1/7
Sana28.06.2022
Hajmi165,43 Kb.
#715234
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BOSHQARISH.N.KURS ISHI

Mundarija:




Kirish.


Boshqaruv shunday fanki, uni nazariyasiz tasawur etib boimaydi. Ayrim mutaxassisliklarda nazariyalashtirish g'alatiroq tuyulsa, boshqaruv mutaxassisliklari ichida hech qanday shubha tug'ilmaydi. Har bin o'zicha yagona qaror qabul qilishga olib keladigan, ko'pqirrali boshqaruv shart-sharoitini, hatto eng tajribali rahbar yoki rahbarlar guruhi ham hisobga olaolmaydi.
Boshqaruv odamlar orasidagi alohida munosabat ko'rinishidir. Buning mazmuni shundan iboratki, har bir odam boshqa odam orqali u bajarishni xohlamagan narsaga erishishni istaydi. Ushbu an'ana ming yillar mobaynida yig'ilgan tajriba asosida amalga oshishi mumkin. Ko'p-chilik boshqaruv nazariyasi deganda XIX asr oxirigacha, ya'ni amerikalik muhandislar ishlariga murojaat etishadi. Bizga tarixdan ma'lumki xohlagan ishni (savdo-sotiq, urush, diplomatiya va sh.k) bajarishda odamlarni boshqarish san'ati amalga oshirib kelingan.
Insoniyat, jamiyat tashkil eta boshlanganidan beri, boshqaruvning samarali usullari izlanib, tashkillashtirilib kelinmoqda.
Tarixiy manbalar shu narsadan dalolat berayaptiki, eski Rim va Xitoy qo'mondonlari, davlat arboblari va savdogarlari boshqaruvning juda ko'p usul va sirlarini bilishgan. Gap shundaki, ushbu usul va sirlar katta muvaffaqiyat bilan hozirgi kunda ham qoilanilishi mumkin.
Sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizning shax-san o'zlari ishlab chiqqan boshqaruv usul va sirlari O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng keng miqyosda o'rganila boshlandi.
Qizig'i shundaki hamma yaxshi fikr-mulohazalar, yangiliklar, jum-ladan, boshqaruv sohasidagi usul va sirlar qanchalik samarali bo'lmasin, shunchalik tez yoddan ko'tarilaboshlagan. Shuning uchun yangilanish davrida olimlar, kuchli tafakkur egalari aqlan va noaqlan ishlab chiqilgan boshqaruv g'oya, usullarini yangi tamoyil va tajribalar asosida rivojlantira boshlaganlar.
Shunday holat XIX asr oxiri XX asr boshlarida paydo bo'ldi. Shu narsani alohida ta'kidlab o'tish kerakki, boshqaruv nazariyasining hozirgi vaqtdagi ko'rinishi, mazmuni, usullarini ishlab chiqqanlar (menej-mentlar), o'tmish tajribalarini to'liq tatbiq etmagan bo'lsalarda, o'zlari boshqaruvning yangi-yangi yo'llanmalarini taklif qildilar. Biroq ularning fikrini o'tmish tajribalaridan ajralmagan tarzda qabul qilish kerak emas.
Boshqaruv — bu turli xil tabiatdagi (biologik, ijtimoiy, texnikaviy) tashkiliy sistemalar funksiyasi (vazifasi) bo'lib, ularning ma'lum bir tuzilmasini saqlashni ta'min etadi, faollik rejimini, faoliyat maqsadini, dasturning bajarilishini qo'llab-qo'ltiqlab turadi.
Umuman, boshqaruv qator fanlar (menejment, iqtisod, psixologiya, psixofiziologiya, sotsiologiya, politologiya, yuridik, fllosofiya, pedagogika, madaniyatshunoslik, kibernetika, matematika va sh.k.lar) shug'ullanishi kerak bo'lgan sohadir. Shunday qilib, boshqaruv nazariyasi mustaqil soha ko'rinishida faqat fanlararo sistema sifatidagina mavjud bo'lishi mumkin. Menejment — korxonani samarali boshqarish haqidagi fandir. U o'z tarkibiga korxonani tashkil etish tamoyillari (adliya qismi), uning taraqqiyot strategiyasi (ideologiya - mafkura qismi), xodimlarni tanlash (sotsiologiya qismi) va uning ishini maqbullashtirish usullari (psixologik qism) haqidagi bilimlarni qamrab oladi. Menejmentdagi eng asosiy narsa amaliyotda xohlagan insoniy tashkilotga yarashi mumkin bo'lgan umumiy boshqaruv tamoyillarini ajratish, aniqlash va qo'llash bo'lib hisoblanadi. Bunga boshqaruv maqsadi va vazifalarini aniqlash, ularga erishish uchun aniq tadbir-choralar ishlab chiqish, vazifalarni ayrim operat-siyalarga ajratib chiqish, ishlarni bo'lish, tashkilot ichidagi turli bo'-linmalar munosabatini koordinatsiyalash, tuzilma ishini mukammal-lashtirish, qaror qabul qilish va kommunikatsiya ishlarini maqbullash­tirish, faoliyatning motivlarini yaxshilash, rahbarlikning samarali yo'l-larini qidirish ijtimoiy javobgarlikni oshirish va boshqa masalalar kiradi.
XX asrning 90-yillarida boshqaruv jarayonida ikki tendensiya paydo bo'ldi. Birinchidan, menejmentning baynalmilallashuvi, yangi voqeliklarni jamoa asosida fikrlash. Boshqaruv bo'yicha juda ko'p kitoblarning chop etilishi, menejmentga o'rgatuvchi dasturlarning tarqatilishi, turli xil mamlakatlardagi boshqaruvga oid tajribalarning umumlashtirilishi va shu kabilar.
Umuman olganda, boshqaruvga oid muammolar yechimini hal etishda shunday katta tajriba mavjudki, go'yoki bugungi kunda hech qanday yangilik ustida bosh qotirmasa ham bo'ladigandek tuyuladi.
Biroq hayot shunday murakkabki, u o'zining yangidan-yangi talab va ehtiyojlarini namoyon etmoqda.
Masalan, hozirgi zamon boshqaruv nazariyasi quyidagi savollarga qanday javob berishi mumkin: nima uchun ayrim davlatlarda millionlab odamlar hech qanday maosh yoki boshqa bir madadga ishonmay yashayaptilar? Ushbu holat qanday natijalarga olib keladi? Hech qanday natijasiz va rag'batlantirishsiz yashayotgan inson taqdiri nima bo'ladi? Bunday odamlarni qanday boshqarish mumkin? Ushbu odamlardan nima kutish mumkin? Qaysi bir o'tmish saboqlarida yoki hozirgi zamon menejmenti haqidagi darsliklarda shularga o'xshash holat tahlil etilgan?
Ko'rinib turibdiki, hayotning o'zi namoyon etayotgan muammolar boshqaruv haqida shakllantirilgan g'oyalarni tanqidiy nuqtayi nazardan ko'rib chiqishni taqozo etadi.
Demak, boshqaruv haqidagi fikr-mulohazalar cheksiz davom etishi, bu yo'nalishda keng doirada tadqiqot va amaliy ishlarni olib borish davr talabi bo'lib hisoblanadi. Shu bilan birga ta'kidlab o'tish kerakki, boshqaruv nazariyasini rivojlantirish o'ta murakkab ishdir. Ushbu fan predmeti cheksiz darajadagi murakkab, o'zgaruvchan, oldindan bilib bo'lmaydigan mavjudot inson bo'lib hisoblanadi. Insonni boshqarish uchun uning eng kuchli, ayniqsa, kuchsiz tomonlarini chuqur o'rganish, to'liq axborotga ega bo'lish kerak. Ushbu axborotlar asosida (turli xil fanlar yordamida to'plangan usullar bilan) insonga o'z xohishicha qilishi mumkin bo'lmagan ishni bajarishga ta'sir kuchini topish kerak. Shunday qilib, bir-biridan ancha uzoq bo'lgan fanlarni birlashtirish muammosi ko'tariladi.



Download 165,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish