“INSON XOTIRASI QADRLANGAN YURT”
O’tkaziladigan joy: maktab sahnasi.
O’tkaziladigan sana:8- may.
(Tanburdan “Cho’li iroq ‘’ kuyi past ovozda chalinib turadi)
1-boshlovchi
Ohim yetsin desang agar Ollohga,
Qo’l urmoqchi bo’lsang haq ish, savobga.
Mayli bormasang ham Makkatullohga
Mehr ko’rsat ,o’zing mehr ko’rgaysan
Ikki dunyong obod inson bo’lgaysan.
2-boshlovchi
Mehrdan yaralgan bu yorug’ jahon
Oqibat bor ekan ko’ngillar yashar,
Diydor g’animatdir, g’animat inson
Sog’inchga tayayanib odamzod yashar.
1-boshlovchi
Assalomu aleykum, ko’ngil saltanati ichra mehr-oqibat bog’ini yashnatgan, ezgulik
nuri ila qalblar qasrini yoritgan buyuk zot egalari hurmatli ustozlar.
2-boshlovchi
Assalomu aleykum, bilimga chanqoq,mehrga tashna qora ko’z o’quvchilar.
1- boshlovchi
O’tganlarnii xotirlash va ularnining ruhini shod etish, tiriklarni e’zozlash va qadriga yetish
Insonlarga xos fazilat. Bunday savobli va xayrli ishlarga qo’l urmoqlik esa yuksak oliyjanoblikdir.
2-boshlovchi
Muhtaram Prezidentimiz I .A. Karimovning farmonlari bilan 9-may ‘’Xotira va qadrlash kuni’’ deb
e’lon qilinishi hammani behad quvontirdi.
(Qo’shiq ‘’Unutmoq osonmas sizlarni’’ ijro etadi maktab o’quvchilari)
1-boshlovchi: Azizlar! Ko’pchilikka ayonki, ilgari 9-mayda ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini eslash odat tusiga aylanib qolgan edi. Bugun esa bu masalaga yangicha munosabat bilan qaralmoqda.
Mana Prezidentimiz tomonlaridan 2016-yilni “Sog’lom ona-sog`lom bola’’ yili deb e’lon qilindi. Bu borada juda ko’p ishlar amalga oshirilmoqda. Albatta ‘’Sog’lom onadan sog’lom bola tug’iladi’’ deb bejizga aytmaganlar.
2-boshlovchi: Prezidentimiz iborasi bilan aytganda: ‘’Biz nafaqat o’tganlarni xotirlashimiz,balki bugun hayot bo’lganlarni qadrlashimiz, hurmatini joyiga qo’yishimiz kerak’’.
‘’Qadrlash’’ deganda faqat urush qatnashchilariga emas, qariyalarimizga, ota-onalarimizga, barcha ustoz-u muallimlarimizga , yaqinlarimizga ehtiromni tushunaylik.
Shu ma’noda bu kun o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.
1-boshlovchi: 9-may – Xotira va qadrlash kuni, insoniyat fashizm ustidan g`alaba qozongan kun. Har yili shu kuni yurtimizda ozodlik, tinchlik, adolat uchun kurashgan ota-bobolarimizni xotirlash, ruhini shod etish kuni sifatida keng nishonlanadi hamda urush va mehnat faxriylarining uylariga borilib ularning ko`ngillari ko`tariladi, Yurtboshimiz tomonidan ham moddiy, ham ma`naviy rag`batlantiriladi.
1 –boshlovchi:
Buvim ado bo’ldi o’g’lin g’amida
Jangda shahid ketgach kattakon tog’am.
Uch o’q dog’i border otam tanida,
Uch o’q jarohatin sezaman men ham.
2 – boshlovchi: Ha azizlar! Biz bugun 1941 – 45 yillar Ikkinchi jahon urushi qurbonlari, mash’um Afg’on urushi shaxidlari, yana qanchadan – qancha marhumlarni yod aylaymiz va ularning aziz xotirasi uchun duolar qilamiz.
1 – boshlovchi: Azizlar! Hozirgi so’z mehmonimiz Afg`on jahon urushi qatnashchisi_______________________ga beriladi.
(So’z tugagandan so’ng sahnaga 2 – boshlovchi chiqadi)
2 – boshlovchi: Rahmat, sizga sog’ – omonlik, farzandlar kamolini tilaymiz.
SAHNA KO’RINISHI
Qadamlarim horg’in, nigohim mungli,
Qabrlarga boqib o’yga tolaman.
O’tgan – ketganlarni yodga olaman,
Xazin nidolarga to’lib bu ko’nglim.
(She’r xotira haqida 6ta o’quvchi)
1-boshlovchi
G’animat olamda aziz naqadar
Sevich bormi do’stni ko’rmoqlik qadar.
Davramizga kimlar bo’lmasa hozir,
Qalbimiz ul zotga intiq intizor.
2-boshlovchi
Ey olloh , tilayman senga umrbod,
Dillarni yig’latma mutlaqo abad
Yoshlarga umr ber ,insofi birla
Hech kimning dillari bo’lmasin yara.
(Sahna ko’rinishi’’Qabriston’’ o’quvchilar ijro etadi)
Endigi so’z navbatini maktabimiz ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi ustoz Safoyevaga beramiz. Ustoz hammani bayram bilan tabriklab , o’tganlarni xotirladi va bayram qatnashchilari 5 daqiqa o’rinlaridan turib sukut saqladilar.
SUKUT
(Qo’shiq ‘’VATAN’’ ijro etadi maktab o’quvchilari)
1-boshlovchi: Mana joriy yilda Amir Temur tavalludining 680 yillik tavalludi, Alisher Navoiyning 575 yillik tavalludi, Muhammad Yusufning 62 yillik tavalludi barcha ta’lim maskanlarida keng tantanali ravishda nishonlandi.
O’zi o’lsa o’lar,
So’zi o’lmaydi
Hamisha barhayot nasl –shoirlar,
Haqiqiy shoirning qabri bo’lmaydi,
Yurakka ko’milar asl shoirlar
2-boshlovchi: Darhaqiqat , shoir ayganidek ,haqiqiy shoirlar hamisha barhayot.
O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ham xalqimiz qalbida mangu yashaydigan shoirlardan biridir.
(She’r ‘’Men ketarman bir kuni, Navolarim , zorim qolur.’’ O’quvchilar ijro etadi.)
1-boslovchi
Aziz mehmonlar, muhtaram ustozlar! Shuning bilan bugungi tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. 9-mayni ‘’Xotira va qadrlash’’ kuni sifatida nishonlashini butun xalqimiz va millatimizga bo’lgan yuksak ehtirom ramzi deb bilgaysiz.
2-boshlovchi
Hammangizga sabr-bardosh, mustahkam iroda tilaymiz. Bu dunyoda hammamiz g’animatmiz. Har bir bandaga Olloh bergan umrni musaffo osmon ostida g’am-qayg’ulardan yiroq, farovon yashab o’tish hammamizga nasib etsin. Xayr salomat bo’ling.
Buxoro viloyati
Romitan tumanidagi
18-maktabning 8-B sinf rahbari
To`xtayeva Gulshanning “Inson xotirasi qadrlangan yurt” mavzusida o`tkazgan tadbir mazmunnomasi
Do'stlaringiz bilan baham: |