Yurakka ko`milgan asl shoirlar



Download 16,75 Kb.
Sana27.04.2017
Hajmi16,75 Kb.
#7698
MuHammad Yusuf

Shoir Muhamammad Yusuf tavalludining 60 yilligiga bag`ishlangan “Yurakka ko`milgan asl shoirlar” deb nomlangan adabiy- musiqiy kechaning senariysi.

Tadbir o`tkaziladigan zal bayramona bezatiladi. “ Muhammad Yusuf 60 yoshda” mavzusida kitob ko`rgazmasi tashkil qilinadi. Ko`rgazma shoirning chop etilgan kitoblari , gazeta va jurnallarda u haqida bosilgan maqolalardan namunalar shu bilan birga shoirning fotosuratlari qo`yiladi. Zalda Muhammad Yusuf she`rlari asosida dilkash qo`shiq yangrab turadi.



1-boshlovchi: Assalomu alaykum jondan aziz , qadrli mehmonlar!

2-boshlovchi: Assalomu alaykum sheriyatga oshno qalblar!

1-boshlovchi: Bugungi bayram kechamiz O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag`ishlanadi. O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini eshitmagan , loaqal u yozgan she`rlarning bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz bo`lmasa kerak.

2- boshlovchi: Bu she’riyat also zavol ko`rmaydi. Shoirdan chinakam, betakror ijodiy meros qoldi. Haqiqiy ma`nodagi barhayotlik, zavol bilmaslik Muhammad Yusuf ijodiga ta`luqli desak xato qilmaymiz .

1-boshlovchi: Muhammad Yusuf 1954 yil 26- aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani ,Qovunchi qishlog`ida , dehqon oilasida dunyoga keladi. 1974- yilda Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga kiradi. 1978- 1980-yillar Respublika kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986- yillar esa “Toshkent oqshomi” gazetasida ishlagan.

2-boshlovchi; 1986-1992 yillar Gafur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyotida, 1992-1995 yillar “ O`zbekiston ovozi “ gazetasida ishlagan.

1995-1996 yillar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o`qigan. 1998-yil O`zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo`lgan. 1997- yildan to vafotigacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsangan.



1-boshlovchi: Muhammad Yusuf atalmish shoir ustozlari , yaqinlari , farzandlari xotirasida yaxshi ishlari , xokisorligi, mehrliligi bilan muhrlanib qolgan bo`lsa,shaxsan tanigan-tanimagan muxlislari tasavvurida yig`latadigan , o`ylatadigan, ezgulikka yetaklaydigan she`r-u qo`shiqlari bilan yashab qoladi.

2-boshlovchi; Zabardast shoirimiz xayot bo`lganlarida, hozir 60 yoshni qarshilagan bo`lar edilar, ming afsuski ,sevimli shoirimiz muhlislarining yuragini o`rtab ketdi. U kishi oramizda yo`q, ammo Muhammad Yusuf deb atalmish she`riyat bor.

1- boshlovchi: Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov Muhammad Yusuf vafotini eshitib ,Muhammad Yusufning onasi Enaxon ayaga shunday hamdardlik bildiradi:

Muhtarama Enaxon aya !Boshingizga tushgan og’ir musibat – aziz farzandingiz, xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusufning bevaqt o’limi munosabati bilan Sizga, oila azolaringizga, barcha yaqinlaringizga chuqur hamdardlik bildiraman.



2-boshlovchi: O’g’lingiz Muhammadjon noyob iste’dodi egasi, odamlarga mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson edi. Shu bois bu mudxish xabar shoirning ko’plab do’stlari va muhlislari kabi mening ham qalbimni larzaga soldi.Uning yorqin xotirasi barchamizning qalbimizda doimo saqlanadi. Sizga Yaratganimizdan sabr – toqat va bardosh tilayman.

1- boshlovchi: O`zbekiston qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov shunday xotirlaydi: Ajal yakka ov qiladi, deyishadi. U hech kim bilan maslahatlashmas ekan, boshqalarning irodasini nazar-pisan qilmas ekan. Bevaqt o`lim adabiyotimiz gulshanida barq urib ochilib, yashnab turgan bir chechakni uzdi-yu ketdi.

Muhammadjonni marhum deyishga hech tilimiz bormaydi. Ammo nachoraki, bu bor gap.



2- boshlovchi:Muhammad Yusuf qisqa umr kechirdi. Undan chinakam betakror ijodiy meros qoldi. Haqiqiy manodagi barhayotlik, zavol bilmaslik Muhammad Yusuf ijodiga taaluqli bo`lgan desam, inshoolloh, xato qilmagaydirman.

Joying jannatda bo`lsin, ukajonim!



1- boshlovchi: Ha, Muhammad Yusuf endi oramizda yo`q. U o`zining o`limini yaqin ekanligini sezardi, uning she`rlarida o`lim, o`limning haqligini, o`limidan qo`rqmasligini bilsa bo`ladi.

Endi navbatni Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Tuzalmaydi dardim mening” she`rini 8-“A” sinf o`quvchisi To`laganova Mohinur yod aytadi. (Marhamat)



2- boshlovchi: Ko’nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,

Qolar bo’lsam bir kun axir tildan ham…

Agar bir zot yig’lasa chin dildan ham –

Onam yig’lar, onam yig’lar, onam u…

9-“A” sinf o`quvchisi Jo`rayeva Maftuna ”Onaizor” she`rini yod aytadi. (Marhamat)



1- boshlovchi: Muhammad Yusuf tug`ilgan qishlog`idan yiroqda bo`lsa ham, u qishlog`ini, do`stlarini, yor-u birodarini, ayniqsa, ota-onasini juda-juda sog`inar, sog`ingan hislarini xatga bitar edi.

2- boshlovchi: Enaxon aya har kuni pochtalion kelishini intiqlik bilan kutar edi. Onaning sog`inchi hamma narsadan, hamma-hamma narsadan ustun tutar edi.

(Davraga pochtalion kirib keladi va Enaxon ayaga xat beradi.Enaxon aya xatni ochib o’qiydi).

8-“a,,sinf o’quvchisi To’laganova Mohinur “Onamga xat” she’rini yod oladi.



2-boshlovchi; Ota-ona muqaddas insonlar. Biz ularning oldilarida cheksiz qarizdormiz. Muhammad Yusuf otasidan erta yetim qoladi. Otasi bolasining el ardog’ida ekanligini, farzandining kamolini ko’rmaganini, yoshini yashab o’tmagan otasini armon bilan yozadi.

1-boshlovchi : Endi navbatni 8-”B” sinf o’quvchisi Jumaboyev Sanjarga beramiz.U Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Ota”She’rini yod aytadi.

2-boshlovchi. Marhamat.

1-boshlovchi Endi 9-”B”sinf o’quvchilari Muhammad Yusuf she’rlaridan bahru-bayt aytadilar.

2-boshlovchi Marhamat

1-boshlovchi:Maktabimizda “Yosh qalamkashlar”to’garagi tashkil etilgan.

2-boshlovchi:Navbatni ularga bersak-da,ular ijodidan bahramand bo’lsak.

1-boshlovchi:Marhamat.”Yosh qalamkashlar” chiqishi

2-boshlovchi:Mana,kuni kecha biz yurtimizda 8-mart-onalar,opa-singillar bayramini keng nishonladik.Ona-mo’jizakor inson.

2-boshlovchi:1qo’li bilan dunyoni, 1qo’li bilan beshikni tebratgan onalarimiz,opa-singillarimiz omon bo’lishsinlar.

1-boshlovchi:opa-singillarimiz-dunyo go’zallari.Ularning tabassumi har qanday narsadan ustun.Suvdan halol,guldan pok.

2-boshlovchi:Qani’ Muhammad Yusuf opa-singillarimizni qanday ta’riflagan ekanlar.

1-boshlovchi:Marhamat,navbatni 8-“A”8”B”sinf o’quvchi qizlariga beramiz.

2-boshlovchi:Muhammad Yusuf nafaqat opa-singilarimizni ,balki,jasur,mard alp o’g’lonlarimizni buyuk ajdodlardek bo’lishini istaganlar.

1-boshlovchi:Navbatni 5-”A”6-“A”sinf o’quvchilariga beramiz.

2-boshlovchi:Marhamat.

1-boshlovchi:Rahmat.Muhammad Yusuf xalq dardini tushunardi.Xalq uchun, vatan uchun,mustaqilik uchun yonib ijod qilgan.Shu bilan birga inson qalbining tub-tubidagi dardini topib yoza olardi.

2-boshlovchi:Shu o’rinda hurmatli yurtboshimiz bu kamsuqum shoirga shaxsan e’tiborini aytib o’tishimiz lozim.Shoir Muhammad Yusufga prezidentimizning mehrlari bobomiz Mirzo Ulug’bek haqidagi qo’shiqni ehitgan paytlaridayoq tushgan edi.”Xalq shoiri”unvonini ham mamnuniyat bilan Muhammad Yusufga o’zlari topshirgan edilar.

1-boshlovchi:Mirzo Ulug’bek.“Samarqand” she’ri.

2-boshlovchi:

Samarqandaga borsam men agar,

Ulug’bekni ko’rib qaytaman.

U qon yig’lab turar har safar:

Men dardimni kimga aytaman

Bag’rimda bo’yi yetgan bo’z bolam,

Mergan bolam, lochin ko’z bolam ,

Bo’g’zimga tig’ urgan o’z bolam…

Men dardimni kimga aytaman

1-boshlovchi:

Sezmay qoldim. O’shanda chog’im,

Yulduzlarda ekan nigoxim.

Bilmadim ne edi gunoxim…

Men dardimni kimga aytaman

Qancha g’amga botmagan edim,

Qancha og’u yutmagan edim…

O’z bolamdan kutmagan edim…

Men dardimni kimga aytaman

2-boshlovchi:

Tanim muzlab, goh tosh qotaman,

Men shox emas, axir, otaman.

Go’rimda ham o’ylab yotaman,

Men dardimni kimga aytaman?...

1-boshlovchi:

Samarqandaga borsam men agar,

Ulug’bekni ko’rmay kelmayman.

U menga qon yig’lar har safar,

Men dardimni kimga aytaman!

2-boshlovchi: Maktabimizda tashkil etilgan xor jamoasiga bersak-da, ular Muhammad Yusufning she’rlari bilan ijro etilgan qo’shiqqa bersak.

1-boshlovchi: Marhamat ( Qo’shiq ijro etiladi)

2-boshlovchi: Muhammad Yusuf kitoblarini varaqlasangiz, qulog’ingiz ostida qo’shiq yangrab turgandek, har bir she’rni zavq-shavq bilan o`qiysiz. Qat-qatidagi ichki dardga sherik bo’lasiz. U Vatanni farzand diliga qanchalik yaqin va bir butunligidan kelib chiqib madx eta olgan.

1-boshlovchi: Unga mustaqil yurtni, ozod xalqni ko’rish nasib etdi. Yurtning eng ulug’ bayramlarida uning qo’shiqlari baralla yangraydigan bo’ldi. O’zbekiston haqidagi she’rini yoshlar hatto o’z madhiyalariga aylantirib yubordilar.

2-boshlovchi: Xurmatli mehmonlar va qadrli o’quvchilar, keeling hozir Muhammad Yusufning xotirasini yod etib, hammamizga yod bo’lib ketgan “Fidoying bo’lgaymiz – O`zbekiston” qo’shig’ini birgalikda ijro etib yakunlasak.a
Download 16,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish