korxona yoki konglomerat yoxud iqtisodiyot tomonidan ishlab chiqariladitan
tovarlar va xizmatlar turining oshishidir. Diversifikatsiya
iqtisodiyotda tabiiy
jarayon sifatida ro‘y beradi. Ayrim hollarda esa biznes sohiblari yoki davlat
tomonidan tor doiradagi mahsulotlarga (ayniqsa ularga bo‘lgan talab o‘zgaruvchan
bo‘lgan sharoitda) bog‘liq bo‘lib qolish xatarini kamaytirish uchun amalga
oshiriladi».
Britaniyalik Syuzan Meyx’yu nuqtai nazari ham
ushbu konsepsiYaga ancha
yaqin. U diversifikatsiYaga «sanoat ishlab chiqarishni keng doiradagi faoliyat
turlariga yoyish va shu orqali fakat bir turdagi mahsulotta o‘ta bog‘liq bo‘lib
qolmaslik uchun qo‘llaniladigan tadbir» sifatida ta’rif beradi. U o‘z fikrini davom
ettirar ekan, diversifikatsiyaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadi
3
:
-
gorizontal diversifikatsiya;
-
konsentrik diversifikatsiya;
-
konglomerat (vertikal )diversifikatsiya;
-
mehnat bilan ta’minlashning
mintaqalar
bo‘yicha diversifikatsiyasi;
Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovarlarga o‘xshash ishlab
chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yaqin bo‘lgan
tovarlarni ishlab
chiqarish tushuniladi.
Konglomerat (vertikal) diversifikatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chiqarishni
sotuv yo‘nalishi sifatida ham tovar dasturini chuqurligini ustirishni anglatadi.
Masalan, gusht mahsulotlarini sotuvchi maxsus do‘kon mol etishtirishni va
seleksiya bo‘yicha ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Konsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi
tovarni ishlab chiqarishni
ko‘zda to‘tadi.
Amerikalik iqtisodchilar S. Fitper, R.Dornbush,
Malenzilar
diversifikatsiyani «tavakkalchilikni bir nechta aktivlarga taqsimlash orqali uning
darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan strategiya» sifatida aniqlaydilar. Ularning
fikricha, diversifikatsiyaning asosiy qoidasi «hamma
tuxumlarni bitta
savatda saqlamaslikdan iborat». Mazkur ta’rif bir muncha umumiyroq xarakterga
ega bo‘lsada, diversifikatsiyaning iqtisodiy mohiyatini to‘liq o‘zida aks ettiradi.
Yana bir angliyalik iqtisodchi Devid Skott diversifikatsiya mazmunini bir
muncha boshqacharok tushunadi.
Uning fikricha, diversifikatsiya «bu turli xil
korxonalarning qimmatli kog‘ozlar sotib olish orqali ulardan keladigan foyda
miqdorini barqarorlishishini ta’minlashdir». Ko‘rinib
turibdiki, bu ta’rifda ham
«barcha tuxumlarni bitta savatda saqlamaslik» tamoyili ustun o‘ringa ega. shu
bilan bir qatorda bu ta’rifda moliyaviy diversifikatsiya masalasiga asosiy e’tibor
qaratilgan.
SHunday qilib, diversifikatsiya - bu oldindan qo‘yilgan maqsad emas, balki
ob’ektiv jarayonning vujudga kelishi natijasida amalga oshiriladigan majburiy
chora-tadbirdir.