Jahon mamlakatlaridagi sanoat klasterlari soni
21
Mamlakatlar nomi
Klasterlar soni
Buyuk Britaniya
168
Gollandiya
20
Germaniya
32
AQSH
380
Daniya
34
Fransiya
96
Italiya
206
Fransiya
9
Hindiston
106
Italiya sanoatining klasterlari hissasiga ish bilan band aholining 43 foiz,
milliy eksport hajmining 30 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Klaster tuzilmalari
Germaniyada kimyo va mashinasozlik sanoatida, Fransiyada oziq-ovqat sanoati va
kosmetika sanoatida muvaffaqiyatli ishlamoqda. shuningdek, klaster modelidan
shveysariya, Avstriya, Italiya, Daniya, Hindiston, Koreya, Pokiston, Xitoy va
Turkiyaengil sanoatida samarali foydalanmoqda.
Klasterlar
shakllanishi
jarayoni
Janubiy-SHarqiy
Osiyo,
Xitoyda,
Singapurda, YAponiyada va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda. Xitoyda
60 tadan ziyod klasterlar alohida hududlarda shakllantirilgan bo‘lib, ulardagi
ishchilarning soni 3,5 million aholi ish bilan ta’minlangan va yillik tovar aylanishi
200 mlrd.dollardan ziyodni tashkil etadi.
Klaster tashabbuskorlari uning nafaqat raqobatbardoshlikni oshirish
vositasi,balki, mamlakatlar iqtisodiy va innovatsion rivojlanish strategiyasining
asosiy jihati ekanligini qayd etish mumkin. Jaxonda keyingi 10 yilda 20 ta
mamlakatda amalga oshirilgan 500 dan ortiq klaster tashabbuslari tahlili uning juda
kuchli mavqega asoslanganini ko‘rsatmoqda.
Germaniyada yaqin vaqtgacha mintaqaviy klasterlar rivojlanishi davlat
aralashuvisiz bo‘lar edi. Biroq 2003 yilda hukumat klaster tashabbuslariga jiddiy
e’tibor qaratdi. Bu, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali sohalarni loyihalashga
taalluqlidir. Davlat nafaqat mahalliy, balki boshqa manbalar hisobidan sanoatlar va
ilmiy markazlar imkoniyatlarini birlashtirishni ko‘zda tutadi.
Italiyada tarmoqlarning o‘zaro kombinatsiyasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular
mebelni qayta ishlashda – kesuvchi asbob, tikuvchilikda – dizayn, charm sanoati
qoshida – poyabzal, yog‘ochni qayta ishlashda – mebel kabilardir.
Xitoyda 15 yil davomida to‘qimachilik sanoati, sport tovarlari, kiyimlar,
o‘yinchoqlar, idishlarni eksportga yo‘naltirish uchun amalga oshiriluvchi
klasterlashtirish siyosatiga katta miqdordagi sarmoyalar kiritishi, uning jaxon
bozoridagi raqobatda ustunlikni ta’minlagani bilan izoxlash mumkin.
1990 yilda EI (Evropa ittifoqi) mamlakatlarida xususiy biznesga yordam
berish va ularning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida maxsus
21
Manba: Xakimov Z.A. Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari
asosida oshirish. Falsafa doktorlik dissertatsiyasi. – T.: TDIU, 2018.
klasterlashtirish dasturi ishlab chiqilgan. 2006 yilga kelib «EI mamlakatlarida
klasterlashtirish manifesti» ma’qullandi va qabul qilindi. 2007 yilda esa «Evropa
Klaster memorandumi» ma’qullandi va tasdiqlashga taqdim etildi. 2008 yilda
«Klasterlar bo‘yicha Evropa konfederatsiyasi» tasdiqlandi va EI a’zo bo‘lgan
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini klasterlash bo‘yicha aniq dasturiy
vazifalar belgilandi. Qabul qilingan hujjatlarning asosiy maqsadi alohida
mamlakatlarda bo‘lgani kabi butun EIda ham raqobatbardoshlikni oshirishga ta’sir
ko‘rsatishga qodir klasterlarni ko‘paytirish va ular ish faoliyatidagi mavjud
muammolarning echimiga qaratilgan.
Keyingi yillar davomida jahon iqtisodiyotida informatika, ekologiya,
logistika, biotibbiyot preparatlari ishlab chiqarish va hokazolar bilan
shug‘ullanuvchi yangi avlod sanoat klasterlari paydo bo‘la boshladi.
Innovatsion klasterlarning asosiylarini Amerikaning «Kremniy vodiysi» deb
hisoblash qabul qilingan. chunki uning hududida 87 mingdan ortiq korxonalar, 40
dan ortiq ilmiy tadqiqot markazlari, 40 ta ta’lim muassasasi jamlangan.
Bundan tashqari, xorijiy kompaniyalark o‘pgina ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish
va ishlanmalar yaratish uchun jalb etiladi. Masalan, mikro va nanotexnologiya
sohasida ishlovchi «mialoguc» klasteri doirasida yuqori darajadagi mikroblar va
mikroorganizmlar yaratish bo‘yicha «Foremost» loyihasini amalga oshirish uchun
8 ta mamlakatdagi 24 ta firmalar bilan hamkorlik qilinadi. shunga ko‘ra, hozirda
Fransiyada yaratilgan innovatsion klasterlarning nufuzi jahonda Yagona
sanalmoqda.
Agar yaqin vaqtga qadar klasterlar iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar va
tarmoqlardagina bo‘lgan bo‘lsa, keyingi paytda bu rivojlanayotgan mamlakatlarda
ham kuzatilmoqda. Polsha, chexiya, Sloveniya mamlakatlari, Rossiya, Ukraina,
Qozog‘iston va yaqin sharq mamlakatlarida ham klasterlar paydo bo‘ldi va
dastlabki natijalar samara bera boshladi.
Chexiya Sanoat va savdo vazirligi «klasterlar dasturi» ustida ishlamoqda.
Uning maqsadi klasterlarni yaratish va rivojlantirish, kooperatsiya shaklini
gorizontal va vertikal mustahkamlash bo‘lib, uning asosini etkazib beruvchi-
iste’molchi-ilmiy tadqiqot institutlari – ishlab chiqaruvchi – ulgurji savdo –
chakana savdo hisoblanadi. Odatda, muayyan tarmoq korxonasi biror-bir ta’lim
muassasalari bilan hamkorlikda klasterlarni alohida yuridik shaxs sifatida tashkil
etadi. Klasterlarning eng kichik ko‘rinishidagilari, sanoat zonalari kabi eng kamida
15 ta mustaqil korxonaga xizmat ko‘rsatishi lozim bo‘lib, ulardan 75 foiz ishlab
chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanishi lozim. shuningdek,
klasterda birlashgan korxonalarning 60 foizdan ortig‘i kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lishi lozim.
Keyingi yillarda Qozog‘istonda yirik sanoat korporatsiyalari, tarmoq
tuzilmalari asosida klaster tizimlarini yaratishga kirishildi va loyihalar ustidagi
ishlarga M.Porter rahbarlik qilmoqda.
Turkiya dunyo engil sanoat tovarlari bozorida etakchi mamlakatlardan biri
hisoblanadi. Turkiyada engil sanoat klasteri1995-2000 yillarda faol shakllantirilgan
erishgan. Turkiyaning «Sukurova tekstil klasteri»tarkibida 2000-2010 yillar
davomida 12 ta yirik kompaniyaning 500 dan ortiq korxonalari samarali faoliyat
yuritgan. Hozirda Turkiya gilam mahsulotlari eksportining 40 foizdan ortig‘i va
gazlamalarining 35-40 foizi shu klasterhissasiga to‘g‘ri keladi.
Klasterlar «Erkin ilmiy-texnika zonalari»yoki «texnoparklar» shaklida
tashkil etilmoqda. Erkin fan-texnika zonalari alohida ajratilgan hududlardan iborat
bo‘lib, u erda ilmiy-ishlab chiqarish va o‘quv markazlari jamlanadi hamda ular
uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus
huquqiy tartibot o‘rnatiladi. Erkin fan-texnikazonalari yuksak texnologiyalar amal
qiluvchi zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari-texnopolislar
shaklida tashkil etiladi
22
.
Texnoparklar ikkita asosiy komponentlardan: ishlab chiqarish (sanoatning
ilg‘or sohasidagi korxonalar) va ilmiy markazlar (universitet, institut,
ilmiytekshirish instituti, laboratoriyalarning kuchli guruhlari)dan tarkib topadi va
ularning faoliyati raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonda birinchi bo‘lib A.SH.Bekmurodov va YAng Son Be
23
«O‘zbekiston tekstil sanoatini rivojlantirish strategiyasiga klaster yondashuvi»
bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borganlar. Ularning tadqiqotlarida xorijiy
mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha klasterlardan foydalanish
loyihalari
tavsiflanib,
Amerikada
axborot-kommunikatsiya,
YAponiyada
avtomobil, neft-kimyo va to‘qimachilik, Italiyada keramika va gilam ishlab
chiqarish, Koreya Respublikasida tarmoqda erishilgan natijalar tahlil qilingan. shu
bilan birga, A.SH.Bekmurodov va YAng Son Be asosiy e’tiborni O‘zbeki ston
engil sanoati sanoati eksport salohiyatini tahlil qilishga qaratib, sohaga xorijiy
investitsiyalarni ko‘proq jalb qilish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar tayyorlangan va
mahsulotni bo‘yash bo‘yicha sanoat hududiy klasteri modelini Koreya
Respublikasining Degu shahridagi tajriba asosida ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |