Siz biologiyani bilasizmi “Zakovat” o`yini
1-savol:
Nima uchun qushlar elektr simlarida o`tirganlarida ularni tok urmaydi?
Javob:
Simga qo`ngan qushlarning tanasi elektr zanjirining tarmog`idek bo`ladi bu tarmoqning qarshiligi ikki barmoqni, ya’ni qushning ikkala oyog`i orasidagi qisqa sim bo`lganligini qarshiligiga qaraganda juda katta bo`ladi, shuning uchun bu tarmoqdagi qushni tanasidagi tok juda kam bo`lib, qushga zarar keltirmaydi.
2-savol:
Afrikaning chuchuk suv havzalarida yashovchi baliqlardan biri nasl uchun ko`p qayg`uradi. Erkak baliqlar hatto urg`ochilari qo`ygan tuxumlarni og`iz bo`shlig`ida olib yuradi. So`z qaysi baliq to`g`risida boryapti?
Javob:
“Tilyapiya” balig`i. Savol yo`llovchi 8-sinf o`quvchisi Yo`ldosheva Anorgul.
3-savol:
“Boshi olovda, oyog`i suvda” Bu naql qaysi o`simlik to`g`risida aytilgan?
Javob:
Yantoq o`simligi haqida. Savol yo`llovchi 7A-sinf o`quvchisi Erkinov Azizbek.
4-savol:
Uni Italiyada “Shayton olmasi” deb atashgan. Boshqa ko`p xalqlar ham o`sha Italiyacha nomini o`zlarining tiliga moslab o`zlashtirib olganlar. XVIII asr boshlarida rus podshosi Pyotr I Gollandiyadan qimmat bahoda olib kelib, Rossiyaning barcha guberniyalarida qattiq nazorat ostida ko`paytirish uchun taqsimlagan. Qisqa fursatda u Rossiyada “ikkinchi non” nomini olgan. Hozirgi vaqtda uning turli navlari ekilib, eng sevimli taomlar tayyorlanadigan masalliq hisoblanadi.
Javob:
Katroshka. Savol yo`llovchi metematika fani o`qituvchisi Jobborov O.
5-savol:
Tabiatda shunday o`simliklar borki undan parranda va mollarning mahsuldorligini oshirishda uning po`stidan foydalaniladi. Suvni biologik tozalashda ham ishlatiladi. Hamda birinchi marta kosmosga ham chiqarilgan.
Savol, bu qaysi o`simlik?
Javob:
Xlorella osimligi. Savol yo`llovchi 7A-sinf o`quvchisi Xo`jayeva Sadoqat.
6-savol:
Braziliyaning tropik o`rmonlarida o`sadigan bir daraxtda “Shokolad” moyi olinadi. Shuning uchun bu daraxtni shokolad daraxt deb ham atashadi. So`z qaysi daraxt to`g`risida boryapti?
Javob:
Kakao daraxti. Savol yo`llovchi 7A-sinf o`quvchisi Xo`jayev Siroj.
7-savol:
Bir mamlakatda mustaqillik uchun kurash boradi.
Mustamlakachilar ularni yo`lboshchisini o`ldirish uchun qotil yo`llashadi. Katta pul evaziga Lashkarboshining oshpazi uni zaharlab o`ldirishga va’da beradi. Bir kuni uning ovqatiga “Zahar” solib, o`zi qochib ketmoqchi bo`ladi. Ovqat vaqti o`sha oshpaz yo`q bo`lib qolganligi sababli, ovqatni boshqa xizmatchilar olib keldi. Lashkarboshi ovqatni yeb ko`rsa, u juda mazali ekan. Umrida bunday xushta’m ovqat yeb ko`rmagan lashkarboshi oshpazni mukofotlashni buyuradi. Lekin oshpazni sal naridagi chodirda o`lik holda topishdi. Yonida shunday xat bor edi. “Men Lashkarboshining ovqartiga zaharli o`simlik mevasidan soldim. Lekin qochib keta olmadim. Azobli jazodan ko`ra o`zimni o`ldirishni afzal ko`rdim. Savol gap qaysi o`simlik va qaysi Lashkarboshi to`g`risida ketyapti”.
Javob:
Pomidor, Jorj Vashington.
8-savol:
Asl vatani Evropa, balandligi 1,5-2,5 m ga yetadigan doim yashil buta. Daraxt mevasi olchaga o`xshaydi. Uning tarkibida kofein, qand oshlovchi moddalar bor undan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda butun dunyoga tarqalgan. Savol bu qaysi o`simlik to`g`risida ketyapdi?
Javob:
Kofe, Qahva
9-savol:
Qadimgi Mesopotamiyada shunday daraxtning mevasidan oziq-ovqat sifatida istemol qilingan. Danagi metallni eritishda yoqilg`I vazifasini bajargan. Po`stlog`ining tolalaridan arqon hamda savat to`qilgan, shuning uchun ham Mesopotamiyaliklar uni “Hayot daraxti” deb atashgan. Gap qaysi o`simlik to`g`risida ketyapdi?
Javob:
Xurmo daraxti. Savol yo`llovchi 7A-sinf o`quvchisi Yusupov O.
10-savol:
Sayg`oqlarni ovlash nechanchi yildan boshlab ma’n qilingan, va nima uchun?
Javob:
1919-yildan, chunki ularning turi kamayib borayotganligi uchun “Qizil kitob”ga kiritilgan.
11-savol:
Ibn Sino bilan bir davrda yashagan Abu Rayhon Beruniyning qaysi kitobida o`simlik va hayvonlar mahsulotidan hamda mineral moddalardan dorilar tayyorlash to`g`risida ma’lumot berilgan?
Javob:
“Saydana” kitobida. Savol yo`llovchi 8-sinf o`quvchisi Yunusova Ro`za.
12-Savol:
Eng xavfli ilon qaysi va qayerda yashaydi?
Javob:
Manba. Afrikada.
13-savol:
Qaysi qushning qanotida tirnog`i bor?
Javob: Gaosin.
14-savol:
Shunday o`simlik borki, boshoqli o`simliklar ichida o`sadi. U o`simlikdan odam va hayvonlar zaharlanadi. Bu o`simlik hayvon nomi bilan ataladi. Bu o`simlik qaysi?
Javob: “Tuyaqorin”
15-savol:
Ayrim o`simliklar hujayrasida o`ziq moddalardan tashqari, zaharli moddalar ham hosil bo`ladi. Bizning qishlog`imizda ham uchraydi. Bu o`simlikning nomi yirtqich hayvon nomi bilan ataladi. Bu o`simlik qaysi?
Javob:
“Ayiqtovon”.
16-savol:
Tabiatda shunday o`simlik borki, bahorning ilk darakchilaridan biri, dorivor. Bundan tashqari, o`simlikning tarkibida oq sutga o`xshash shira. Unda kauchuk borligini ko`rsatadi. Xalqimiz bu o`simlikni sevib “momaqaymoq” deb ham atashadi. Bu qaysi o`simlik?
Javob:
Dorivor “Qoqio`t”.
“Tabiat toza bo`lsa, dori ham darkor emas”.
Har bir biologiya o`qituvchisi darsdan tashqari tadbirlarda ikki sinf o`rtasida qiziqarli biologiya kechasi va bellashuv o`tkazadi. Quyida 3A – 3B-sinflar o`rtasida tabiatshunoslik fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash amalda qo`llash maqsadida. “Tabiat toza bo`lsa, dori ham darkor emas” kechasi senariysini keltiramiz.
Zo`r bezatilgan o`quvchilar har bir guruh emblemasini osib qo`yishibdi.
3A-sinf “Ona zamin” guruhi
Shiori: Tabiat yerimizdir, Asramoq burchimizdir.
Sahnaga ona zamin jamoasi a’zolarining barchasi quyidagi qo`shiqni aytib chiqishadi.
Keling do`stlar, keling do`stlar,
Bellashuvga marhabo!
Bellashaylik, bellashaylik
Keling, bahsga marhabo!
Kuy taratsin, kuy taratsin, kuy taratsin dilrabo
Keling do`stlar, keling do`stlar
Bellashuvga marhabo!
1-o`quvchi: Xorazm elidan esgan shabada.
Gulgun chehralarga beradi orom
Shu esgan shabada orqali sizga
Ona zamin guruhidan salom-assalom!
2-o`quvchi: Bahoriy shodlikning zavqin keltirdik,
Shu zavqqa yo`g`rilgan bugungi ayyom
Davramiz gultoji, do`stu-azizlar,
Ona zamin guruhidan salom-assalom!
3-o`quvchi: Kelinglar azizlar, bardam bo`laylik,
Do`stlarimiz bilan hamdam bo`laylik,
Hurriyat, istiqlol kuyini chalib
Ilmu fan yo`lida ildam bo`laylik!
4-o`quvchi: Zamonamiz go`zal, maftunkor,
Saxovatga boydir tabiat.
Shular bois azal-azaldan
Yuksaklikda ilm-ma’rifat.
5-o`quvchi: Lek olamda hafta muammo,
Bo`lib qoldi ona tabiat.
Suv notoza, tuproq zaharli
Toza bo`lsin butun ko`ngil,
Omon bo`lsin ona tabiat.
6-o`quvchi: Yer dunyoda yagona
Hamma odamga ona.
Kiydirgan ham ona yer,
Yedirgan ham ona yer.
7-o`quvchi: Zaminda odam hayot,
Faqat unda kular baxt.
Shu sabab qo`yib ixlos
Yerni qilaylik e’zoz.
8-o`quvchi: Bilasizmi, ona yer,
Hammamizga nima ber,
Eng birinchi bizga u
Deydi: menga ko`ngil ber.
9-o`quvchi: U bizlarga uqtirgan
Mehnat qilgan halol yer
Hosil beray deb aytar,
Peshonadan to`ksang ter.
10-o`quvchi: Bizga yana so`zlaydi
Yaxshilarga gullar ter,
Eng oxirgi so`zi so`z,
Bor ekanman yashayver.
Endi navbat 3B-sinfning “Obi hayot” guruhiga B guruhimiz nomini “Obi hayot” deb atadik.
Shiorimiz “Suv bor joyda bordir hayot, uni teja, qil ehtiyot”.
1-o`quvchi: Assalom, ey ahli davron,
Baxtiyorlar assalom.
Gul kabi yashnab o`tirgan
Qalbi bahorlar assalom.
Bag`ri keng o`zbekning o`g`il qizlari
Xush ko`rdik, marhabo, eng aziz kalom
Istiqlol yurtining bilimdonlari,
“Obi hayot” guruhi yo`llaydi salom.
2-o`quvchi: Dillarning chiroyi-qalblar qa’ridan
Sadoqat nomasin bitib nomma-nom
Quyoshning tongdagi teran nuridan
Mehmonlar sizlarga keltirdik salom
3-o`quvchi: Bizning quvnoq kechaga
Xush kelibsiz, marhabo,
Tabiatshunoslik fani bilan
Hamroh bo`ling, marhabo!
4-o`quvchi: Shildir-shildir oqaman
Sizni xursand qilaman
Agar axlat to`ksangiz
Sizdan xafa bo`laman
5-o`quvchi: Suv bilan tinchlik,
Suv bilan to`kinlik.
Suv bilan mo`l ko`lchilik
Suv bilan borchilik.
Buni bilinglar azizlar,
Esda tuting azizlar.
6-o`quvchi: Meng sevaman shalolani,
Tinim bilmay oqaman
Bog`u tog`ni yashnatib
Barchaga xush yoqaman.
Shuning uchun insonlar,
Qadrimni xo`p bilishar.
Lekin ayrim nodonlar
Meni isfor qilishar.
Men suvman, shalolaman,
Yo`qni ham bor qilaman,
Qadrimga yetmasalar,
Tomchimga zor qilaman.
7-o`quvchi: Toza bo`lsin havo, toza bo`lsin suv
Gullar yaprog`ida bo`lmasa g`ubor
Bilib qo`y bundayin yurt tuprog`ida
To`rrta fasl ham gul ochar bahor
Niyat to`g`ri bo`lsa, iymon bo`lsa but
E’tiqod ramziga aylansa dunyo
Ko`milib qolmasa qalb to`ri nogoh
Qurimas na dengiz, na ko`l, na daryo.
8-o`quvchi: Shunday qilib, azizlar,
Shodon yigit va qizlar,
Suv oqmasin behuda,
Hoh kunduzi, Hoh tunda.
9-o`quvchi: Tashlamasin chiqindi,
Qaror qildik biz shunday.
Chor atrofni nazorat
Qilaylik shart zarurat.
10-o`quvchi: Kim bilsa suv qadrini
Demak, suv tillaga teng.
Uni qadrlay biling.
2-shart.
Endi navbat savollarga. Har bir guruh savollarga javob beradi.
1. “Tabiat” deganda nimani tushunasiz?
2. Jonli tabiatning jonsiz tabiatdan qanday farqi bor?
3. Suv necha holatda qaynaydi?
4. Muz qanday haroratda eriydi?
5. Suv qanday haroratda eriydi?
6. Dunyo bo`yicha sho`r suv necha foizni tashkil qiladi?
7. Suv tabiatda qanday aylanib yuradi?
8. Yer qanday shaklda?
9. Globus nima? Uni kim yaratgan?
10. Tuproq tarkibida nimalar bor?
11. Yer necha qavatdan iborat?
12. Qum va gildan qanday buyumlar tayyorlanadi?
13. Bo`rdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
14. Paxtadan qanday mahsulotlar olinadi?
15. Bug`doydan qanday mahsulotlar olinadi?
16. Ari chaqqanda qaysi o`simlikning bargi qo`yiladi?
17. Buta o`simliklarini ayting?
18. Sabzavot o`simliklarini ayting?
19. Poliz ekinlarini ayting?
20. Dorivor o`simliklarni ayting?
3-shart.
Endi navbat 3-shartga. Har bir guruh tayyorlagan sahna ko`rinishi “Ona zamin” guruhi. “Barakalla bo`tam”
Kunlardan bir kuni ikki ota o`z o`g`illarini Ibn Sinoga shogirdlikka bermoqchi bo`lishibdi.
Ulardan biri katta boy, ikkinchisi kambag`al edi.
- Ey ulug` tabib, huzuringizga bolalarimizni olib keldik, shogirdlikka qabul qilsangiz. Zora sizga o`xshab tabib bo`lib yetishsalar, deyishibdi. Ibn Sino rozilik bildiribdi va ularni sinab ko`rib shogirdlikka olishini aytibdi. Ibn Sino kim shogird bo`lmoqchi bo`lsa, oldin sinovlardan o`tkazar, keyin tabiblik ilmini o`rgatar edi.
- Bolalarim, - debdi kelgan yigitlarga qarab, -Tog`-u toshlar kezing, cho`l-u biyobonlar oralangda, har biringiz ming dona o`t-giyoh terib kelingiz. Ibn Sino shunday debdi-da, yigitlarning qo`liga xalta tutqazibdi. Oradan bir necha kun o`tibdi, bolalarning birinchisi kelib, yig`gan shifobaxsh giyohlarini Ibn Sinoning oldiga to`kibdi. Buni ko`rgan Ibn Sino quvonib so`rabid:
– Barakalla, o`g`lim, eng sara giyohlarni teribsan. Endi bir savolimga javob ber-chi. Oyoq qabarganida nima davo bo`ladi?
- Mening tabiblikdan xabarim yo`q, - debdi bola. – Sizga endi shogird tushdim-ku. Ibn Sino – Shu o`n kunda tabobat ichida yurib tabiblikdan alifni o`rganmabsanmi, sendan tabib emas, olibsotar chiqadi, debdi ko`nglida. So`ng ovozini chiqarib.
- Senga javob, o`g`lim, ketaver, borib olibsotarga shogird bo`l! – dedi.
Oradan bir kun o`tgach, kambag`al kishining o`g`li yetib kelibdi. U to`plagan giyohlarni hokimning oldiga to`kibdi. Ibn Sino xursand bo`lib: Barakalla, bo`tam, qani menga ayt-chi, oyoq qabarganda nima davo bo`ladi? – Yovvoyi rayhon yohud yalpizni suvda eritib, ozgina osh tuzidan qo`shib yuvish kerak, – javob qilibdi bola.
- Cho`l-u biyobonda qolib suv topolmay qolding deylik, chanqoqni nima bilan qondirish mumkin? – yana savolga tutibdi Ibn Sino
- Yantoqni suvi chanqoqni qondiradi, ham darmon bo`ladi, - dadil javob beribdi bola.
- Rahmat, o`g`lim, sen endi menga shogirdgina emas, farzand ham bo`lding, – debdi Ibn Sino
Endi “Obi hayot” guruhining sahna ko`rinishi “Soy haqida ertak”
Bir bor ekan, bir yo`q ekan, qadim zamonda bir dehqon bo`lgan ekan. U boyning zulmidan qochib bola-chaqasi bilan tog`ning etagiga kelib joylashibdi. Tog`ning usti daraxtzor ekan, yonidagi soydan esa sharqirab suv oqar ekan. Dehqon to`rt tanobcha yerni haydabdi, soydan suv olib sug`orib, ekin ekibdi, keyin esa tog`dagi daraxtlarni kesib uy quribdi.
Hovli tevaragni cheton devor bilan o`rab olibdi. Daraxtlarning ancha-munchasini bozorda pullabdi. Shu orada bir yil o`tibdi. Kelasi bahorda dehqon yerini haydab, sug`ormoqchi bo`lgan ekan, qarasa, soyda suv yo`q emish.
- Ey, soy, menga suv ber, sug`oray, debdi dehqon soyga. Men suvni senga qayerdan olib beraman. Yaxshisi, yomg`ir va qordan so`ra, -javob beribdi soy. Dehqon yomg`irdan suv so`ragan ekan, u shunday deb javob beribdi:
-Ey, odam, mening suvim nima bo`ladi? Bir sharillab tushadi-yu, tez oqadi-ketadi. Soyga hayqirib oqadigan suvni qor beradi. Sen o`shaning oldiga bor! Dehqon qorning oldiga boribdi. – Ey qor, –debdi sen soyga suv ber. Men ekinimni sug`oray. Bu gapni eshitib qorning achchig`i kelibdi. Qoshlarini chimirib, shunday debdi: – Yomg`ir ham, men ham, bu yil meyorida yog`dik. Lekin namni ushlab turadigan daraxtlarni o`zing kesib ketding. Qorlarimni taqsimlash daraxtlarning ishi. Daraxt bo`lmasa, qishda yog`gan qor bahorda erib, oqib ketadi.
Soyga suv kelmaganiga o`zing aybdorsan. Dehqon o`ylab turib, qorning gapi rostligiga ishonch hosil qilibdi. Keyin uyiga qaytibdi-da bir talay ko`chat keltirib, tog`ga ekib tashlabdi. Ular tez o`sib, katta-katta daraxtlarga aylanibdi. Shundan keyin soydan yoz bo`yi suv oqadigan bo`libdi.
Dehqon esa xohlagan paytida ekinini sug`orib, bola chaqasi bilan yaxshi hayot kechiribdi.
4-shart
Badiiy qism: Raqs va qo`shiq.
5-shart
1. Bri minut ichida eng ko`p o`simlik nomini aytish.
2. Bri minut ichida eng ko`p qushlar nomini aytish.
3. Bri minut ichida suv va yer haqida maqol aytish.
Do'stlaringiz bilan baham: |