so‘zning kishilik jamiyatidagi o ‘mi, m a’nosi, undan o‘rinli va samarali
foydalanish to‘g ‘risida qimmatli fikrlami bildirishgan.
Sharqda tilning paydo bo‘lishi haqidagi qarashlar. Musulmon
filologlari VIII asrda so‘zlaming tashqi tovush tomoni bilan mazmuni
o'rtasidagi o‘xshashlikni keng muhokama qilishgan.
Ibn Jinniyning
guvohlik berishicha, bu bilan dastlab Xalil ibn Ahmad shug‘ullangan.
Shu an’ana ta’sirida A ’bad ibn Sulaymonning fikrlari rivojlandi. Bu
nazariya bo‘yicha til - insonning tabiiy tovushlarga bo‘lgan moyilligi,
ularga taqlid qilishi natijasida yuzaga kelgan. Bu “tabiiy (tabiat)
nazariya” islom ruknlariga ancha erkin munosabatda bo‘lgan mazhab
va yo‘nalish vakillari (jumladan, namoyandalari Abu Nasr Farobiy,
Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy kabi olimlar bo‘lgan
mutazalliylar) tomonidan ilgari surilgan va rasmiy islomiy - izhor
(ilohiy ne’mat) nazariyasiga zid edi.
Izhor nazariyasi, Bu nazariyaning asoschisi Al-Ashafiy deya
e’tirof etiladi. Biroq bu ta’limot undan-da ilgari Abu Ali al-Jubba’
ishlaridayoq ilgari surilgan edi. Izhor nazariyasining asosini qur’oniy
ta’limot - tilni Alloh Odamga tayyor holda in’om etganligi, izhor
etganligi tashkil qiladi. IX asrda rasmiy islomiy ilohiyotda - Kalomda
izhor
nazariyasi qabul qilinib, mutazalliylar yon bosgan ijtimoiy
kelishuv nazariyasi shakkoklik sifatida qoralandi.
Ilhom nazariyasi. Bu ta’limotga ko'ra, birinchidan, insoniyatning
birindii umumiy tili - arab tili bo‘lgan va u Olloh tomonidan yaratilgan.
Olloh bu tilning butun boyligini Odam Atoga birdaniga bermagan -
Tangri izhorlarining mahsuli bo‘lgan arab tili asoslari bilan oz
miqdordagi leksika Odamga berilgan. Keyinroq
esa zarurat asosida
barcha qabilalarga qo'shimcha ravishda berib borilgan va boyitilib-
boyitilib, faqatgina Muhammad alayhissalomga tilning butun boyligi
ma’lum qilingan.
Bu islomiy nazariyalaming barchasida tilning rivojlanish manbai
ikkita - Alloh va odam, jamiyat ehtiyojlari.
Alloh tilni, uning ichki
qonuniyatlarini belgilagan va Odamga bergan.
Ijtimoiy kelishuv nazariyasi. Ayrim qarashlarga ko‘ra, Odam
farzandlari hayot va jamiyat ehtiyojlari asosida tilni Alloh belgilagan
qonuniyatlar (yangi so'zlar yasash, boshqa tillardan so‘z qabul qilish,
so‘z va qo‘shimchalarni boshqa - ko‘chma m a’nolarda qo‘llash,
ijtimoiy
kelishuv, shoir, voiz va adiblar nutqining ta’siri kabilar)
34
asosida boyitib, o‘z ehtiyojlariga moslashtirganlar. Jumladan, Al-
Harasiy ijtimoiy kelishuv nazariyasi borasida ta’kidlashicha, jamiyatda
til predmet va tushunchalarga ishora qilish, shuningdek,
fikmi bir-
biriga ma’lum qilish uchun kerak bo‘lgan. Dastlab til faqat undoshdan
iborat edi, biroq keyimoq odamlar ikki, uch, to‘rt, besh undosh va
unlilardan iborat bo‘g ‘in va affikslar hosil
qilganlar va nihoyat til
yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: