INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
197
АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ
1.
Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон машинасозлик саноатини транформация
қилиш ва соҳада рақобатни ривожлантириш масалалари бўйича
видеоселектор йиғилишидаги нутқи // president.uz, 2021 йил 13 январь.
2.
Компания корхоналари ҳақида маълумотлар; [электрон ресурс], URL:
https://uzavtosanoat.uz/uz/company-uz.html
3.
Ўзлаштирилмаган деталлар рўйҳати; [электрон ресурс], URL:
https://uzavtosanoat.uz/uz/Ozlashtirilmagan-detallar-royxati.html
4.
Андрейчиков, А. В. Стратегический менеджмент в инновационных
организациях: системный анализ и принятие решений; учебник:
ИНФРА-М, 2013. – 394 с.
5.
Hitt, Ireland, & Hoskisson, Strategic Management, Competitiveness and
Globalization (7th edition), 2007, 79p.
6.
Ривожланиш
дастурлари;
[электрон
ресурс],
URL:
https://uzavtosanoat.uz/programmy-razvitiya.html
7.
Alessandro Nicita and Carlos Razo, UNCTAD, China: The rise of a trade
titan; [электрон ресурс], URL:
https://unctad.org/news/china-rise-trade-titan
(27.04.2021й.)
TASAVVUF TALQININING “NAFAHOT UL-UNS”DAGI IFODASI
Ravshanov Alisher Toshpo‘latovich
Mustaqil tadqiqotchi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o’zbek tili va adabiyoti universiteti
Ma’lumki, mumtoz asarlarda tasavvuf namoyondalari va ularning o‘ziga xos
mezonlari yoritib berilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalish rivojiga munosib hissa qo‘shadi.
Biroq keyingi asrlarga kelib tasavvufda ham turli ixtilofiy qarash va fikrlar paydo
bo‘la boshladi. Xususan, ilmi holni moniylik, buddaviylik kabi dinlarga aloqasi bor
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
198
degan fikrlar o‘rtaga tashlandi. Tasavvufni uning manbasi bo‘lgan “Qur’on” va
sunnatdan ajratish hollari uchradi. Aytish joizki, bu asl manbalarga tayanmasdan
turib, tasavvuf haqidagi shunchaki "tasavvur"lar edi. E’tibor bersak, Islomda fiqh ilmi
bor va u mazhablar ko‘rinishiga ega. Hadis ilmi esa muhaddislar tomonidan o‘rganib
aytilayotgan har bir hadisning sanadi Rasul alayhissalomga borib taqaladi.
Tasavvufda shayxlar silsilasining payg‘ambar alayhissalomga borib taqalishi, u zot
o‘zi yashagan davrda tasavvuf mohiyatini anglatuvchi tazkiya – poklash odobini
sahobalarga o‘rgatgani haqidagi ma’lumotlar tasavvuf Islomdan tashqarida emasligini
ko‘rsatib beradi. Islom va tasavvuf namoyondasi Ahmad Muhammad ibn Ajiyba al-
Hasaniy bu haqda shunday degan edi: “Fiqhsiz tasavvuf bo‘lmas. Chunki Alloh
Taoloning zohiriy ahmoqlari faqatgina fiqh orqali bilinadi. Shuningdek, tasavvufsiz
fiqh ham bo‘lmas. Chunki sodiq tavajjuhsiz amal bo‘lmas" [2]. Albatta, bunday
fikrlar Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub “Nafahot ul-uns"da zikr etilgan
shayxlar tilidan ko‘p bora aytiladi. Shariat amallariga rioya qilmaganlar ilmi hol
ahlidan bo‘la olmasligi ko‘p bora ta’kidlanadi. Abdurahmon Jomiy naqshbandiylik
tariqati siymolari bilan hamfikr edi. XV asr oxirlarida siyosiy nuqtayi nazar tufayli
yassaviylik va naqshbandiylik tariqatlarining maqsadi bir ekanligi, bu yo‘llar
so‘fiylarning ajralishi emas, balki ma’nan va ruhan birlashishi ekanligini Ahmad
Yassaviy va uning izdoshlari hamda G‘ijduvoniy va uning shogirdlari zikrida
ko‘rsatib beradi. Ma’lumki, yassaviylik Ahmad Yassaviy, naqshbandiylik esa garchi
Bahouddin Naqshband nomi bilan e’tirof etilsa-da, u Abduxoliq G‘ijduvoniyning
Xojagon tariqati bilan bog‘liq. Ulug‘ shayx Hoja Yusuf Hamadoniy zikrida
Jomiyning bir qancha shogirdlari sifatida Yassaviy va G‘ijduvoniyni birgalikda tilga
oladi. Shuningdek, ustoz vafotidan so‘ng davlat maqomiga ularning har ikkalasi ham
birdek erishganligini ta’kidlab o‘tadi. Bu esa ikki tariqatning aslida bir o‘zakda
kurtak otganligini anglatadi.
“Nafahot ul-uns" asaridagi sharhlar shayxlar haqidagi ma’lumotlar “Tasavvuf
o‘zi nima?” degan savolga javob bo‘ladi. Shariat odoblariga rioya qilmaganlar, uning
amallarini bajarmaganlar bizning ahlimizdan emas, deyiladi asarda shayxlar tilidan.
Bundan ko‘rinadiki, Jomiy ham islom va tasavvuf ayni bir haqiqat degan fikrni olg‘a
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
199
suradi. Xullas, tasavvuf borasidagi bugun mavjud bo‘lgan ba’zi savollarga ushbu
manbadan javob topamiz. Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin
Naqshbandiy kabi allomalarimiz kabi ana shunday ulug‘ ota-bobolarimiz borligini,
ularning ruhiy tarbiyada bizga qoldirgan ma’naviy meroslarini mazkur asardan bilib
olamiz. Darhaqiqat, bu va boshqa jihatlar “Nafohatul-uns"ning ahamiyatli tomonini
belgilab beradi.
Albatta, Jomiyning ushbu asari yaratilgunga qadar shu tipdagi bir qancha
asarlar dunyo yuzini ko‘rgan edi. Xususan, Abdurahmon Nishopuriyning “Taboqatul
so‘fiya”, Abdulloh Ansoriyning “Manozil-us-soyirin”, Farididdin Attorning
"Tazkiratul avliyo” tazkiralari “Nafohat”gacha ma’lum va mashhur edi. Biroq
ulardan keyin mavlono Jomiy davrigacha yashab o‘tgan so‘fiy-shayxlar haqida
ma’lumot beruvchi boshqa biror bir asar hali yaratilmagan edi. Boz ustiga, yuqoridagi
asarlarning keyinchalik ko‘chirilgan qo‘lyozmalarida turli holatlar sabab ba’zi bir
so‘fiy-shayxlarning nomlari tushib qolib, tazkiralarning qiymati yo‘qolib borayotgan
edi. Bu e’tirofni Jomiy “Nafahot ul-uns"ning boshlanish qismida ta’kidlab, jumladan,
shunday deydi: "Hirotning qadim tilidakim, ul zamonda mahud erdi. (Abdulloh
Ansoriyning “Manozir-us-soyirin” asari haqida gapirilyapti – A.R.). …kitobni
buzg‘uvchilarning amalidan ul kitob benahji bo‘lg‘on erkonkim, ko‘b joylardan
osonlik ila maqsudni fahm qilinib bo‘lmag‘udek va yana kitobda… ba’zilarining
zikridin muxtasar… erdi” [1].
Shuningdek, XV asrning ikkinchi yarmidagi Hirot mutasavvuflaridan biri,
Abdurahmon Jomiyning shogirdi va muridi Abdulg‘ofir Loriy “Nafahot ul-uns"ga
sharh yozgani mazkur asarga tasavvuf ahlining e’tiborini ko‘rsatib beradi.
Abdurahmon Jomiy shayxlar to‘g‘risida faqat o‘z munosabatini emas, balki o‘tmish
so‘fiylari haqida keyingi davr shayx-so‘fiylarning munosabatini ham keltirib o‘tadi.
Xullas, “Nafahot ul-uns"ning mazmun-mundarijasidan kelib chiqib tadqiq etilishi
uning tasavvuf va badiiyatdagi o‘rnini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |