Innovatsiya 2021: dolzarb muammolar va zamonaviy yechim



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/145
Sana28.05.2022
Hajmi2,76 Mb.
#613982
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   145
Bog'liq
To\'plam Innovatsiya 2021

Adabiyotlar ro’yhati 
1. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. O‘zbek tili 
[ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun] // Ta’lim taraqqiyoti. O‘zR 
Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi, 1-maxsus son. –Toshkent: Sharq, 1999. –– 
262–302. 
2. O‘zbek tili fanidan ishchi o‘quv dasturi [rusiyzabon guruhlar uchun]. –
Toshkent, O‘zDJTU, 2013.
3. Bikova O.P. Uchebnie moduli dlya raboti s videomaterialom. / J. Russkiy 
yazik za rubejom. – Moskva, № 2/2009. – s. 34. 
4. Kostomarov V.G. Rassujdeniye o formax teksta v obshenii. – Moskva, 2008. 
– s. 22. 
5.Akishina A.A., Kagan O.E. Uchimsya uchit [Dlya prepodavateley russkogo 
yazika kak inostrannogo]. – Moskva, 2004.
6. Muxitdinova X.S., Salishyeva Z. I., Po‘latova X.S. O‘zbek tili. – Toshkent: 
O‘qituvchi, 2012. – 192-195-betlar. 
REALIZM VA MAGIYA 

 “GARRI POTTER” ASARINING 
ASOSI SIFATIDA 
Saidova Nozima Axrorovna 
Katta o’qituvchi 
 
Toshkent davlat yuridik universiteti 
Har bir muallif badiiy asarni yozishda o‘z oldiga nimadir maqsad qilib qo‘yadi 
va ushbu maqsadni u o‘z kitobi orqali kitobxonga yetkazmoqchi bo‘ladi. Ba’zi asarlar 
yaxshilikni targ’ib qilsa, ba’zilari yovuz, vayronkor g’oyalarni ilgari suradi. Lekin 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
119
asarlarning aksariyat qismi, xoh u bolalar adabiyoti bo‘lsin, xoh kattalar, 
yaxshilikning yovuzlik ustidan doimo g’alaba qozonishi g’oyasini ilgari suradi. 
Xuddi shunday, Roulingning “Garri Potter” asarini yozish bilan bizga yetkazmoqchi 
bo‘lgan xabari shundaki, hattoki sehrgarlar dunyosida ham yovuzlik qanchalik keng 
quloch yoygan bo‘lmasin, baribir yaxshilik, ezgulik g’alaba qozonadi.
Deyarli har bir badiiy asar kichik hajmda bo‘lsa ham haqiqatni aks ettiradi. Bu 
kitobxonlar uchun juda muhim, chunki ular o‘zlari yashayotgan dunyo va odamlar 
haqida o‘qish va ular bilan tanishishni xohlaydilar. Realizm adabiy oqim sifatida 
XIX asr boshida Fransiyada dunyoga kelgan. O‘sha davrda mualliflar o‘ziga xos 
xususiyatlarni o‘zida aks ettirgan asarlar yoza boshlaganlar – hodisalar va voqealar 
rivoji oddiy hamda qahramonlar uchun ikknchi darajali ahamiyat kasb etgan;
qahramonlar quyi yoki o‘rta qatlam vakillari bo‘lib, adabiy usulda emas, balki oddiy 
odamlar tilida so‘zlashgan; asarda muallifning sharhi yoki izohlari deyarli yoki 
umuman uchramagan. Bu oqimning dastlabki namoyandasi Onore de Balzak o‘zining 
“Inson komediyasi” asarida jamiyatning turli qatlamlariga mansub insonlar hayotini 
uzun hamda jonli tasvirlar bilan yoritib bergan. Shunday bo‘lsa-da asar voqealari 
romantik xususiyatlarni o‘zida saqlab qolgan. Gustav Flobertning “Madam Bovari” 
asari esa realistik oqimning xususiyatlarini to‘liq qamrab olgan dastlabki asar desak 
adashmagan bo‘lamiz. Asar o‘zining zerikarli hayotidan qochib ishqiy 
sarguzashtlarga quchoq ochgan ayol hayotini yoritib bergan. 
Realizm adabiy oqim sifatida “obyektiv reallik” muhitini yaratishni o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘yadi. Bunday asarlar asosan kundalik hayotni, quyi va o‘rta qatlam 
vakillarining hayot tarzi, mashg’ulotlari, oddiy hayotini hech qanday xayoliy tasvirlar 
va ideallarsiz tasvirlaydi. Buni boshqacha qilib, voqealarning empirik asoslangan 
holda hech qanday bezaklar va izohlarsiz uchinchi shaxsga ko‘rinadigan holatda 
tasvirlash desak bo‘ladi [1]. 
Adabiyotning har bir namunasi realizm xususiyatlarini qisman yoki 
butunligicha qamrab oladi. Xoh u sarguzasht yoki fantastik asar bo‘lsin, xoh 
melodrama yoki romantika. Chunki biz barcha o‘y-xayollarimizni hayotdan olamiz. 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
120
J.K. Roulingning sehrgarlik maktabiga tushib qolgan 11 yoshli sehrgar bola 
haqidagi asari “Garri Potter”ni janr xususiyati jihatidan tahlil qiladigan bo‘lsak, u bir 
nechta janrlarni o‘zida qamrab olganiga guvoh bo‘lamiz. Avvalo, asar sehr-jodu, 
magiya haqida bo‘lgani sababli uni fentezi janriga oid desak, bosh qahramonning 
bolaligidan kattaligigacha bo‘lgan davr voqealarini ochib bergani jihatidan tarbiyaviy 
roman, asardagi ko‘p sonli urush va janjallardan kelib chiqib uni triller desak 
adashmaymiz. Lekin shunday bo‘lsa-da, asarda realizm xususiyatlari ham mavjud. 
Chunki asar nafaqat sehrgarlar hayoti va ularning dunyosini, balki oddiy odamlarning 
hayotini ham tasvirlaydi. Garrining xolasi va pochchasi oddiy o‘rtahol oila bo‘lib, 
ular sehr-jodudan yiroq. Lekin hatto sehrgarlar hayotiga nazar tashlasak ham real 
hayot xususiyalarining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Ularning kechqurun yotib, 
ertalab uyg’onishlari, ovqatlanishlari, har kuni darsga yoki ishga borib kelishlari, 
bo‘sh vaqtlarida o‘zlarini nima bilandir mashg’ul qilishlari – bularning barchasi 
bizning hayotiy vazifalarimiz sanaladi. Faqat sehrgarlar hayotining oddiy odamlar 
hayotidan farq qiladigan jihati unda sehr-jodu elementlarining mavjudligidadir. 
Ularning hayotida magiya va haqiqat uyg’un holda mavjud bo‘lib kelmoqda. 
Masalan, sehrgarlik va jodugarlik maktabi Hogvartsni olaylik. Har bir sehrgar 
11 yoshga to‘ldiki, albatta ushbu maktabda 7 yil tahsil olishi shart. Bu Angliyada 
mavjud bo‘lgan yagona sehrgarlik maktabi hisoblanadi. Bunday maktablar boshqa 
mamlakatlarda ham mavjud bo‘lib, ular Durmstrang hamda Sharmbatonni o‘z ichiga 
oladi. 
Keling, Hogvarts maktabi bilan yaqindan tanishib chiqaylik. Ushbu sehrgarlik 
maktabi ham biz biladigan oddiy maktablar kabi o‘quvchilariga bilim hamda tarbiya 
beradi. Maktabda o‘quvchilar yoshiga ko‘ra sinflarga bo‘lingan holda tahsil oladilar. 
Har kuni ertalabdan o‘quvchilar darsga shoshadilar va maktabda 3-4 juftlik dars 
o‘qiganlaridan so‘ng maktab maydonidagi yotoqxonalariga qaytadilar. O‘quvchilar 
darsda qatnashganlariga qarab baholanadilar va har o‘quv yili oxirida keyingi o‘quv 
yiliga o‘tish uchun imtihon topshiradilar. 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
121
“The whole point of keeping the school open at this time is for you to receive 
your education,” she said sternly. “The exams will therefore take place as usual, and I 
trust you are all studying hard” [2]. 
Har bir o‘quv muassasasi o‘z o‘quv formasiga formasiga ega. Angliya 
maktablarining o‘quv formasi bizga ma’lum bo‘lgan o‘zbek o‘quvchilari formasidan 
farq qiladi. Ingliz o‘quvchilari rasmiy usulda kiyinadilar – o‘g’il bolalar oq ko‘ylak, 
ma’lum bir rangdagi kostyum-shim va galstuk kiysalar, qizlar oq kofta va ma’lum 
rangdagi kostyum-yubka kiyadilar. Hogvarts maktabida ham o‘quvchilar maktab 
formasi – mantiya va qalpoq kiyib yuradilar. Biz mantiya va qalpoqni ko‘rganimizda 
ko‘z oldimizda magistr obrazi gavdalanadi. Roulingning sehrgarlik maktabi 
o‘quvchilari uchun aynan ushbu formani tanlaganini sehrgar bolalarni oddiy maktab 
o‘quvchilaridan bilim, tarbiya va boshqa barcha xususiyatlari jihatidan yuqori 
qo‘yishi bilan izohlasak bo‘ladi. Maktab doirasida o‘z qonun-qoidalari amal qiladi, 
tartib-intizomga qattiq rioya qilinadi. Dars vaqtida yoki kechki soatlarda maktab 
ichida tentirab yurish ta’qiqlanadi. Maktab 4 fakultetdan iborat bo‘lganligi sababli har 
bir fakultetning alohida yotoqxonasi mavjud va bir fakultet o‘quvchisi boshqa 
birining yotoqxonasiga kirishi ta’qiqlanadi. Maktab qoidalarini buzgan o‘quvchilar 
biz biladigan oddiy o‘quv muassasasidagi kabi qattiq jazolanadi.
UNIFORM First-year students will require:
1. Three sets of plain work robes (black)
2. One plain pointed hat (black) for day wear
3. One pair of protective gloves (dragon hide or similar) 
4. One winter cloak (black, silver fastenings)
Please note that all pupils’ clothes should carry name tags [3] 
Maktabing bu kabi majburiy tomonlaridan tashqari yana uni oddiy 
maktablardan ajratib turadigan sehrli tomonlari ham mavjud. Har bir maktabda dars 
jadvali ya’ni o‘qiladigan darslar ro‘yxati bo‘ladi. Hogvartsda ham dars jadvali 
mavjud. Bu undagi reallik xususiyatini aks ettiradi. Faqat birgina farqi shundaki, 
maktab dars jadvalida mavjud bo‘lgan fanlarning deyarli barchasi sehr-jodu bilan 
bog’liq fanlar hisoblanadi. Bular qatoriga, sehrli damlamalar haqidagi fan, 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
122
transfiguratsiya ya’ni bir narsadan ikkinchisiga aylanish haqidagi fan, sehrli 
o‘simliklar haqidagi fan, sehrli jonzotlarni parvarishlash kabi fanlar kiradi. 
Three times a week they went out to the greenhouses behind the castle to study 
Herbology...Transfiguration is some of the most complex and dangerous magic you 
will learn at Hogwarts… 

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish