Aдабиётлар рўйхати
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Олий ва ўрта махсус таълим
тизимига бошқарувнинг янги тамойилларини жорий этиш чора-
тадбирлари тўғрисида» 2019 йил 11 июлдаги ПҚ-4391-сон қарори
www.lex.uz
.
2.
UniCEN.Cetntral asia uniuersite partnersmps program. АҚШ олий таълим
тизимига кириш.https://unicen.americancouncils ord.
3.
Ш.Мустафақулов. Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасаларига
инвестицияларни жалб қилишнинг долзарб масалалари.Т., 2019 й.
4.
ОВЎМТВ тассаруфидаги Олий таълим муассасаларининг 2019-2020
йиллардаги молиявий хисоботлари.
IKKINCHI TIL TA’LIMIDA INNOVATSION METODLAR
Salisheva Zilola Ismailovna
O‘zDJTU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi, falsafa fanlari doktori [PhD]
Ma’lumki, ikkinchi til ta’limida har bir darsdan kutiladigan natija
o‘quvchilarga berilayotgan nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini hosil
qildirib borish orqali ularning og‘zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirib
borishga qaratilishi kerak. Buning uchun to‘rt asosiy amal: tinglab tushunish,
o‘qish, so‘zlash, yozish amallarini birgalikda qo‘llash va har bir dars jarayonida teng
taqsimlangan tarzda tatbiq etish kerak bo‘ladi. Bunda, ayniqsa, mavzuga mos video
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
115
va audiomateriallardan foydalanishning amaliy ahamiyati nihoyatda katta, chunki bir
vaqtning o‘zida ko‘rib, eshitib va o‘qib qabul qilingan materialgina o‘quvchilar
xotirasida mahkam o‘rnashadi. Aynan audiomateriallar va tinglab tushunish
mashqlari o‘rganilayotgan tildagi nutqni asliyatda eshitish va shu orqali og‘zaki
talaffuzni yaxshilash imkonini beradi. Videolavhalar esa nafaqat nutqiy, balki til
o‘rganuvchilarning sotsiolingvistik va pragmatik kompetensiyalarini ham
shakllantirishga xizmat qiladi.
Respublikamizning davlat tili o‘zbek tili ta’lim boshqa tillarda olib
boriladigan guruhlarda ikkinchi til sifatida o‘qitiladi. Tabiiyki, bunda xorijiy tillarni
o‘qitish metodikasidan foydalaniladi va asosiy e’tibor o‘quvchi-talabalarning nutqiy
kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratiladi. Shundan kelib chiqib, o‘zbek tili
o‘quv dasturlariga adabiy o‘qish materiallari ham kiritilgan bo‘lib, ular bosqichdan
bosqichga kengaytirib boriladi. Jumladan, quyi ta’lim bosqichlarida adabiy o‘qish
materiallari sifatida asosan she’rlar, kichik hajmdagi rivoyatlar, hikoyalar kiritilgan
bo‘lsa, oliy ta’lim bosqichida adabiy o‘qish uchun kattaroq asarlardan parchalar
berish, shu orqali rusiyzabon talabalarning nutqini boyitish va o‘zbek adabiyoti bilan
tanishtirib borish ko‘zda tutilgan [1, 262–302; 2].
Rus guruhlarida o‘zbek tili darslarida videolavhalardan foydalanib adabiy
o‘qish materiallarini o‘rgatish ta’lim oluvchilarning fanga qiziqishini uyg‘otishga,
har tomonlama bilim olishga, dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Videodarslarning ta’limiy samaradorligini oshirish, avvalo, o‘quv dasturiga mos
maxsus videomateriallar tizimini hamda har bir videomaterialni taqdim etish
yuzasidan maxsus metodik ko‘rsatmalar, ya’ni darsning ta’limiy maqsadiga mos
keladigan topshiriqlar tizimini ishlab chiqishni talab etadi. Bu sohada ish olib borgan
metodist olima O.P.Bikovaning fikricha, “har qanday videolavha kamida uch asosiy
jihatga ega bo‘lishi kerak:
-
taqdimot birligi sifatida tanlangan lavha;
-
mavzu yuzasidan o‘quvchilarga taqdim qilinadigan bilimlar;
-
taqdimotdan keyin o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqida
faollashtirish ko‘zda tutiladigan nutqiy ko‘nikmalar” [3, 34].
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
116
Haqiqatan ham, videodars – bu biror filmdan parcha namoyish qilish degani
emas. Videomateriallarni darsga tatbiq etishda namoyish uchun tanlanadigan lavha,
uning hajmi o‘qituvchi tomonidan aniq rejalashtirilishi zarur. Odatda, dars
jarayonida qisqa hajmdagi videomateriallar bilan ishlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Beriladigan lavha hajmining kengayib ketishi darsda ko‘zda tutilgan ta’limiy
maqsaddan chetga chiqib ketiladi. V.G.Kostomarov ham bu fikrni tasdiqlab,
“videomaterialning haddan ziyod keng va tasvirlarga boy bo‘lishi o‘quvchini dars
mazmunidagi asosiy fikrdan chalg‘itishi mumkin”ligini ta’kidlaydi [4, 22].
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, videolavhalarni qisqa hajmda, muayyan qismlarga
bo‘lgan holda taqdim etishning samarasi kattaroq bo‘ladi. Jumladan, darsning kirish
qismida mavzuga oid videolavhadan parchani namoyish etish va qisqa suhbat tashkil
etish o‘quvchilarni psixologik jihatdan mavzuga to‘liq jalb etishga yordam beradi.
So‘ngra videolavhaning keyingi qismini namoyish etish va berilgan savollar asosida
yoki tayanch so‘z va birikmalar asosida lavha mazmunini og‘zaki muhokama qilish,
leksik-grammatik topshiriqlar asosida yozma tahlillar o‘tkazish videolavha
mazmunini chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi. Samarali natijaga erishish uchun
ba’zan lavhani takroran namoyish qilish ham mumkin. Ayrim metodistlarning
fikricha, tanaffus vaqtida videolavhani qo‘yib, o‘quvchilarni yolg‘iz qoldirish,
qo‘ng‘iroq chalingandan so‘ng, o‘quvchilardan ekranda nimani ko‘rganliklarini
so‘rash ham auditoriyada til muhitini yaratishga xizmat qiladi va psixologik jihatdan
katta ta’sir kuchiga ega bo‘ladi [5].
Har bir bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarni ko‘zda tutilgan maqsadga tomon
yo‘naltirib turishi, ayrim noto‘g‘ri izohlarni to‘g‘rilab borishi kerak bo‘ladi. Bu
o‘rinda darsliklarga berilgan adabiy o‘qish matyerillari bo‘yicha matnosti
topshiriqlarining ahamiyati nihoyatda kattaligini ta’kidlash kerak. Xususan, oliy
ta’lim bosqichida talabalarning yosh xususiyatidan kelib chiqib, matnosti
topshirqlarini tizimli tarzda berish, ular ustida maxsus ish olib borish material
mazmunining
talabalar
ongiga
singishiga,
ularning
mustaqil
fikrlashini
rivojlantirishga, o‘z fikrini mustaqil ifodalashga intilishiga sabab bo‘ladi.
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
117
Quyida rus guruhlarida o‘zbek tili mashg‘ulotlarida A.Qodiriyning “O‘tgan
kunlar” romanidan berilgan adabiy o‘qish uchun berilgan parcha asosida videodars
tashkil etish tajribasini bayon etamiz. Ushbu mashg‘ulotni 4 bosqichga bo‘lib tashkil
etish maqsadga muvofiq:
1-bosqich. O‘qituvchining roman va adib haqidagi qisqa kirish suhbati.
2-bosqich. “O‘tgan kunlar” filmidan darslikda berilgan adabiy o‘qish
materialiga mos lavhalarni namoyish etish [6].
3-bosqich. Talabalarga darslikda romandan berilgan parchalarni o‘qitish va
quyidagi matnosti topshiriqlarini bajartirish:
1. Har bir matndan ushbu obrazlar xarakteriga mos keladigan ta'riflarni ajratib
daftaringizga yozing.
2. Ushbu gap orqali Zaynabning fe’l-atvoriga baho bering.
Zaynab egachisining aksicha o‘z yaqinlaridan “pismiq” deb ism olgan, onasi
bo‘lsa achchig‘i chiqqanda “ming‘aymas o‘lgur” deb uni qarg‘ar edi.
3. Berilgan gap orqali Xushro‘yning fe’l atvoriga baho bering.
Xushro‘y uch oy ichida tomir yoyib qolgan bir oilani ildizi bilan yuliq tashlab
tinchiydir.
4. Zaynab – Kumushning qotili. Himoyachi sifatida uni oqlashga harakat
qiling.
5. Berilgan iboralarning sinonim va antonimlarini aniqlang.
Eriga o‘tkir, soyasiga salom bermoq, ost-ust qilmoq, ikki qo`lini burniga tiqib
qarab qolmoq.
6. Berilgan gap orqali Oftob oyimning fe’l-atvoriga baho bering.
Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to‘g‘rilik ma'nolari tomib turg‘on bu xotin
qutidorning rafiqasi - Oftob oyim.
8. O‘zbek oyim va Oftob oyimning fe'l-atvorini taqqoslang [6, 192-195].
Ushbu topshiriqlar, yuqorida qayd etilganidek, matn mazmuninig yaxshi
o‘zlashishiga va talabalarning mustaqil fikrlashlari va o‘z fikrini mustaqil
ifodalashlariga, ular nutqiy kompetensiyasining shakllanishiga yordam beradi.
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
118
4-bosqich. Ushbu bosqichda lavhalar yana bir bor namoyish etiladi va
tasvirlardagi milliy-madaniy xususiyatlar tahlil qildiriladi. Bu talabalarda
sotsiolingvistik va pragmatik kompetensiyani shakllantirishga, o‘zbek xalqining
milliy-ma’naviy qadriyatlari bilan chuqurroq tanishishga yordam beradi.
Adabiy o‘qishni videolavhalardan foydalanib shu tarzda bosqichli ketma-
ketlikda tashkil etish va ushbu materiallar bo‘yicha yuqoridagi kabi tizimli
topshiriqlar ustida ishlash o‘zbek tili mashg‘ulotlari samaradorligining oshishiga,
rusiyzabon talabalarning o‘zbek tilidagi nutq boyligini o‘stirishga, ularni o‘zbek
adabiyoti namunalari va o‘zbek xalqining milliy-ma’naviy qadriyatlari bilan
chuqurroq tanishtirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |