Innovatsiya 2021: dolzarb muammolar va zamonaviy yechim



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/145
Sana28.05.2022
Hajmi2,76 Mb.
#613982
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   145
Bog'liq
To\'plam Innovatsiya 2021

Reference 
1.
Galperin I. R. Stylistics // I. R. Galperin/. – M.: Nauka, 1977. – p. 334. 
2.
Saussure F. de. Course in General linguistics. - Yekaterinburg: Ural University 
Press, 1999. - 432 p.
3.
DOD 
Dictionary 
of 
military 
terms. 
http://www.dtic.mil/doctrine/dod_dictionary/ 
TIL TIZIMINING ASOSIY LEKSIK BIRLIGI BOʻLMISH 
TRANSPOZITSIYA TUSHUNCHASINING JAHON TILSHUNOSLIGIDA 
TUTGAN O’RNI 
Achilov Shoxruxbek Sharibjon o’g’li 
Tayanch doktorant (Phd) 
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 
Transpozitsiya kategoriyasining tilshunoslikda mustahkam semantik maydonni 
egallashi davrlar o’tishi bilan o’zgarib, takomillashib borayotgani hech kimga sir 
emas. Turli tizimli tillarda transpozitsiyani ifodalovchi til birliklarining ifodalanish 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
155
jihatlari, milliy-madaniy xususiyatlari va ularning o’zaro o’xshash, farqli tomonlarini 
aniqlash, uni imkon qadar yoritib berish borasida qilinayotgan tadqiqotlarning 
zarurligi ahamiyatga molikdir. Yu.D. Apresyanning guvohlik berishicha, muayyan 
bir turkumga mansub soʻzning oʻz lug’aviy maʼnosini saqlagan holda, ikkinchi bir 
turkumga xos vazifada qoʻllanishiga oid dastlabki izlanishlar O.Yespersen, L.Tenyer 
tomonidan olib borilgan va bu hodisa “sintaktik transpozitsiya” deb nomlangan [2]. 
Ushbu hodisaning mufassal tavsifi esa Sh.Balli tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, 
taranspozitsiyaning semantik va funksional tiplari ushbu olim tomonidan farqlangan. 
Unga ko’ra, aktual birliklarning oʻz semantik xususiyatini saqlagan holda boshqa bir 
grammatik vazifaga xoslanishi orqali funksional transpozitsiya, so’z turkumlariga xos 
birlamchi vazifaning yangi lug’aviy maʼno hosil boʻlishi bilan birga o’zgarishi orqali 
esa semantik transpozitsiya o’z aksini topadi [1]. 
Bu borada til tizimining asosiy leksik birligi bo’lmish transpozitsiya tushunchasi 
jahon tilshunosligida o’xshashlik va o’ziga xosligi bilan ajralib turishi. O’xshashligi 
transpozitsiya kategoriya sifatida qaralishi bo’lsa, o’ziga xosligi ispan tilshunosligida 
transpozitsiya tushunchasining omonimik maʼnolarda, jumladan, transpozitsiya- 
kategoriya hamda insonning emotsiyasini ifodalovchi imkoniyat darajasida 
qo’llanilishi xisoblanadi. 
Muloqot jarayonida inson his-hayojoni, talab va buyrug’i singari emotsional 
holatlarni ifoda etishi, harakatni bajarishga chaqirish uchun xizmat qilishi 
transpozitsiya xodisasi deyiladi. Adresant adresatni o’z undovi orqali biror bir ishni 
boshlashga, to’xtatishga yoki davom ettirishga yo’naltirishi kabi xodisalar xam oʻz 
navbatida transpozitsiya kategoriyasiga tegishlidir. Bunda undovni ifodalovchi til 
birliklarining lisoniy, pragmatik, lingvomadaniy kabi xususiyatlari alohida o’rin 
egallashi xaqidagi muxim jihatlarini nazariy hamda amaliy tarzda keng yoritib 
berilishi yanada dolzarb hisoblanadi. Transpozitsiya kategoriyasi bir nechta jahon 
lingvistlari tomonidan morfologik va sintaktik soʻz yasashning bir turi sifatida oʻz 
mulohazalarini bildiradilar. O’z navbatida bu jarayon birlamchi tashqi shakl 
saqlangan holda yangi til birliklarining paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Bundan 
tashqari tilshunoslikda yangi til birliklarining vujudga kelishi , yaʼni tanspozitsiya 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
156
kategoriyasi substantivatsiya- otlashuv, adyektivatsiya- sifatlashuv, ellipsis kabi 
terminlar bilan ham ifodalanishi taʼkidlab oʻtilgan (Sh.Balli, Yu.S.Stepanov, 
V.S.Vinogradov va boshqalar ). 
Ot so’z transpozitsiyasi, uning turlari, yasalishi va grammatik kategoriyalari 
haqidagi muhim maʼlumotlar dastavval Yu.S.Stepanov., A.A.Potebnya., 
A.I.Smirniskiy., I. Qo’chqortoyev., H.Neʼmatov., A.Hojiyev., Kubryakova S.Ye., 
Kurilovich Ye., Mahmudov N., Nurmonov A., T. G’aniyev., Neʼmatov H., Asadov 
T., Shirinova N., Nikitevich V.M., Yu.S.Stepanov., Ye.Kurilovich., M.I.Mirzaxidova 
darsliklarida va ilmiy ishlarida yoritilgan.[3] 
Ot so’z transpozitsiyasi sohasiga doir amalga oshirilgan ko’plab tadqiqotlarda
eʼtiborga molik qator nazariy mushohadalar keltirilgan, biroq ot so’z 
transpozitsiyasi turlarining metodik jihatdan ilmiy tasnifi yetarli darajada ishlab
chiqilmagan va ularni belgilashda leksika bilan grammatika o’rtasidagi
aloqadorlik inobatga olinmagan. 
Xususan, shu vaqtga qadar filolog talabalarga leksik transpozitsiya asosida ispan 
tili og’zaki nutqini o’rgatish tadqiq etilmagan. 
Ot so’z transpozitsiyasi sohasi haqida xorijda Bachman L., Teresa Servera 
Mata., Hymes D., Jack C., Richards., C.K.Ogden., Кортес де Моралес., Мария 
Тереса., [9, 35, 32, 62, 67, 109] Charles Bally., Lucien Tenier., G. Marchand., O. 
Espersen., A. Seshe., A. Freydi. kabi olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib 
borilgan. 
Ispan va o’zbek tillarida leksika bilan grammatika o’rtasidagi aloqadorlikni 
inobatga olgan xolda ot soʻz transpozitsiyasi turlarini aniqlash va filolog talabalarga 
leksik transpozitsiya orqali ispan tili og’zaki nutqiga o’rgatishga qaratilgan nazariy 
asoslangan va tajriba orqali isbotlangan amaliy metodikasini ishlab chiqishdan iborat 
bo’ladi. Talabalarning nutq faoliyatida muloqot sifatini yaxshilash bilan bogʻliq 
jarayonlarni o’rganib chiqish, matnlar tuzish, sohaga oid lug’atlar ustida olib 
borilayotgan ishlarni shakllantirish muammolari ilmiy tadqiqot ishini taqozo etadi. 
Muloqot jarayonida inson his-hayojoni, talab va buyrug’i singari emotsional 
holatlarni ifoda etish, harakatni bajarishga chaqirish uchun xizmat qiladi. Adresant 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
157
adresatni o’z undovi orqali biror bir ishni boshlashga, to’xtatishga yoki davom 
ettirishga yo’naltiradi. Bunda undovni ifodalovchi til birliklarining lisoniy, 
pragmatik, lingvomadaniy kabi xususiyatlar alohida o’rin egallaydi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki transpozitsiya modallik kategoriyasi negizida 
shakllanib, bir qancha maʼlumotlarni umumiy undov semasi ostida birlashtirganligi 
sababli va u murakkab bir butunning tarkibiy qismi sifatida adresatni biror –bir ish-
harakatga undasa ham, bir-birini kesib o’tmasligi, takrorlamasligi va o’ziga xos 
undash mohiyatiga egaligi bois tilshunos olimlar tomonidan mustaqil kategoriya deb 
ajratiladi. 
Transpozitsiya tushunchasi jahon tilshunosligida o’xshashlik va o’ziga xosligi 
bilan ajralib turadi. O’xshashligi transpozitsiya kategoriya sifatida qaralishi bo’lsa, 
o’ziga xosligi ispan tilshunosligida transpozitsiya tushunchasining omonimik 
maʼnolarda, jumladan, transpozitsiya- kategoriya hamda insonning emotsiyasini 
ifodalovchi imkoniyat darajasida qo’llanilishidadir. 
Ko’rib turganimizdek, nutq jarayonida transpozitsiyaning o’rni va ahamiyati 
katta bo’lib, ular tillar doirasida yaxshilik, rostgo’ylik kabi tuyg’ularga undaydi. 
Transpozitsiya jarayonida nutq etiketining o’rnini ham taʼkidlash lozim. Nutqiy 
etiketning ifodasi kundalik hayotda undovni yetkazishda o’z ifodasini topadi. 
So’zlovchi nutq normalariga rioya qilgan holda o’z fikrini bayon qilar ekan, u o’z 
nutqini ravon, aniq va tushunarli qilib adresatga yetkazishi bilan birga murojaatni 
adresant tomonidan qabul qilinishi alohida ahamiyat karatadi.[4] 
Xulosa qilib shuni aytish joizki , transpozitsiya kategoriyasini o’qitishda 
chog’ishtirma tilshunoslik va chet tili o’qitish metodikasining lingvodidaktik asosi 
sifatida olib borilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Shuni xam ta’kidlab o’tish joizki , 
transpozitsiya kategoriyasi ispan tilida nutq jarayonida maxsus leksik va grammatik 
vositalar yordamida o’z ifodasini topadi. Leksik va grammatik vositalar yordamida 
transpozitsiyaning ishlatilishi turli tillarda dunyo manzarasining o’ziga xosligini 
belgilaydi. Transpozitsiya nihoyatda keng tushuncha ekanligi, uni ishlatishda har bir 
til egasi o’zining tilidan kelib chiqib tushunishi. Kommunikatsiya paytida gaplar
jumlalar tuzib gapirilar ekan, albatta gaplarning tuzilishi jihatdan semantikasiga 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
158
eʼtibor qaratish lozimligi. Bunda jumlalar ko’zlangan maqsad tomon yo’naltiriladi va 
ular orqali kommunikatsiya jarayonida so’zlovchi omadga va omadsizlikka 
erishishda gaplar maʼnosi va ohangi muhim ahamiyat kasb etishi. Bu jarayonda 
transpozitsiya kategoriyasi muhim omil hisoblanib, soʻzlovchining koʻzlagan 
maqsadiga yetishiga yordam berishi. Ammo uning ichki kechinmalari bundan 
mustasnoligi xaqidagi fikr muloxazalar keltirib o’tilgan bo’lib ot so’z transpozitsiyasi
turlarining qiyosiy va chog’ishtirma aspektda o’rganilishi ikki til uchun muhim
bo’lgan qator yangi qirralarni ochishga muayyan darajada xizmat qiladi. 

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish