References
1.
Christine Coombe, Keith Folse, Nancy Hubley. A practical guide to assessing
English language learners. – University of Michigan, 2007. – 202 p.
2.
Hamayan, E.V. (1995). Approaches to alternative assessment. "Annual Review
of Applied Linguistics," 15, 212-226
3.
Huerta-Macias, A. (1995). Alternative assessment: Responses to commonly
asked questions. "TESOL Journal," 5, 8-10.
4.
La Marca. P. (2006, June). “Assessment literacy: Building capacity for
improving student learning”. San Francisco, CA.
5.
LeniPuppin . (2007) “A Paradigm Shift: From Paper-and-Pencil Tests to
Performance-Based Assessment” English Teaching Forum, Number 4
6.
Stiggins, R. J. (2006). “Assessment for Learning: A Key to Student
Motivation and Learning”. Phi Delta Kappa Edge, 2(2), 1–19.
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
65
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARDAGI NUQSONLARINI
TUSHUNISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Abdullayeva Feruza Suyunovna
Huquqshunos
Saydullayev Shaxzod Alixanovich
Yuridik fanlari nomzodi, professor
Toshkent davlat yuridik universiteti
Oʻzbеkistоndа dеmоkrаtik huquqiy dаvlаt qurish vа fuqаrоlik jаmiyatini
shаkllаntirish mаqsаdidа istiqbоlli dаsturlаr оrqаli izchil va bosqichma-bosqich
norma ijodkorligining sifatini oshirishga, ulardagi nuqsonlarni bartaraf etishga
qaratilgan huquqiy asoslar va mexanizmlar joriy etilib, ularning toʻliq roʻyobga
chiqarilishi ta’minlanmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
qonunlarning toʻliqligi, hayotiyligi va toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish
mexanizmlariga ega ekani haqida soʻz yuritganda, bu borada hali koʻp ish qilishimiz
kerakligini, afsuski, hozirgi kunda qonunlarning islohotlar samarasiga ta’siri
yetarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi
roli pastligicha qolmoqda[1].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan “Norma
ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi”da ham ushbu yoʻnalishda
mavjud boʻlgan kamchiliklar turli sohalardagi ijtimoiy munosabatlarni tarqoq holda
tartibga solish salbiy amaliyotining davom etishiga olib kelmoqda, bu esa huquqiy
kolliziyalar, huquqni qoʻllashda turlicha talqin qilish va murakkabliklar yuzaga
kelishiga sabab boʻlmoqdaligi ta’kidlangan[2]. Shu jihatdan olganda, islohotlarni
amalga oshirishda normativ-huquqiy hujjatlardagi nuqsonlarni oldini olish va ularni
bartaraf etish mexanizmlarini muntazam takomillashtirib borish, ularni ilmiy-nazariy
va amaliy jihatdan oʻrganish hamda tizimli tahlil qilish davr talabidir.
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
66
Malakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar jarayonida
normativ-huquqiy hujjatlardagi nuqsonlarni vujudga kelish sabablarini oʻrganish va
ularni bartaraf etish, oʻz navbatida, ushbu sohada kompleks chora-tadbirlarni hayotga
tadbiq etishni taqazo qiladi.
Huquqshunos olim M.Najimovning fikricha, yuridik adabiyotlarda norma
ijodkorligining predmeti, vazifalari, uslublari va vositalari haqida koʻp gapirilsa-da,
uning mohiyati koʻp hollarda e’tibordan chetda qoladi. Holbuki, har qanday hodisa
yoki predmetning mohiyati toʻgʻrisidagi masala muhim ahamiyatga ega boʻlib, faqat
ushbu holatni aniqlagandan keyingina tegishli ob’yektga ta’rif berish mumkin
boʻladi[3].
Norma ijodkorligi jarayoni tushunchasi va mazmun mohiyati boʻyicha mavjud
yondashuvlarni koʻrib chiqib, normativ-huquqiy hujjatlardagi nuqsonlarini
tushunishga boʻlgan yondashuvlar tahlilini amalga oshiramiz.
Ta’kidlash kerakki, “nuqson” kategoriyasi yuridik fan uchun yetarlicha yangi
hisoblanadi. U – yetishmovchiliklar, ziddiyatlar, xatolar, boʻshliqlar va shunga
oʻxshash kamchiliklarning ayrim turlarining belgilarini umumlashtirish natijasini
oʻzida aks ettiradi.
Ushbu
tushunchadan
foydalanish
qonunchilikning
nomukammalligi
muammosini yangi bosqichga olib chiqishga imkon berdi, tavsifidan qat’iy nazar,
normativ-huquqiy hujjatning nomukammalligi mavjud yoki mavjud emasligi
toʻgʻrisidagi mezonlarini ishlab chiqish, oldini olish boʻyicha universal choralar,
tartib-taomillar taklif qilish, qonunchilikdagi kamchiliklarni aniqlash va yoʻq qilish.
Oʻzbek tilining izohli lugʻatida “nuqson”ga sifat jihatdan yetishmovchilik, kamchilik,
kam-koʻst, deb izoh berib oʻtilgan [4]. “Defekt” soʻzi lotincha “defektus” – nuqson
soʻzidan kelib chiqqan. U XVIII asr boshlarida nemis tilidan kirib kelgan [5].
S.I.Ojegovning “Rus tilining izohli lugʻatida” quyidagi ta’rif berilgan: defekt –
nuqson, kamchilik, qusur [6].
Ilmiy adabiyotlarda “nuqson” tushunchasining u yoki bu qonuniy hodisaga
nisbatan koʻplab ta’riflari mavjud. Shuni ta’kidlash kerakki, tadqiqotchilar orasida
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
67
“nuqson” tushunchasining mohiyati, tipologiyasi, ularni aniqlash va bartaraf etish
usullari boʻyicha yakdil fikr mavjud emas.
Mazkur oʻrinda, normativ-huquqiy hujjatlardagi “nuqson” tushunchasi
boʻshliqlar, ziddiyatlar, xatolar va shunga oʻxshash kamchiliklarning ayrim
turlarining belgilarini umumlashtirish natijasini oʻzida aks ettiradi [7]. Ushbu
tushunchadan foydalanish qonunchilikning nomukammalligi muammosini yangi
bosqichga olib chiqishga imkon berdi. Koʻpgina mualliflar huquqiy nuqsonlarni u
yoki bu sohaning nuqtai-nazari orqali koʻrib chiqdi. Xususan, S.A. Avakyan,
huquqdagi barcha nuqsonlar keyinchalik konstitutsiyaviy qonunchilikda oʻz oʻrnini
topgan gʻoyalardagi kamchiliklardan boshqa narsa emas, degan xulosaga kelgan[8].
Biz bu muallifning pozitsiyasiga qoʻshilamiz: qonunchilik odamlar tomonidan
yaratiladi, fikrlashdagi kamchiliklar normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi
nuqsonlarga proyeksiyalanadi. Biroq, bu ta’rif bizga faqat huquq nuqsonining
mohiyatini tushunishga imkon beradi, ammo u, bu tushunchaning belgilarini ochib
bermaydi. Y.I. Kislichenko “qonunchilik nuqsoni” tushunchasining ta’rifini
shakllantiradi.
Huquq nazariyasida “qonunchilik” atamasi ikki ma’noga ega. R.Z. Livshits,
Y.A. Tixomirov qonunchilikni faqat qonunlar toʻplami sifatida tushunish kerak, deb
hisoblashadi. S.V. Polenina, S.S. Alekseyev nafaqat qonunlarni, balki boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarni ham oʻz ichiga olgan “qonunchilik” tushunchasini
kengroq koʻrib chiqishdi.
Ushbu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar
toʻgʻrisida”gi qonunida mazkur masala qanday ifodalanganligini koʻrib chiqish
maqsadga muvofiq. Qonunning Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi, deb
nomlangan 7-moddasiga binoan “Normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari
boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligini tashkil etadi”[9]. Demak,
normativ-huquqiy hujjatlar, bu qonunchilik hujjatlari hisoblanadi. Normativ-huquqiy
hujjatdagi nuqson tushunchasining mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun ushbu
tushunchaning belgilarini koʻrib chiqamiz.
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |