Innovatsiya 2021: dolzarb muammolar va zamonaviy yechim



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/145
Sana28.05.2022
Hajmi2,76 Mb.
#613982
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   145
Bog'liq
To\'plam Innovatsiya 2021

Birinchidan,
nuqson 
har 
doim 
nomukammaldir. 
Adabiyotda 
“nomukammallik” soʻzining koʻplab sinonimlari mavjud, masalan, “kamchilik”, 
“qusur”. Biroq, bizning fikrimizcha, “nomukammallik” soʻzi (normativ-huquqiy 
hujjatdagi nuqsonga nisbatan) eng mos keluvchidir. 
“Yetishmaslik” tushunchasining bir oʻzakli soʻzlaridan biri “yetishmayapti” 
fe’lidir (“yetarli emas” ma’nosida), shuning uchun yetishmaslik (bu soʻzning bir 
ma’nosida) zarur biror-bir narsaning yoʻqligini anglatadi. Ammo normativ-huquqiy 
hujjatdagi nuqson, kerakli rekvizitlar kabi nafaqat biron bir narsaning yoʻqligi tufayli, 
balki ortiqchaligi, masalan, huquqiy qoidalarni takrorlash tufayli ham yuzaga kelishi 
mumkin.
“Nomukammallik” soʻzini ishlatishning yana bir sababi bu tushunchaning 
“sifat” kategoriyasi bilan chambarchas bogʻliqligidir. “Nomukammallik” bu u yoki 
bu belgilar boʻyicha mukammal holat - sifatdan chetlanishdan boshqa narsa emas. 
Ikkinchidan,
ushbu nomukammallikning mohiyati bitta yoki bir nechta 
yuridik texnika talablarining buzilishiga olib keladi. Yuridik texnika talablari tasnifi 
asosida biz normativ-huquqiy hujjatlardagi quyidagi nuqsonlar guruhlarini ajratamiz: 
- mantiq qoidalarini buzishdan iborat boʻlgan nuqsonlar; 
- til qoidalarini buzishdan iborat boʻlgan nuqsonlar; 
- tuzilish qoidalarini buzishdan iborat boʻlgan nuqsonlar; 
- rekvizitli talablarni buzishdan iborat boʻlgan nuqsonlar; 
- tartib-taomilli qoidalarni buzishdan iborat boʻlgan nuqsonlar. 
Uchinchidan,
nomukammallik har doim ham salbiy oqibatlarga olib keladi, bu 
normativ-huquqiy hujjatning yaroqliligining pasayishida yoki yaroqsizligida 
ifodalanadi. 
Normativ-huquqiy hujjatning yaroqsizligi, unda jiddiy nomukammalliklar 
mavjudligi sababli faqatgina bir narsani, uning harakatining mumkin emasligini 
anglatadi. 
Mazkur holat normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb tan olish shaklida 
huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi, ammo aslida uning mazmuni yoki shakli 
nomukammalligi sababli uning oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalariga erishishda 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
69
jiddiy qiyinchiliklar tugʻdiradi. Masalan, normalarning ma’nosini ochib berish uchun 
izohlash talab qilinadi. 
Normativ-huquqiy hujjatlardagi nuqsonlarini tushunishga yondashuvlarni 
koʻrib chiqib, quyidagi xulosalar chiqarish mumkin: 
Birinchidan,
ba’zi bir huquqiy hodisalarga nisbatan “nuqson” kategoriyasi 
koʻplab mualliflar tomonidan koʻrib chiqilgan, ammo ilmiy ishlarda berilgan ta’riflar 
aniqlanayotgan tushunchaning belgilarini ochib bermaydi. 
Ikkinchidan,
normativ-huquqiy hujjat sifatini tushunishni hisobga olgan 
holda, nuqsonning quyidagi ta’rifi shakllantirilishi mumkin: normativ-huquqiy 
hujjatdagi nuqson – bu qonunchilik hujjatning yaroqsizligiga yoki uni qoʻllashni 
qiyinlashishiga olib keluvchi, huquqiy tartibga solishga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi, 
norma ijodkorligi va yuridik texnika qoidalariga amal qilmaslik natijasida vujudga 
keluvchi boʻshliqlar, ziddiyatlar, qonun chiqarishdagi xatoliklar kabilarda namoyon 
boʻluvchi nomukammallik.
Uchinchidan,
“nuqson” kategoriyasi tegishli “xato” kategoriyasi bilan 
chambarchas bogʻliqdir: xato faoliyatning oʻziga tegishli, bu holda huquq 
ijodkorligiga, boshqacha qilib aytganda, bu buzilishlarni oʻz ichiga olgan harakatlar; 
nuqson – bu normativ-huquqiy hujjatda aks ettirilgan xatolarning ob’yektiv 
natijasidir. 

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish