Инновация: фан, таълим, технология



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/61
Sana25.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#255442
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Bog'liq
2019,,2

АДАБИЁТ 
1. Асадов И. М., Эргашев Ш. Т. Ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтиришда
қўлланиладиган психологик - педагогик ташхис методикалари. -Тошкент, 2006. 
2. Климов Е. А. Как выбрать профессию. -М., 1990. 
3. Сорокина И. О. Сущность и содержание профессиональной креативности в
структуре аутопсихологической компетентности государственных служащих. -М.,
2007. 
4. Рензулли Дж. Модель школьного обучения. //Основы современные концепции
творчества и одаренности. /Под ред. Д. Б. Богоявленской. -М., 1997. -С. 214-242. 
 
 
 
O’QUVCHILARNING DUNYOQARASHINI KENGAYTIRISHDA
TEXNOLOGIK TA’LIMNING AHAMIYATI 
 
A.B.Nabiyev - Kasb ta’limini o’qitish metodikasi kafedrasi dosenti v.b. 
Namangan davlat universiteti 
 
Bizga ma’lumki O’zbekiston badiiy hunarmandchilik borasidagi boy madaniyati 
bilan jahon miqyosida o’z o’rniga ega bo’lib, bugungi kunda bu soha jadal sur’atlarda 
rivojlanib bormoqda. Ayniqsa buyuk ajdodlarimizdan qolgan ko’hna tarixiy yodgorliklar, 
ko’plab qadimiy obidalar va milliy an’analarimiz bunga yorqin misol bo’la oladi. Ota-
bobolarimizdan qolgan bu yodgorliklarni asrab-avaylashimiz va yoshlarga to’liq va aniq 
tarzda yetkazib berishimiz kerak. Yosh avlodni ongini avvalo ajdodlarimizdan qolgan 
me’roslarini yaqindan tanitish, hunarmandchilikning ham turli yo’nalishlaridan xabardor 
qilish bilan birga shu sohani zamon talablariga mos ravishda rivojlantirishda texnologik ta’lim 
katta ahamiyatga ega. O’quvchilarning kelajakda qaysi kasb egasi bo’lishlaridan qat’iy nazar 
texnologik ta’lim faniga oid ko’plab muammolarga duch kelishadi. Har bir o’quvchi hayoti va 
faoliyati davomida texnologik ta’lim darslaridan olgan bilim va ko’nikmalarini ishga solishi 
kerak bo’ladi.
O’quvchilarni dunyoqarashini shakllantirishda texnologik ta’lim ularni ma’lum reja 
asosida ish tutishni va bu ishni tartib bilan bajarishni, turli sohalarda sabrli bo’lish bilan 
birgalikda yangiliklarga intiluvchan, qiziquvchan bo’lishni o’rgatadi. Mehnat ta’limi 
o’quvchilarni aqliy qobiliyatlarini o’stiradi va tafakkurini rivojlantiradi, xotiralarini 
mustahkamlaydi. Kasb yoki hunar tanlashda texnologik ta’lim katta rol o’ynaydi.
Maktablarda texnologik ta’lim darslarini o’tishdan maqsad uy-ro’zg’or buyumlarini 
ta’mirlash, turli materiallarga ishlov berish texnologiyasi, zamonaviy mashina va 
mexanizmlar, elektrotexnika ishlari, pazandachilik kabi yo’nalishlarga oid yangidan-yangi 
bilimlar berish, ko’nikmalarini mustahkamlashdir. Biror buyum yaratishdan avval unga ishlov 
berishda sifatli bo’lish, foydalanishga qulayligi, chiroyli qilib bezatish talab etiladi. Bunda 
o’quvchilar o’zining dizaynerlik mahoratini ishga solishlari zarur. 
O’quvchilarning bekorchi vaqtlaridan unumli foydalanish, o’z ustida ishlash va 
amaliy darslar davomida ko’plab tajribalarga ega bo’lishlarida mehnat juda katta ahamiyatga 
ega. Mehnat bilan ko’p shug’ullangan o’quvchilar ongida yangi narsalarni yaratishga bo’lgan 
qiziqish paydo bo’la boshlaydi. Ular yaratgan buyumlarni atrofdagilarga yordami tekkanini 


79 
ko’rganlarida o’zlarida fahr va g’ururni ko’rishadi. Mehnatni asrab-avaylashga odatlanishadi. 
Mehnat jarayonida qiyinchiliklarga uchragan va ularni bartaraf etgan o’quvchilar boshqalarni 
ham mehnatlarini qadrlaydi. Har bir inson marralarga, yutuqlarga erishishida o’zining 
mehnati bilan yetishadi. O’rganish, o’qish, ishlash insonni tarbiyalovchi asosiy omil 
hisoblanadi. O’quvchilar mehnat bilan shug’ullanish davomida mustaqil fikrlashni ham 
o’rganishadi. Mehnat ta’limidan olgan bilimlarini u bilan bog’liq boshqa fanlarda ham 
qo’llashi o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Ta’lim sohasidagi 
jamoat ishlarida va o’quvchilar birgalikda birdam bo’lib ishlashida, ular o’rtasidagi 
munosabatlarda tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirishning zamirida 
texnologik ta’lim yotadi. O’quvchilar darslar davomida elektr toki bilan ishlaydigan va 
boshqa asbob-moslamalar bilan ishlashda xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilishsa hayot 
tarzlaridagi kundalik yumushlarda ayrim kamchiliklarni bartaraf etishadi.
Mehnat ta’limi o’quvchilarni mehnatsevarlikka o’rgatadi. Barkamol avlodni 
tarbiyalashda ham jismonan ham ruhan kamolga yetishida mehnat oldingi o’rinda turadi. 
Mehnatsiz inson hech narsaga erisha olmaydi. Mehnat inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekan 
bu borasidagi barcha bilimlarni o’quvchilar puxta egallashi kerak. Shunday ekan har bir inson o’z 
mehnati bilan ulug’lanadi.Mehnatsevar insonlarni hamma qadrlaydi, ularga mehr-muhabbatli 
munosabatda bo’ladi. Insonni faxri ham kasbi ham hunari hisoblanadi. Bu fanni mukammal 
o’rgangan inson hayotda hech qachon qiyinchiliklarga duch kelmaydi.
Davlatta’limstandartlariasosidao’tilganmehnatta’limidarslaridao’quvchilarerkinnutqso’zla
yolishlari, aqliyo’sishlarivaharakterlaridahamijobiytomonlarko’rinibturadi. O’quvchilarni mehnat 
bilan shug’ullanishida diqqatini bir joyga jamlab ishlashi xotirasini ham mustahkamlashga 
yordamlashadi. Bola tayyorlamoqchi bo’lgan buyumi sifatli, chiroyli, ixcham, qulay bo’lishi uchun 
avval eng mukammal holatini tasavvur qila olishi buyumni o’sha darajaga yetkazishida turtki 
bo’ladi. Yoshligidan mehnatsevarlikka o’rgangan bolalarni kelajagi porloq, hayoti farovon bo’ladi. 
O’qituvchilarning asosiy vazifasi o’quvchilarga bizning milliy o’zbek milliy hunarmandchiligining 
kelib chiqishi, tarixi unda qo’llanilgan usullarni o’rgatish va asrlar davomida avloddan-avlodga 
yetkazishda ko’maklashishdir. Inson hech qachon mehnat qilishdan qochmasligi kerak. Chunki 
butun hayoti davomida qilgan mehnati o’z samarasini, mevasini beradi.
BuyukajdodlarimizdanbiriAbuRayhonBeruniy 
“Mehnatinsonhayotinifarovonqiluvchidavlatdir” debta’kidlabo’tadi. Rostdan ham mehnat 
qashshoqlik, nochorlikdan farovon hayot tomon yetaklovchi asosiy yo’l hisoblanadi. O’z kasbini 
va hunarini mohir ustasi bo’lgan inson ko’plab marralarni zabt eta olishga qodir. Yoshlarni maktab 
davridan boshlab kasbiy tayyorgarlikni shakllantirishda mehnatni alohida o’rni bor. Bu fanni 
chuqur o’zlashtirgan bolani ishini unumi bo’ladi, tajribasi yanada ortadi. Mehnat ta’limi 
bolalardagi madaniyatni shakllantiradi, bilim olishga intilishlarini kuchaytiradi. O’quvchilar 
mehnat bilan shug’ullanganda materiallarni ishlatishda ularni qirqish, bezash kabi ishlarda 
tejamkor bo’lishni va tozalikka rioya qilishni o’rganadi.O’qituvchi qanchalik talabchan bo’lsa 
o’quvchilar o’z ustida ko’p ishlaydi, mehnat mashg’ulotlarini ko’paytiradi. Shunda o’quvchi 
to’g’ri va aniqlik bilan ish tutishga harakat qiladi. O’qib, o’rganib zamon bilan hamnafas bo’lish 
bugungi kunning talabi.
Prezidentimiz I.Karimov aytganlaridek: “Har bir insonning, ayniqsa endigina hayotga 
qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga 
qo’yilgan maqsadga erishishi o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsalar ularning sobit qadam, 
g’ayrat, shijoatlariga, to’la-to’kis fidokorligi va cheksiz mehnatsevarliklariga bog’liq ekanligini 
anglab yetishlari kerak”. Demak kelajak hayot ham insonning yoshligidagi mehnatsevarligiga
bog’liq ekan. Yoshlarimizning texnologik ta’lim fanini mukammal o’rganishlari va biror kasb yoki 
hunar egasi bo’lishi vatanimizning rivojlanishiga katta yo’l ochib beradi. O’quvchilarni kelajakda 
jamiyat uchun kerakli kadr bo’lib yetishishida texnologik ta’lim katta ahamiyat kasb etadi. 
Zamonaviy chet el texnologiyalarini ham o’rganib yurtimizda amalda qo’llashi bizning ham 
texnologiyalarimizning rivojlanishiga turtki bo’ladi.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish