Инновация: фан, таълим, технология



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/61
Sana25.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#255442
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
Bog'liq
2019,,2

 


80 
ADABIYOT: 
1. I.A. Karimov. “ Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining pydevori”. 
Toshkent .”Sharq”- 1997. 
2. R.A. Mavlonova, M.T. Satbayeva. Mehnat o’qitish metodikasi. T. -2013. 
3. A. Pereverten. “ O’quvchilarda ijodkorlikni shakllantirish”. Toshkent.
“O’qituvchi”-1992. 
4. Y. Rasulova, O. Nurmatova. Pedagogika fanidan qo’llanma. Toshkent.
“Voris” 2002. 
 
TEXNOLOGIK TA’LIMNING TA’LIMIY, TARBIYAVIY 
VARIVOJLANTIRUVCHI VAZIFALARI 
 
A.B.Nabiyev - Kasb ta’limini o’qitish metodikasi kafedrasi dosenti v.b. 
A.R.Samatova - talaba. 
Namangan davlat universiteti 
Ta’lim-tarbiyaning asosiy tashkiliy shakli maktablardagi darsdir. Tabiatga doir 
bilimlarning puxtaligi xayotga bog’lanishi ilmiylik va milliy g’oyaviyligi, mehnat va ekologik 
tarbiyasi go’zallikka qay tariqa intilishi kabi avlodiy mezonlar, umuman barkamol inson shaxsini 
tarbiyalashning asosiy darslar davomida amalga oshiriladi. Bu ishlarni mazmuni va samarasi 
darslarning qay mazmunda tashkil etilishi hamda olib borishga bog’liqdir.
Mehnat ta`limi fanini o’qitish bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va 
metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga 
asoslanadi va o’z predmetini o’qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning 
metodlaridan foydalanadi[1]. 
O’quvchilarga tabiatni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni talimni davom ettirish va 
amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilimni o’quv va ko’nikmalar bilan qurollantiribgina 
qolmay, dunyoqarashi, irodasi, harakterini ham shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini 
rivojlantiradi. Shunga ko’ra mehnat ta`limini o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi. 
O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan qismlarni: predmet mazmunini, o’qituvchi 
va o’quvchilar faoliyatini, fanni o’qitishni va ko’nikmalarni egallab olishni o’z ichiga oladi. 
Mehnat ta`limini o’qitishning vazifalari qatoriga o’quv fani sifatida mehnat ta`limi mazmunini 
aniqlash, o’qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o’quv jihozlarini tayyorlash 
kiradi. Mehnat ta`limini o’qitish faqat o’qitish jarayonini tariflash va tushuntirish bilan 
cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, o’qituvchi ularga asoslanib, shu fan 
bo’yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o’qitishi mumkin. 
Bundan tashqari, mehnat ta`limi -umumpedagogik va o’ziga xos metodlari, darsni 
to’g’ri tashkil etish tarixi va istiqbolli rejalar tuzish, darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etish 
usullarini o’rganish kabi masalalar ham ushbu fanning asosiy masalalaridan hisoblanadi. 
Ma’lumki, “Mehnat ta`limi” (3-4-sinflarda) o’qitiladi. “Mehnat ta`limi” fani “Atrofimizdagi 
olam” fanining davomi bo’lib, o’zining mazmuni va metodlari bilan o’quvchilarni har 
tomonlama tarbiyalash imkoniyatlariga ega. 
“Mehnat ta`limi” fani yosh avlodni tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi: unga 
nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etish uni qo’riqlash, asrash, 
in’omlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni o’z qo’llari bilan yaratish va 
ko’paytirishga chorlaydi. 
Muntazam o’rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o’quvchilarda tabiat 
to’g’risida, o’z joyi va barcha mamlakatlarning tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun 
tasavvurni shakllantirish kerak. O’quvchilar Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar 
o’zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. 


81 
Bunda oquvchilarga/ odamlar mehnati tabiat atrof bilan chambarchas bog’liq ekanligini 
ko’rsatish g’oyat muhimdir.Og’zaki, ko’rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan 
foydalaniladi. O’quvchilarni ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan 
metodlar tobora ko’proq qo’llanilmoqda. 
Mehnat ta`limi bo’yicha mashg’ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: Ochiq 
havodagi o’yinlar, o’lkashunoslik sayohatlari, yurishlar bilan chambarchas bog’lamoq 
zarur.
Bularning hammasi o’qituvchiga mehnat ta`limi bo’yicha o’quvchilar bilan 
shug’ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini 
shakllanishiga ta’sir ko’rsatishga ham imkon beradi. Mehnat ta`limini o’qitishning maqsadi 
botanika, zoologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, geografiya fanlarining elementar 
asoslarini berishdir. 
Mehnat ta`limi darslari mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda o’quvchilarni 
odam mehnati - uning jismoniy va ma’naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, 
o’qituvchi mehnatga muhabbatni, astoyidil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatni 
tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda “Maktab xodimlari mehnatiga hurmat”, “Maktab oldi 
maydonidagi ishlarga qatnashish”, “Ishlab chiqarishda band odamlarning kasblari”; 2-sinfda 
“Kun tartibidagi mehnatning turlari”, “Xona o’simliklarini parvarish qilish”, “Qurilish,sanoat 
korxonalarida ishlovchi odamlarning kasblari”, “Mavsumlar bo’yicha maktaboldi 
maydonidagi ishlar”; 3- sinfda “Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo’yicha odamlar 
mehnati”, “Mehnat va dam olish rejimi (tartibi)”, “Dalada, bog’da, polizda odamlar mehnati”, 
“Maktaboldi maydonida odamlar mehnati”, “Foydali qazilmalarni olish”; 4- sinfda 
“Cho’llarda, dashtlarda, o’rmonda, tog’larda, tundrada odamlar mehnati”, “Yer osti boyliklari, 
suv, havo, o’simliklar, hayvonlar muhofazasi bo’yicha odamlar mehnati” mavzularidir. 
Mehnat mavzusi o’quvchilarning kompleks tarbiyasida katta o’rin egallaydi.
Mehnat ta`limi vositasida amalga oshiriladigan kompleks tarbiya faqat darslardagina 
emas, balki o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatlarida (sayohat, sinfdan 
tashqari mashg’ulot, maktaboldi maydonidagi ishlar va boshqalarda) ham muntazamlilik hamda 
rejalilikni talab qiladi. 
Metodika o’qituvchi tomonidan o’quv materialni o’qitishning muvofiq (ratsional) 
ravishdagi metod va vositalari o’quvchilarning tabiat haqidagi eng sodda bilimlarni egallashi 
hamda kelajakda hayotda qo’llay olishi o’quvchilar uchun retseptlar va nasihatlar majmuasi 
bo’libgina qolmasdan, u fan, uning tamoyillari, mehnat ta`limi o’qitish jarayonining 
qonuniyatlarini bilishga ham asoslangan.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda 
ijtimoiy rivojlanishi o’ziga xos yo’liga ega bo’ldi. Mustaqillik omili ta’lim sohasini ham tubdan 
yangilash zaruriyatini vujudga keltirdi. Bu borada Respublikamizda ta’lim sohasidagi davlat 
siyosati umuminsoniy qadriyatlarni halqiga tarixiy tajribasini madaniy va fan bobidagi ko’p asrli 
an’analarini jamiyatning inqilobidagi rivojlanishi rejalarini hisobga olgan holda yurgiziladi[2]. 
Bizga ma’lumki, mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichi 
(1997-2001) yillar yakunlanib, ikkinchi bosqichi (2001-2005) yillarga o’tdi. O’tgan vaqt 
mobaynida umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim turlari uchun fanlar bo’yicha 
uzviy bog’langan.
O’quv dasturlarini ishlab chiqish va o’quv adabiyotlarini yangi avlodga asos bo’lib, 
o’quv jarayonini sifatli tashkil qilishga hizmat qiladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da 
bugungi yoshlar respublikamiz chiroyini ta’minlaydigan serg’ayrat, bilimli, zamonaviy texnikani 
mukammal egallagan ishbilarmon, vatan va xalq ravnaqi yo’lida fidoyi insonlar bo’lib 
etishmoqlari zarurligi alohida ahamiyat berilgan, prezidentimiz alohida ta’kidlagan 
mamlakatimiz mehnatkashlari kelajaklari, taqdirlarini o’z qo’llari bilan bunyod etmoqdalar. 
Mutaqillik e’lon qilinganidan buyon o’tgan qisqa davr mobaynida xalqimiz va davlatimiz 
tarixida katta ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi. Milliy dasturimiz qayta 
tiklandi. Ko’p asrlik beqiyos ma’naviy merosimiz tarixi madaniyatimiz dinu-tilimiz qayta qad 


82 
rostladi. Barcha turdagi ta’lim muassasalarida yoshlarimiz qalbida milliy iftixor, ekologik 
savodxonligini tarkib toptirishda jiddiy ahamiyat bermoqda.
Ekologiya moddiy va ma’naviy merosni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Tabiat 
muxofazasiga doir an’analarni turmushda keng joriy etish ham ekologik faoliyatning tarkibiy 
qismiga kiradi. Bunday an’analar yoshlarning ekologik madaniyatini, vatanparvarlik tuyg’usini 
rivojlantirishda bilimlarini, amaliy ko’nikmalarini mustaxkamlashda yordam beradi. 
Vatanga muxabbat jamiyat baxt-saodati uchun fidokorona mehnat qilish, o’zaro yordam 
jamiyat taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan ekologik tushunchalarni shakllantirish-bu bolaning 
ongi, xis-tuyg’usi, xulq-atvori kabi xususiyatlaridan iborat bo’lib, ularning ildizi bevosita 
texnologik ta’lim bilan bog’liqdir. O’quvchilar vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar 
o’zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanishlari bilan tanishtirishlari lozim. Bunda 
o’quvchilarga odamlar mehnati tabiat, atrof bilan chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatish 
g’oyat muhimdir. Mehnat ta`limi dasturini xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnat ta`limi 
ta’limining mazmunini esa botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, geografiya fanlarining 
xozirgi taraqqiyotiga muvofiq keltirilgan. Mehnat ta`limini o’qitishda ilmiylik qoidasi xozirgi 
zamon fanida qat’iy qaror topgan. Mehnat ta`limi bo’yicha ilmiy bilimlarni egallab olishni 
ta’minlash uchun kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga 
olgan holda eng muhim ilmiy ma’lumotlarni tanlab olish kerak. O’quv materialining ilmiyligi 
tushunarli bo’lishi bilan uyg’unlanishi kerak. Bunga uni o’quvchilarning aqliy va ruxiy 
rivojlantirish bilan erishiladi.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish