Marker-nuqta 1-daraja
O‘ng tipografik qavs To‘rtdan bir
Ikkidan bir Ko‘paytirish belgisi Bo‘lish belgisi
185
№
¹
¹
187
»
»
»
188
¼
¼
¼
189
½
½
½
215
×
×
×
247
÷
÷
÷
Ramzlarni klaviaturadan kiritish mumkin bo‘lmagan taqdirda ular mnemonik kodlar vositasida kiritiladilar. Masalan, ekranning ko‘rsatish qobiliyatini aniqlash uchun quyidagi kodlarni berish mumkin:
640×480
Ikkitali qavs belgisi (“), burchakli qavslar (<va>) hamda amper- sand (&) HTML dasturiy tilining ishchi belgilari hisoblanadi. Agarda ularni Web-sahifadagi oddiy matnda ishlatish kerak bo‘lsa, ular faqatgina kodlar yordamida ko‘rsatiladilar. Web-sahifalarda ma’lumot- larning asosiy turi matnlardir. Matnlarni formatlashtirish uchun bir qancha elementlar ishlatilishi mumkin. Matnlarda ramzlarni anglatadi- gan raqamli va mnemonik kodlar ampersand (&) belgisi bilan boshlana- di. Shunday qilib, ampersand va burchakli qavslar (< va >) matnga faqat yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan tegishli kodlar yordamida
kiritiladilar. Atributlarning qiymatlari bo‘lgan matnli ma’lumotlar esa ikkitali qavs belgisi (“) orasiga olinadilar. Atributlarining qiymatlarini ko‘rsatish uchun kerak bo‘lgan sonli qiymatlar esa qavslarsiz yoziladi. Giperilovalar (sahifaning bir qismidan ikkinchisiga o‘tish koordinata- lari) ikki qismdan iborat bo‘ladi: tushuntirish matni va o‘tish koordina- tasini aniqlab beradigan manzil. Tushuntirish matni yoki bu vazifani bajaradigan rasm A elementining ichida joylashadi, manzil esa href atributi yordamida ko‘rsatiladi. Giperilova ko‘pchilik holatlarda oddiy matndan rangi yoki tagiga chizilganligi bilan ajralib turadi. Undan tashqari, foydalanuvchi “sichqoncha” ko‘rsatkichini giperilovaga keltir- ganida uning ko‘rinishi boshqachaga o‘zgaradi.
Web-sahifalarda boshqacha turdagi giperilovalar ham ishlatilishi mumkin. Masalan, grafik ma’lumotlar alohida fayllarda saqlanadilar va ularning joylashishini ko‘rsatish uchun srcatributli IMG elementlari xizmat qiladi. Freymlar orasida joylashgan Web-sahifalarni ko‘rsatish uchun esa src atributli FRAME elementlari xizmat qiladi. Elementlar- ning o‘lchamlarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan qoidalar mavjud bo‘lib, ularda oddiy sonlar yordamida berilgan o‘lchamlar piksellarda ifodalanadi. Masalan, agar 100 pikseldan iborat gorizontal chiziq uzunli- gi berilishi kerak bo‘lsa, quyidagi kodlashtirish ishlatilishi mumkin:
Gorizontal o‘lcham brouzer oynasi kengligiga nisbatan foizlarda ham berilishi mumkin:
Bunda agar oyna o‘lchami o‘zgarsa, gorizontal chiziq uzunligi ham o‘zgaradi. Navbatdagi * ramzi sahifa maydonini berilgan proportsiyalarda bo‘lish uchun ishlatiladi. Quyida freymni aniqlashning ikki xil usuli ko‘rsatilgan: