Informatsion texnologiyalar: web-sahifalar



Download 1,95 Mb.
bet10/59
Sana05.07.2022
Hajmi1,95 Mb.
#740302
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
Bog'liq
Ayupov R qollanma uzl 025ce

name=”ko‘rsatkich (metka)“ > Istalgan matn
Ushbu holda hujjatning mana shu qatoriga nom beriladi. Demak, hujjatning boshqa qismidan yoki butunlay boshqa bir hujjatdan xuddi shu hujjatning shu joyiga o‘tishni amalga oshiradigan giperilova hosil qilish mumkin bo‘ladi. Masalan, hujjatning ichidagi biror-bir joyga o‘tish uchun quyidagi tuzilmani ishlatish mumkin:

Ko‘rsatkichga =”#ko‘rsatkich (metka)“> o‘tilsin
Shunga o‘xshash bir qancha qatorlar Web-sahifaning mundarijasini tashkil etishi mumkin va uni hujjatning boshiga va oxiriga joylashtirish mumkin. Mundarijaning istalgan bo‘limini tanlash esa uning o‘sha bo‘limini kompyuter ekranida ko‘rishga imkon beradi.
ilovalar uchun bazaviy manzilni (URL ni) berish uchun ishlatiladigan element. U hujjat ilovalaridagi manzilning boshlang’ich qismini tushirib qoldirishga imkon beradi. Ushbu elementni ishlatish uchun quyidagi tuzilmani qo‘llash kerak bo‘ladi:
<BASE href=”http://kompyuter/yo‘l1”>
Manzilning yo‘l qismi majburiy emas va to‘liq manzil hosil qilin- ganida u tushirib qoldiriladi. Masalan, agar hujjat matnida quyidagi nis- biy ilova uchrasa,
href=”yo‘l2/hujjat nomi.htm”>Ilova matni
U quyidagi URL ga mos keladi:
http://kompyuter/yo‘l2/ hujjat nomi.htm
Agarda lokal disk uchun bazaviy manzilni berish kerak bo‘lsa, quyidagi konstruksiyani ishlatish kerak:
yo‘l\”>

Bu holda nisbiy ilovani ko‘rsatishda nafaqat fayl nomini, balki u turgan papkani ham ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Agarda hujjatda ko‘rsatilgan fayllar uchun umumiy boshlang’ich fragment mavjud bo‘lsa, bu ish ancha foydali bo‘ladi. Endi Web-sahifa kodlari qanday bo‘lishi va ularning ishlatilishi hamda sintaksisi haqida quyida qisqacha ma’lumot beramiz.
Har bir elementning ishlatilishida uning ichida qanday elementlar joylashishi mumkinligini va u qanday elementlarning ichida joylashishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni bilish juda muhim. HTML, HEAD, TITLE va BODY elementlarining o‘zaro joylashishi har qanday sahi-
fada ham standart bo‘lishi kerak. Agarda hujjat freymlarni joylashtirish uchun tuzilgan bo‘lsa, u holda BODY elementi o‘rniga FRAMESET elementi ishlatiladi. Birgalikda ishlatiladigan elementlar guruhlari ham bo‘lib, ularga jadvallar, ro‘yxatlar va freymlar hosil qilish elementlari kiradi. Bunda elementlarning joylashish tartibi sahifadagi u yoki bu obyektning yaratilishi mantig‘i asosida aniqlanadi. Bunda bir qancha qoidalarni yoddan chiqarmaslik kerak. Jadvallar va freymlar ko‘pincha sahifa detallarini (rasmlarni, matnlarni va hakozolar) biror-bir tartibda joylashtirish uchun ishlatiladi. Masalan, rasmni jadval katakchasi ichiga joylashtirayotganda uning qandaydir ko‘rinishda joylashuviga erishish mumkin. Bunday hollarda HTML tili elementlarning bir-biriga nisbatan joylashuvi Web-sahifa yaratayotganlar tomonidan aniqlanadi. Matnni formatlashtirish uchun ishlatiladigan juda ko‘p sonli elementlar ularning xilma xil tartibda joylashtirish imkonini beradi. Lekin ularning o‘zlari ham albatta qandaydir elementlarning ichida joylashishlari kerak. Bunda har bir elementning bajaradigan ishini va ta’sir qilish doirasi hamda makonini hisobga olish zarur. Elementlarning bir-biriga nisbatan joylashuvi qoidalarining buzilishi Web-sahifalar yaratishda uchraydigan va keng tarqalgan xatolardan biridir. Bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun gipermatnlarning muharrirlaridan foydalanish kerak, chunki ular sintaksis qoidalarining to‘g‘riligini avtomatik ravishda nazorat qiladilar. Ko‘pchilik brouzerlar gipermatnlarni belgilash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarga e’tibor bermaslikka va ularni bajarishga harakat qiladilar. Lekin xato jiddiy bo‘lsa, u holda ekranga sahifani ko‘rsatish mumkin emasligi haqidagi ma’lumot chiqadi. Ba’zi vaqtlarda esa ekranga HTML kodining fragmentlari chiqishi mumkin. Sintaksis qoidalari boshlang’ich va oxirgi tegalarning ishlatilishiga, atributlardan va elementlardan foydalanish- ga tegishli bo‘lishi mumkin. “Element” va “Tega” tushunchalarini bir- biridan farqlash kerak.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish