TITLE elementi tarkibidagi sahifa qatori yordamida.
elementi ham HEAD elementi ichida joyla- shishi kerak. Sahifada qanday nostandart elementlar ishlatilishini bilish uchun ushbu elementning tuzilishini o‘rganib chiqish lozim. Ko‘pincha unda kerakli formatlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agarda bunday formatlar bo‘lmasa, u holda sahifa stillari boshqa alohida faylda yozilgan bo‘ladi. Bunday faylga bo‘lgan murojaat LINK elementi tarkibida bo‘ladi. Sarlavha seksiyasi bir qancha elementlaridan iborat bo‘lib, ularning xar biri unga tegishli parametrlar (ko‘rsatkichlar) to‘plamidan iborat bo‘ladi. <META> elementlarini ishlatish majburiy emas, lekin ba’zi bir ko‘rsatkichlar juda muhim bo‘lishi mumkin. Masalan, ba’zi paytlarda brouzerlar sahifa kodini avtomatik ravishda aniqlay oladilar. Foydalanuvchi ham brouzer bilan ishlayotganda menyudan biror-bir kodlashtirishni tanlashi mumkin. Aniq sahifa ko‘rilayotganda bu noaniq- likni bartaraf etish uchun elementida kodlashtirish sahifasiga bo‘lgan ko‘rsatkichni joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, Windows kodlashtirilishidagi hujjatlar uchun elementi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
elementlarida joylashtirilgan ma’lumotlar web-sahifa- ning umumiy sozlanishini aniqlaydi va u sahifaprofilideb ataladi. Profillarni alohida fayllarda saqlab, ularni maxsus HEAD atributi yordamida biror-bir sahifaga qo‘shib qo‘yish mumkin:
HEAD seksiyasida sahifaning barcha qismlariga tegishli bo‘lgan elementlar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, agar unda tovush eshitilib turishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, uning ko‘rsatkichlarini BGSOUND aniq- laydi. Bir qancha elementlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan atributlarga standart atributlardeb ataladi. Ularning ba’zilari Web-sahifa yaratish uchun juda muhim, ba’zilari esa turli xil masalalarni echish uchun qo‘l keladi. Masalan, id atributi elementning unikal nomi vazifasini bajaradi. Elementning turiga bog‘liq ravishda bu atribut turli xil funksiyalarni bajaradi. Classid atributi ba’zi elementlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan obyekt yoki programmani aniqlab beradi. Style atributi bir qancha elementlar bilan ishlatilishi mumkin. U aniq elementning formatini aniqlash uchun ishlatilib, turli xil qiymatlar qabul qilishi mumkin. Shunga o‘xshash funksiyalarni class atributi ham bajara oladi. Agar HEAD seksiyasida STYLE elementi joylashgan bo‘lsa yoki stillarning kaskadli jadvaliga ilova bo‘lsagina uni ishlatish mumkin. Align atributi matnni, obyektni yoki elementlarni tekislashtirish kerak bo‘lganda ish- latiladi. Tekislashtirish oyna chegaralariga, jadval ramkasiga nisbatan va boshqa variantlarda amalga oshirilishi mumkin. Xar bir element ushbu atribut uchun quyidagi biror-bir qiymatlarni ko‘rsatishga imkon beradi: