«informatikani o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» fanidan tajriba mashg’ulotlari o`qitishning ta`lim texnologiyalari


-asosiy savol bayoni: Pedagogik innovatsiya imkoniyatlari



Download 0,57 Mb.
bet20/25
Sana20.09.2022
Hajmi0,57 Mb.
#849579
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Loyihalash

2-asosiy savol bayoni: Pedagogik innovatsiya imkoniyatlari:
- “Fan – ta`lim - amaliyot” uzviyligini ta`minlaydi;
- PI ning maqsadi, mazmun-mohiyati, muhim belgilari, ularning uslubiy va axborotli ta`minotlari hamda imkoniyatlari bo’yicha batafsil ma`lumot berishga asoslar etarli bo’ladi;
- PI dan foydalanishda o’rganiladigan manba(mavzu, fan, tarbiya yo’nalishlari va hakozo)ga qarab uni takomillashtirish yoki keraksiz qismlarini e`tiborga olmaslik mumkin;
- PI dan foydalanishda ozgina o’zgartirishlar kiritish orqali o’xshash manbalarni o’rganish hamda foydalanish mumkin va shu kabilar.

Topshiriqlar :


1. Pedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati va muhim belgilari haqida Sizning mulohazalaringiz?.
2. Pedagogik innovatsiya imkoniyatlari, vazifalari va rivojlanish jarayoni bosqichlari haqida Sizning fikringiz va mulohazalaringiz?

13-laboratoriya ishi.
Mavzu: Informatika kursi bо‘yicha о‘quv jarayonini rejalashtirish
Ishning maqsadi: Informatika kursi bо‘yicha о‘quv jarayonini rejalashtirishni amalga oshirish metodikasi va ular haqidagi talabalarning bilim,malaka va ko’nikmalarini yanada rivojlantirish.
Amaliy mashg’ulotning metodik ta‘minoti: Qo’shimcha adabiyotlar, labaratoriya ishida ishlatishga mo’ljallangan rasmlar, ma’ruza matni va prezentatsiyalar to’plami.
Texnik vositalar: Kompyuter asosiy va qo’shimcha qurilmalari proyektor elektron doska.
Dasturiy vositalar: Fan uchun xalqaro me’yorlar talablari darajasida ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartlari hamda OTM lar professor o’qituvchilari tomonidan tasdiqlangan namunaviy dasturlar fanning dasturiy ta’minoti hisoblanadi.
Darsga tayyorlanish – og‘ir ish, bu о‘qituvchining о‘ziga xos ijodiy laboratoriyasi, lekin yaratish uchun uslubiyot soxasida yaxshi nazariy bilimga ega bо‘lishi, shu bilan birga darsga tayyorlanish va rivojlantirishni bilishi kerak.
Rejalashtirish tizimi о‘z ichiga quyidagilarni oladi.
1. Yillik va yarim yillik rejalashtirish.
2. Tematik rejalashtirish
3. Har bir dars rejasi. Bunday taqsimlanishga muvofiq darsga tayyorlanishni uch bosqichga bо‘lish mumkin:

  • ya’ni о‘quv yiliga tayyorlanish;

  • о‘quv temasi bо‘yicha fanlar tizimining tayyorlanishi;

  • navbatdagi darsga tayyorlanish.

Birinchi bosqichda sinf о‘quvchilari tomonidan nima uchun, nimaga va qanday о‘qitish kerak degan savollar yechiladi. Bunda о‘quvchilar о‘tgan yili nimani va qanday о‘qiganligini kelajagini kо‘ra bilishi zarur.
Informatika bо‘yicha darslarni rejalashtirish uchun dastlabki hujjatlar:

  • о‘quv jarayonida informatika darsining о‘rni, darsning mazmunini aniqlovchi, kursning rasmiy dasturi;

  • tematik reja, odatda Xalq ta’limi vazirligining instruktiv hujjati yoki о‘qituvchi uchun metodik qо‘llanmalari

О‘quv yili boshlangunga qadara о‘qituvchi dasturni, tushuntirish xatini о‘rganib chiqadi, maktab darsligi mazmunini tahlil qiladi, о‘qituvchi va о‘quvchi uchun alohida adabiyotlar rо‘yxatini tuzadi.
О‘quv rejasi va dasturiga muvofiq darslar bо‘yicha о‘quv materialini taxminiy bо‘linishini о‘z ichiga olgan yillik yoki yarim yillik rejalashtirish amalga oshiriladi.
Tematik rejalashtirish har bir aniq darsda berilgan mavzu bо‘yicha darslarning umumiy zanjirida muhim bо‘g‘inday kо‘rib chiqishga imkon beradi. Bu, shubhasiz, har bir darsning ahamiyatini oshiradi, о‘qitish sifatini butunlay yaxshilaydi.
Tematik rejalashtirishning sxemasi

Darslar

1

2

3

4

5

.

.

.

Dars maqsadi
Darsning turi
Darsning shakli
О‘qitish usuli
Apparat ta’minoti
Dasturiy ta’minoti
Pedagogik dasturiy ta’minoti
Adabiyotlar va internet saytlari









Takrorlash uchun atamalar









Yangi bilimlar va atamalar









Yangi kо‘nikmalar









Informatika darslariga va informatika xonasida darslarni о‘tkazishga tayyorlanish va rejalashtirishning ajratib turuvchi xususiyatlari, dars negiziga qо‘shilishi kerak bо‘lgan pedagogik vositalarning bо‘laklarini, barcha aspektrlarni yaxshilab kо‘rib chiqish zarur.
Pedagogik dasturiy ta’minot ishlatilishi mо‘ljallanayotgan dars ssenariysini ishlab chiqishda о‘qituvchi bir qator omillarni hisobga olishi kerak.
Ular orasida;

  • real maqsadga muvofiq о‘sha yoki boshqa pedagogik dasturiy ta’minotlarni ishlatish;

  • tayin vaqtda pedagogik dasturiy ta’minotdan foydalanishda talab qilinadigan bilim;

  • о‘qituvchilarning kompyuter bilan ishlashda gigiyenik chegarasi;

  • pedagogik dasturiy ta’minot talab qiladigan tayyorlik va qobiliyat.

  • pedagogik dasturiy ta’minotning tayyorligi, ishlash imkoniyati va texnik holati.

Informatika darsiga tayyorlanish о‘qituvchining boshqa darslarga tayyorlanish rejasidan farq qilmaydi. Lekin bir qancha hal qiluvchi omillar borki, ularsiz informatika darsiga tayyorlanish samarasiz bо‘ladi va maqsadga muvofiq emas.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish