Fayl(Fayl) menyusi hujjatni saqlash, ochish va yopish, chop qilish, yangi hujjat yaratish, ma’lumotnoma va Excel parametelarini sozlash kabi bir qancha buyruqlarni o’z ichiga oladi.
Fayl menyusi orqali bajarish mumkin bo‘lgan amallarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Fayl menyusining asosiy bo‘limlaridan biri Parametrlar (Prarametrы) bo‘limi hisoblanadi. Bu bo‘lim orqali quyidagi ma’lumotlarni ko‘rish va sozlash amallarini bajarish mumkin.
Umumiy (Obщie) parametri yordamida hujjat oynasi haqida umumiy ma’lumotlar olish va sozlash amallarini bajarish mumkin.
Formulalar (Formulы) parametri orqali hisoblash formulalaribilan bo’liq bo’lgan parametrlarni o’zgartirish xatoliklarni to’g’irlash parametrlarini sozlash imkoniyati yaratib berilgan.
To‘g‘ri yozish (Pravopisanie) parametri avtoalmashtirish, orfografiya va gramatikani tekshirish parametrlarini ko‘rish va sozlash amallarini o‘z ichiga oladi.
Saqalash (Soxranenie) parametri yordamida hujjatni saqlash parametrlarini ko‘rish va sozlash mumkin.
Til (YAzыk) parametri orqali hujjatni tayyorlash tillarini ko‘rish va sozlash ishlarini bajarish mumkin.
Qo‘shimcha (Dopolnitelno) parametri orqali yuqorida keltirilgan bo‘limlarda bayon qilinmagan boshqa ma’lumotlarni ko‘rish va sozlash imkoniyati yaratib berilgan
Yuqorida aytib o’tlganlardan tashqari lentani sozlash, tez kirish paneli va boshqa sozlash amallarni bajarish imkonini beruvchi pzrametrlar ham mavjud.
Asosiy(Glavnaya) menyu lentasining ko’rinishi quyidagicha:
Menyu lentasi sakkizta bo’limga bo’lingan bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
almashinuv buferi, shriftlar bilan ishlash, abzaslar ustida amalar, katakcha(yacheyka)lar bilan ishlash, berilganlar formatlarini o’zgartirish, jadval ko’rinishini o’zgartirish(stillar), jadval katakchalari ustida amallar(o’chirish, qo’shish), tahrirlash va saralash bo’limlaidir.
A lmashinuv buferi(Bufer obmena) yordamida jadvaldagi ajratib olingan katakchalar tarkibini nusxalash, qirqib olish, format bo’shicha namuna olish, nusxalarni kerakli joyga joylashtirish amallarini bajarish mumkin. Almashinuv buferiga olingan barcha nusxalarni ko‘rish uchun Bufer obmena satri yonida joylashgan maxsus tugmacha bosiladi.
Shrift(SHrift) guruhi o’z tarkibiga shriftlar ustida bajarilishi mumkin bo’lgan barcha amallarni oladi. Shriftlar bilan qo‘shimcha amallar bajarish talab qilinsa, u holda SHrift satrida joylashgan maxsus tugmacha (qo‘shimcha parametrlarni ko‘rish tugmachasi) bosiladi.
Tekislash(Vыravnivanie)guruhi yordamida ajratilgan (kursor joylashgan) jadval katakchalaridagi yozuvlar ustida bajarish mumkin bo‘lgan amallar, katakchadagi so’zlarni tagma-tag joylash amali, katakchalani birlashtirish joylashgan. Ajratilgan abzas ustida qo‘shimcha amallarni bajartish uchun Abzats satrida joylashgan qo‘shimcha parametrlarni ko‘rish tugmachasidan foydalaniladi.
Son(CHislo) guruhidagi ukunalar yordamida jadval katakchalaridagi sonlar formatlarini kerakli shaklga o’tkazish mumkin(moliyaviy, kasrli, foizli va h.k). Agar sonlar bilan boshqa qo’shimcha amallar bajarilishi zarur bo’lsa, u holda tugmachasidan foydalaniladi.
S tillar(Stili) guruhida jadvalni formatlash shartlari, katakchalar stillarini o’zgartiruvchi uskunalarni ko’rishimiz va ulardan foydalanishimiz mumkin.
K atakchalar(YAcheyki) guruhi jadvallar bilan ishlashda eng ko'p qo'llaniladigan amallar uskunlarini joylashganini ko'rishimiz mumkin. Bu guruh kataklarni, satr va ustunlarni o’chirish, yangi katak, satr va ustunlarni qo’shish imkoniyatlariga ega. Bulardan tashqari satr va ustunlarning bo’yi va eni o’lachamlarni o’zgartirish, vaqtinchalik ishlatilmaydigan satr va ustunlarni berkitib qo’yish va shunga o’xshash bir qancha amallarni bajaruvchi uskunalar ham joylashgan.
Tahrirlash(Redaktirovanie) guruhi foydalanuvchiga jadvalga kiritilgan ma’lumotlarni o’sish va kamayish tartibida tartiblash, kerakli ma’lumotni qidirib topish, satr va ustunlardagi o’zgartirishlarni o’chirib tashlash, ko’p foydalaniladigan matematik va boshqa standart funksiyalardan foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |