Joylashtirish(Vstavka) menyusining lentasi quyidagilardan tashkil topgan:
Y uqorida ko’rsatilgan rasmda Joylashtirish(Vstavka) menyusining lentasibir nechta guruhlarga bo’linadi. Bu menyudagi uskunalarning asosiy vazifasi shundan iboratki ularning har biri jadvalga ma’lum bir ob’yektni joylashtirishga xizmat qiladi. Bu menyuda turli rasmlarni, shakllarni, diagrammalarni turli xillarini, gipermurojaatlar va h.k. larni joylashtirish imkoniga ega bo’lgan uskunalar mavjud.
Jadval(Tablitsa) guruhidagi uskunalar yordamida tayyor yaratilgan jadval ma’lumotlarni va ularning shakliy ko’rinishini joylashtirish, jadvalning satr va ustunlariga yangi ko’rinish berish imkoniyati mavjud.
I llyustratsiyalar(Illyustratsii) guruhi yordamida jadvalga kerakli rasmlarni, turli shakllarni, SmartArt ob’yektlar(turli tayyor chizma ko’rinishidagi shakllar)ni, foydalanuvchi tayyorlagan tasvirlarni joylashtirish mumkin. Risunok tugmasi yordamida kompyuterda yoki tarmoqda joylashgan grafik tasvirlarni hujjatga joylashtirish imkoniyati yaratilgan. Kartinka tugmasi bosilsa, ekranga tasvirlarni qidirish oynasi ochil. Kerakli tasvir topilgandan so‘ng uni sahifaga joylab yordamchi oynani yopisah mumkin. Figurы tugmasi yordamida turli geometrik shakllarni qo‘yish imkoniyati yaratib berilgan. SmartArt tugmasi yordamida o‘zaro birlashtirilgan blokli sxemalarni tezda yaratish mumkin. Snimok tugmasi ekranning biror bir zarur qismini qirqib olish va hujjatga joylashtirish mumkin.
Diagrammalar(Diagrammы) guruhi tarkibiga turli xildagi diagrammalarni hosil qiluvchi uskunalar joylashgan. Har bir tur diagrammalari kichik guruhchalarga bo’lingan.
Diagrammalarni qo’shimcha parameterlarini ko’rish va o’zgartirish uchun guruhning chap pastiki qismida joylashgan tugmachadan foydalaniladi.
S parklanlar(Sparklaynы) guruhidagi uskunalar bilan ma’lim katakchalardagi qiymatlarni turli grafik ko’rinishlarini hosil qilish mumkin.
M urojaatlar(Ssыlki) guruhi yordamida jadval bilan ishlash jarayonida MS Excel2010 ni yopmagan holda boshqa fayl yoki papkaga murojaat qilish mumkin.
M atn(Tekst) guruhidagi uskunlalar bilan WordART jadvalga WordART ob’yektini, kolontitul, kata xajmdagi yozuvlarni(nadpis), turli xil formatdagi ob’yektlarni joylashtirish mumkin.
B elgilar (Simvolы) qo‘yish guruhi yordamida yaratilayotgan hujjatga turli belgilar, matematik formulalarni qo‘yish imkoniyati yaratib berilgan. Kiritish lozim bo‘lgan belgini Simvol buyrug‘ining ochiluvchi maydonida joylashgan buyrug‘i orqali tanlanib, ochilgan belgilar maydonidan qidirib topiladi.
Formulalar bilan ishlash jarayonida lentada formulalar loyixalovchisi (Konstruktor) hosil bo‘ladi. Bu lentadan matematik formulalar va belgilashlarni yozishda foydalaniladi
Belgi guruhida sichqoncha tugmasi bosilsa, oxirgi marta foydalanilgan belgilar ro‘yxati chiqariladi. Qo‘yiladigan belgi bu oynada mavjud bo‘lmasa, Drugie simvolы satrida sichqoncha tugmasi bosiladi. Ochilgan belgilar oynasidan zarur belgi qidirib topiladi va hujjatga qo‘yiladi.