Informatika va dasturlash


-mavzu. MS Word. Fomulalar redaktori. Jadval konstruktori va maketi bilan ishlash. Bog’lanishlar yaratish



Download 5,02 Mb.
bet70/92
Sana25.04.2022
Hajmi5,02 Mb.
#580370
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92
Bog'liq
Маруза-матни-Инф-ва-дастур

47-mavzu. MS Word. Fomulalar redaktori. Jadval konstruktori va maketi bilan ishlash. Bog’lanishlar yaratish.
Jadvallar
Jadval yaratishni bir necha usullari mavjud bo’lib uni chizish orqali yaratish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:

    1. Vid tavsiyanomasidagi Paneli instrumentov bo’limidan Tablitsa va granitsa panelini tanlang.

    2. Tablitsa va granitsa panelidagi Sozdat tablitsu tugmasini tanlang.

    3. Jadval tashqi chegaralarini chizing. Buning uchun jadvalning yuqori chap nuqtasida sichqoncha chap tugmasini bosgan xolda quyi o’ng nuqtasiga tomon keltiring. Natijada to’rtburchak xosil bo’ladi.

    4. Xosil bo’lgan to’rtburchakning ichiga keragicha gorizontal va vertikal chiziqlar torting. Buning uchun sichqoncha yordamida to’rtburchak qarama-qarshi tomonlarini birlashtiruvchi chiziqlar torting.

    5. Xosil bo’lgan jadvalni formatlash uchun Format tavsiyanomasidagi Granitsa va zalivka bo’limini tanlang.

    6. Ochilgan muloqot darchasida jadval chegaralari ko’rinishi va rangini tanlang.

    7. Ortiqcha chiziqlarni o’chirish uchun, Tablitsa va granitsa panelidagi Lastik nomli tugmani sichqoncha yordamida tanlanadi. So’ngra shu ortiqcha chiziqlar sichqoncha yordamida birma-bir tanlansa ular o’chib ketadi.

Word matn protsessori hujjatga jadval joylash imkoniyatini beradi. Buning uchun “Standartnaya” uskunalar panelidagi Vstavit tablitsu nomli tugmachadan foydalaniladi. Shuningdek Tablitsa tavsiyanomasidagi Vstavit ichki tavsiyanomasining Tablitsa buyrug’idan xam foydalanish mumkin. Oxirgi xolda quyidagi ko’rinishdagi Vstavka tablitsa nomli muloqot darchasi ochiladi:

Muloqot darchasida yaratiladigan jadvalning ustunlari va satrlari soni ko’rsatiladi. Jadvalning tayyor ko’rinishlaridan birortasini tanlash uchun shu darchadagi Avtoformat tugmasi bosilishi kerak. shundan so’ng Word Avtoformat tablitsa deb atalgan navbatdagi muloqot darchasini ochadi.



Ustunlar kengligi va satrlar balandligi Word darchasining vertikal va gorizontal chizg’ichlardagi markerlar yordamida o’zgartirilishi mumkin. Shuningdek bu kattaliklar Tablitsa tavsiyanomasining Svoystva tablitsa bo’limidagi Stroka va Stolbets nomli qistirma(vkladka)lar yordamida xam o’zgartirilishi mumkin.



Jadvaldan ustun va satrlarni o’chirib tashlash uchun Tablitsa tavsiyanomasining Udalit nomli ichki tavsiyanomasidagi Stolbtsa yoki Stroki buyruqlaridan foydalaniladi. O’chirishning boshqa usuli xam mavjud bo’lib, buning uchun o’chiriladigan ustun yoki satrlar ajratilgach “Standartnaya” uskunalar panelidagi “qaychi”dan foydalanish mumkin.


Jadval bilan ishlash chog’ida ayrim kataklarni birlashtirish yoki bo’laklarga bo’lish zarurati tug’iladi. Masalan, bir necha kataklarni birlashtirish kerak bo’lsin. Buning uchun shu kataklarni ajratish kerak va Tablitsa tavsiyanomasidagi Obedenit yacheyki buyrug’ini tanlash kerak. Katakni bo’laklash uchun esa shu bo’linishi kerak bo’lgan katakka matn ko’rsatkichini keltirib Tablitsa tavsiyanomasidagi Razbit yacheyki buyrug’ini tanlash kerak. Natijada Razbienie yacheek nomli quydagi ko’rinishdagi muloqot darchasi ochiladi:

Muloqot darchasida katakni bo’linishi kerak bo’lgan ustunlar va satrlar soni ko’rsatish va OK tugmasini bosish kerak.


Word hujjatlarida sonli ma’lumotlar ustida ayrim hisob ishlarini xam amalga oshirish mumkin. Masalan: quyidagi jadvalning oxirgi ustuni va satridan boshqa barcha kataklariga sonli ma’lumotlar kiritilgan bo’lsin. Faraz qilamiz, birinchi satrdagi barcha sonlar yig’indisi hisoblanib, uning natijasi shu satrning oxirgi katagida xosil qilinishi kerak bo’lsin. Buning uchun avval matn ko’rsatkichini natija joylanishi kerak bo’lgan katakka keltiramiz.
So’ngra Tablitsa tavsiyanomasidagi bo’limini tanlaymiz. Natijada quyidagi ko’rinishdagi muloqot darchasi ochiladi:

Odatda ochilgan darchadagi Formula maydonida =SUM(LEFT) yozuvi doimo paydo bo’ladi. Formula nomli muloqot darchasida OK tugmasi bosilsa, birinchi satrning oxirgi katagida 142,3 natijani hosil bo’lganini ko’ramiz. Agar yig’indi o’rniga boshqa funktsiyani ishlatish kerak bo’lsa (masalan: AVERAGE – o’rta qiymat, MAX - maksimum, MIN - minimum, PRODUCT - ko’paytirish) uni Vstavit funktsiyu nomli ro’yxat maydonidan tanlash kerak.


Jadvaldagi hisoblanishi kerak bo’lgan amal barcha chap (yuqori) tarafidagi sonlar ustida bo’lsa, u xolda muloqot darchasidagi funktsiya nomidan keyin qavslar ichida LEFT (ABOVE) so’zlari yoziladi.
Ba’zan hisob ishlari barcha sonlar ustida emas balki ularning bir qismi ustida bajarilishi kerak bo’ladi. Bunday xollarda jadval kataklardagi sonlarga ularning manzillari orqali murojaat qilinadi. Masalan, kataklarning ustunlari lotin alifbosi xarflari A, V, ..., Z orqali atalsa, satrlari natural sonlar 1, 2, ... orqali raqamlanadi va natijada jadvalning chap yuqori katagi A1 deb ataladi. shu kabi boshqa kataklar xam mos ravishda A2, K9 va xokazo o’z nomiga ega. To’rtburchak shaklida yonma-yon joylashgan kataklar guruxini kataklar diapazoni deb ataladi va quyidagicha belgilanadi A1:A4, V2:S4.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, matn ko’rsatkichini jadvalning o’ng tarafidagi oxirgi satriga keltirsak va Formula muloqot darchasidagi Formula maydonida =SUM(A1:D4) ifodasini yozsak va OK tugmasini bossak natijada jadvaldagi barcha sonlarning yig’indisi 459,5 hosil bo’ladi.

Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish