Komp'yuter programmalarining foydalanuvchi interfeysi.
Foydalanuvchi nuqtai-nazaridan kop'yuter dasturlari kurinishi quyidagicha:
* paketlarni qayta ishlash dasturlar (dasturiy paketlar)
* dialog dasturlar
Paketlarni qayta ishlash dasturlariga birinchidan boshlangich ma'lumot kerak
bo’ladi, undan keyin foydalanuvchi ishtirokisiz qayta ishlash boshlanadi.
Dialog dasturlar teskarisi, hech qanday boshlangich ma'lumotlarsiz ishga
tushiriladi. Dasturning ishlashi davomida foydalanuvchi dialoglar yordamida
boshlangich ma'lumotlarni kiritadi. Undan tashkari, foydalanuvchi dasturga kirishni
dinamik boshqarishi mumkin. (Qayta ishlash jarayonida). Natija xam ketma-ket
ravishda qadamma-qadam qayta ishlanadi. Foydalanuvchi dasturga kiritgan ta'sirlari
natijasi darxol ko’rishi mumkin.
Kompyuterdagi dasturiy va apparat ta’minoti chambarchas aloqada, ya’ni o‘zaro
hamkorlikda ishlaydi. Biz bu ikki toifani alohida ko‘rib chiqayotganimizdan qat’iy
nazar, ular orasida dialektik aloqa mavjudligini va ularning har birini ko‘rib chiqish
kam deganda shartli ekanligini unutmaslik kerak.
Hisoblash tizimining dasturiy ta’minoti tarkibi dasturiy konfiguratsiya deb
ataladi. Dasturlar orasida, xuddi tabiiy qismlar va bloklar o‘rtasida bo‘lganidek, o‘zaro
aloqa mavjud. Ko‘pgina dasturlar nisbatan ancha pastroq darajadagi dasturlarga
tayanib ishlaydi, ya'ni bu o‘rinda biz dasturlararo interfeys haqida gapirishimiz
mumkin. Bunday interfeysning mavjud bo‘lish imkoniyati ham texnik shart-sharoitlar
va o‘zaro hamkorlik harakatlari mavjud, amaliyotda esa, u o‘zaro aloqada bo‘lgan bir
necha pog‘onali ta’minotning taqsimlanishi bilan ta’minlanadi. Keyingi har bir daraja
o‘zidan oldingi darajani dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday bo‘laklab hisoblash
texnikasi bilan ishlashning dastur o‘rnatishidan boshlab to amalda foydalanish va unga
texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan hamma bosqichlar uchun qulaydir. Shunga ham
ahamiyat berish kerakki, yuqorida yotuvchi har bir daraja butun tizimning funksional
ishlash qobiliyatini oshiradi. Masalan, bazaviy darajada dasturiy ta’minotli hisoblash
tizimi ko‘plab ishlar (funksiyalar)ni bajarish imkonini bermaydi, ammo tizimli dasturiy
ta’minotni o‘rnatish imkoniyatini yaratadi.
Bazaviy daraja. Tayanch (dazaviy) dasturiy ta’minot dasturiy ta’minotning eng
quyi darajasidir. U bazaviy apparat vositalari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash uchun
javob beradi. Odatda, bazaviy dasturiy vositalar, tayanch unsurlar tarkibiga kiradilar va
doimiy eslab qoluvchi uskunalar deb nomlanuvchi maxsus mikrosxemalarda saqlanadi.
Dasturlar va ma’lumotlar DEQU (doimiy eslab qoluvchi uskunalar)ning
mikrosxemalariga ishlab chiqarish bosqichida yozib qo‘yiladi va hisoblash
texnikasidan foydalanish jarayonida o‘zgartirilishi mumkin emas. Foydalanish paytida
bazaviy dasturiy vositalarni o‘zgartirish texnik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan
hollarda DEQU mikrosxemalari o‘rniga qayta dasturlangan doimiy eslab qoluvchi
uskunalar qo‘llaniladi. Bunday hollarda DEQU ning mazmunini o‘zgartirish ishlarini
bevosita hisoblash tizimining tarkibida bo‘lganidek (flesh-texnologiya), undan
tashqarida ham programmatorlar deb ataluvchi maxsus uskunalarda ham bajarish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |