BIOS (Setup BIOS ) parametrlarini o‘rnatish dasturi —tizim parametrlarini konfiguratsiyalash.Bu dastur POST protsedurasining bajarilishi jarayonida aniq bir klavishni bosish orqali yuklanadi (yoki klavishlar kombinatsiyasida). 286 va 386 protsessorlari bazasidagi eski kompyuterlarda bu dasturni yuklash uchun maxsus disketa zarur bo‘ladi.
Tizimning boshlang‘ich yuklovchisi — disk qurilmalardagi bosh yuklovchi sektorni qidiruvning bajarilishi.Agar bu sektorning ikki oxirgi baytlari 55Aah ga teng bo‘lsa, berilgan kod bajariladi.
BIOS — tizimni yuklashda operatsyo‘n tizim va apparat ta’minotining o‘zaro ta’sirlashuvi uchun mo‘ljallangan drayverlar to‘plami.DOS va WINDOWS ni himoya rejimida to‘xtab qolishdan saqlash uchun, faqat BIOS qurilmalarining drayverlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |