Varaq taxlovchi mashinalar
Varaq taxlovchi mashinalar — qog’ozlar dastasini tekislaydigan vibraсion mashinalardir.
Dasta bog’lovchi mashinalar
Dasta bog’lovchi mashinalar dastalarni kanop ip yoki payvandlanadigan lenta, yopishqoq qog’oz va boshqalar bilan o’rab bog’lash uchun xizmat kiladi.
75- Mavzu: Hujjatlarni yuqotishga texnik xizmat ko‘rsatish.
Reja
1. Hujjatlarni tuzish va tayyorlash vosita
lari
yozuv mashinkalari
2. Hujjatlarni yo’q qilish mashinalari
Tayanch so’z va iboralar: Masshtab, karetka, rexel, destroyer.
Yaqingacha idora jihozlari ichida tengsiz deb xisoblab kelingan yozuv mashinkasi (YOM) printerlar bilan ta’minlangan shaxsny kompyuterlar tomonidan tobora siqib chiqarilmokda. Lekin ular kompyuterlarga nisbatan ancha arzon bahodalngi tufayli hujjatlarni tayyorlashda hali ham keng qo’llanilmokda.
Yozuv mashinkalariga ko’yiladigan asosiy talablar:
• kam mehnat sarflab, yukori mehnat unumdorligini ta’minlash;
• yozuvning yukori sifati;
• boshqarishning oddiyligi;
• bir vakgning o’zida olinadigan nusxalarning soni;
• ishlashining ishonchliligi.
Hozirgi zamon yozuv mashinkalari juda turli-tumandir.
Ularning farki:
• ishlashi bo’yicha — mexanik, elektrik, elektron;
• bosma harflarni tashuvchilarining konsgrukсiyasi bo’yicha — richagli, sharli, diskli va b.
• vazifasi bo’yicha — safarbop, idorada foydalaniladigan, maxsus;
• karetkaning konstrukсiyasi bo’yicha — olinadigan yoki olinmaydigan, ensiz (kengligi 240 mm li kog’ozda yozish uchun) yoki keng (kengligi 300 mm dan ortiq bo’o’lgan kog’ozda yozish uchun).
Mexanik yozuv mashinkalari eng oddiy va arzon, lekin ishlashda noqulaydir.
Elektr yozuv mashinkalari mashinistkadan klavishlarni bosishda kam kuch talab etib, shu bilan bir vaqtda ko’p nusxa (12 tagacha) olishni ta’minlaydi. Mashinistka elektr yozuv mashinkasnda yozganida kam charchaydi, mehnat unumdorligi esa sezilarli darajada oshadi.
Elektron yozuv mashinkalari elektr mashinkalarning xamma afzalliklariga va yana xotiraga ham egadir (masalan, Robotron S6130 6500 ta belgili, Evmolpiya-40 esa 2000 belgili sig’imli xotiraga ega), bu ularni samaradorlik bo’yicha tashkiliy avtomatlarga yakinlashtiradi, Elektron yozuv mashinkalarining xotirasi xam ichki (elektron, magnitli), xam tashqi (magnit kartalari, lentalari, disk etar) bo’lishi mumkin. Bu xotirada turli-tuman ma’lumot saklanadi: standart matn-shablonlar, adreslar, formatli hujjatlar. Bosilayotgan ma’lumot kelgusida tahlil qilish va ishlatish uchun xotiraga yozilishi ham mumkin. Tabiiyki, xotiradan chiqarib olinayotgan ma’lumotni bevosita bosish paytida tahrir qilish: adreslarni, familiyalarni va matnlarning boshqa ixtiyoriy lavhalarini o’zgartirish mumkin. Elektron yozuv mashinkalari bosilayottan ma’lumotlarni oldindan ekranga uzatish va taxrir kilish uchun displeyga ega bo’lishi mumkin; yuqori mukammallashgan kompyuter muharriri yordamida kerakli ma’lumotlarni kiritish-chiqarish va matnlarni tahrir qilish uchun kompyuterga ulangan bo’lishi mumkin.
Yozuv mashinkalaridagi bosuvchi mexanizmlar richagli va richagsiz bo’ladi. Richagli mexanizmlar va ularga mos keluvchi bosma harflarni tashuvchilar — literli richaglar juda inerсiondir (ularda bosish tezligi sekundiga 10—15 belgidan oshmaydi) va odatda faqat mexanik YOM sida ishlatiladi.
Richagsiz YOM larida bosma xarflarni tashuvchilar sferik segmentlar, sharli kallaklar, literli disk(«moychechak» tipidagi) bo’lishi mumkin. «Sharlar» va «moychechaklar» shovqinsizroqdir, ular sekundiga 40 ta belgigacha tezlik bilan bosishni ta’minlaydi, ularda bosma harflarni almashtirish soddaroqdir. Masalan, IVM firmasida chikariluvchi YOM lariga: qalin, yarim qalin, rangi ochiq, lotincha, kirilcha, grekcha, matematik belgili kallaklar va turli xil bosma harfli kallaklar to’plami kiritilgan. Kallakni almashtirish bir necha sekundda bajariladi, shuning uchun matnning bir saxifasini bosishda turli bosma harflarni ishlatish mumkin.
Safarbop yozuv mashinkalari — ko’p hollarda shaxsiy foylalanishga, ko’tarib yurishga qulay YOM; ular odatda mexanik bo’lib, engil va ko’tarib yurishga qulay bo’lishi uchun g’ilofga egadir (Erika, Zeya, DE Lux). Shuningdek, ko’tarib yurishga qulay elektron yozuv mashinkalari ham chiqarilmoqda (Olivetti RT 505, OrtimSP 54, Samsung SQ 1000 va b.); Xerox 6003 YOM si, masalan, xotira, displey va ko’pgina servisli vazifalarga ega: satrni bosish oxirida karetka avtomatik holatda keyingi satr boshiga o’tadi — sur’atni yo’qotmasdan bosish mumkin; satrdagi ixtiyoriy belgiga avtomatik qaytish va uni almashtirish imkoniyati bor; to’liq so’zni engil olib tashlashga imkon beruvchi «so’zni olib tashlash» vazifasi bor va b.
Kanselyariya yozuv mashinkalari — stolda turadigan, ko’chirib yurishga noqulay, ular orasida mexanik, elekgr va elektronligi ham bor {YAtran, Lyubava, Vgother, Sanon, Olivetti, Ortima, Samsung, Robotron va b.)
Maxsus yozuv mashinkalariga vazifasiga bog’liq ravishda quyidagilar kiradi: ko’zi ojizlar uchun bosma xarfli yozuv mashinkalari; keyingi nusxalarga shakllarni tayyorlash uchun teruvchi-yozuvchi mashinalar va avtomatlar (Verityper, Jacksowriter); kengashlar to’g’risida stenografik xisobotlarni shakllantirish uchun stenografik mashinkalar (Stenoklar) va ko’shimchalar; pasportlarga va blankalarga matnlarni bosish uchun (Erika 70) va chizmalarga yozuvlarni tushirish uchun (MPK1, Rotring) tekis bosuvchi yozuv mashinkalari va b.
Yozuv mashinkalarining konstrukсiyalari ularning sinfi va tipidan kat’iy nazar ko’p jixatdan bir-biriga o’xshash — har qanday YOM qopqokli korpus; klaviatura; bosma xarflarni tashuvchi bosuvchi mexanizm; qog’oz varag’ini xarakatlantiruvchi karetka; qog’oz tutuvchi valik va kisuvchi rolikli o’tkazuvchi mexanizm; bo’yovchi lentaning joylashishini va siljishini ta’minlovchi tasmani o’tkazuvchi mexanizmga ega bo’ladi.
Hujjatlarni yo’q qilish mashinalari
Yashirin va maxfiy hujjatlarni yo’k kilish uchun ularni maydalab kesish va mikromaydalaydigan mashinalar ko’llaniladi. Hamma yo’q qiluvchi mashinalar avtomatik yuritma va yo’k kilinayotgan xujjatlar changi yoki briketlar uchun konteynerlar bilan ta’minlangan. Yo’k kiluvchilar turlari:
— ofis — kerakmas xujjatlarni yo’k klladigan (uzunasiga kesish);
— sanoat — xujjatlarni yo’q qilib kog’oz chiqindilariga aylantnradi;
— maxfiy — xujjatni kog’oz changiga aylantiradi (chiqindilarni aralashtirib uzunasiga-ko’ndalangiga qirqish, A4 shaklli varaq 9000 zarrachagacha kirqiladi);
— maxsus (qog’ozni metall maxkamlagichi bilan birga maydalaydi, chiqindilarni qogozli xaltalarga joylaydi).
Rexel firmasining (Angliya) qog’opni yo’q kiluvchi 100 dan ortik modeli juda ommabopdir, masalan: 70 Auto, 130 Auto, 2500 Auto, X9 High Security, H16 Destroyer, VX5000, Destroyer va boshqalar.