MMIBDO`:______________________________ __________
Sana_____________
Mashg`ulotning mavzusi: Zahiriddin Muhammad Bobur.
Mashg`ulotning maqsadi:
Ta'limiy maqsad - Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ilmiy tushunchalar berish.
Tarbiyaviy maqsad - O'quvchilarni o'z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash. Bir- birlariga o'zaro hurmat, jamoa bo'lib ishlash, o'zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda mahsuliyat sezish ko'nikmalarini tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi maqsad - O'quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish, guruxlarda ishlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrni aniq ifodalashga o'rgatish, til madaniyatini o'stirish.
Mashg`ulot turi: Yangi tishuncha va qonunlarni o'rgatuvchi Mashg`ulot.
Mashg`ulotda foydalaniladigan metodlar: Hamkorlik texnologiyasi, "Aqliy hujum" ,
Mashg`ulotda foydalaniladigan jihozlar: ko'rgazmalar
Tashkiliy qism:
a) salomlashilsh b) navbatchi axboroti
c) davomatni aniqlash d) uyga vazifani tekshirish
Mashg`ulotning rejasi:
a) o'tilgan mavzuni takrorlash b) yangi mavzu bayoni c) mustaxkamlash. d) O'quvchilarni baxolash
O'tilganlarni takrorlash:
Alisher Navoiy siymosining milliy-ma’naviy hayotimizda tutgan o‘rni haqida so'zlab bering.
Alisheming bolalik yillari to‘g‘risida nimalami bilasiz?
Yosh Alisher o‘qigan dastlabki kitoblar va ulaming mualliflari haqida qanday tushunchaga egasiz?
«Alisher Navoiy va temuriy shahzodalar» mavzusida suhbat o‘tkazing.
Alisher Navoiyning o‘rta yoshlik yillari hayoti va ijodi haqida so‘zlang.
Yangi mavzu bayoni:
Bobur 1483-yilning 14-fcvralida Andijonda tug‘ildi. Otasi temuriyzoda Umarshayx Farg‘ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug‘ Nigorxonim Toshkent hokrmi Yunusxonning qizi edi.
Bo‘lajak shoir 12 yoshida ekan, otasi bevaqt halok bo‘lib, Farg‘ona hokimligi uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shahami tashlab chiqishga majbur bo‘ladi. Keyin ham ikki marotaba bu shahami egallashga muvaffaq bo‘ldi. Lekin saqlab qolish nasib etmadi. Samarqandni ham, Andijonni ham qo‘ldan berib, tog‘-u toshlarda besh-o‘n yigiti bilan goh otliq, goh yayov yurgan paytlari ham bo‘ldi. Nihoyat, 15O3-yilda Jayhun (Amu)ni kechib, Xuro- songa o‘tdi. Kobul va G‘aznani qo‘lga kiritdi. So‘ng 1526-yilda esa
U 153O-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etdi. Keyinroq uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko‘chiriladi.
Bobur ikki she’riy to‘plam — devon tuzgan. Shulardan bittasi yetib kelgan. Ikkinchisining taqdiri noma’lum. Hozirda bizning qo'limizda uning to‘rt yuzdan ortiq she’ri bor. Shundan ikki yuzdan ortig‘i ruboiydir.
Ruboiy sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan, to‘rtlik. Aruzning ma’lum vaznidagina yozilgan. Bobur ruboiylari har jihatdan to‘kis, mukammal she’riy asarlardir. Ularda Bobur hayotining manzara- lari aks etadi. Shoir o‘z umrining achchiq-chuchuk kunlaridan so‘z ochadi.
Mana, ayrim namunalar:
Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi Yo barcha murodlami tark etsa kishi.
Bu ikld ish muyassar bo‘lmasa olamda,
Boshini olib bir soqg‘a ketsa kishi.
Endi Bobumkig ushbu ruboiyini yozgan holatini ko‘z oldimizga keltiraylik. U 19—2O `oshlarda, g‘ayrati dunyoga sig‘magan paytlari. Lekin Samarqandni ikki marta olib’ ikki marta ham tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Andijon xiyonatchilar qo‘liga o‘tgan. Ikki-uch yil tog‘-u toshlarda sarson-sargardon yurdi. Nihoyat, hammasi joniga tegdi. Va yuqoridagi satrlar qog‘ozga tushdi. -
Mana yana bir holati: nihoyat u bir qarorga keldi. Amudaryodan o‘tdi-yu bir hamla bilan Kobul va G‘azna shaharlarini jangsiz egallab oldi. Lekin butun ko‘ngli Amudaryoning bu tomonida, ona Vatanida. U tirik yursa qaytadi. Shu umid bilan yashaydi. U yozadi:
Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen,
Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.
Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,
Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.
Bobur bugun xalqimizning sevimli farzandlaridan bo‘lib turihdi. U haqda dostonlar, romanlar yozilgan, kinofilmlar ishlangan. Andijonda va Toshkentda ulkan bog‘i barpo etilib, haykali o‘matilgan.
. O'quvchilarni baholash.
Bobur kim? Uning ota-bobolari, avlodlari haqida nimalar bilasiz? Uning tariximiz, madaniyatimizdagi xizmatlari haqida-chi?
Boburning taijimayi holi haqida so‘zlab bering.
Ruboiy haqida ma’lumot bering. Bobur ruboiylari haqida nimalar deya olasiz?
«Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen» ruboiysida qanday fikr ilgari surilmoqda? Shoir nima demoqchi?
Uyga vazifa adib asarlaridan na'munalar o'qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |