Infoedu uz



Download 6,36 Mb.
bet27/70
Sana25.01.2022
Hajmi6,36 Mb.
#408894
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
Bog'liq
adiblar hayoti T

Mashg`ulotda foydalaniladigan metodlar: Hamkorlik texnologiyasi, "Aqliy hujum",

Mashg`ulotda foydalaniladigan jihozlar: ko'rgazmalar

Tashkiliy qism:

a) salomlashilsh b) navbatchi axboroti

c) davomatni aniqlash d) uyga vazifani tekshirish

Mashg`ulotning rejasi:

a) o'tilgan mavzuni takrorlash b) yangi mavzu bayoni c) mustahkamlash. d) O'quvchilarni baholash

O'tilganlarni takrorlash:

Mirtemir hayoti va ijodi haqida so`zlab bering.

Shoiming birinchi she’ri va to‘plami qanday nomlanadi, ular qachon e’lon qilingan?

«Mirtemir — taijimon» mavzusida suhbatlashing.

Shoir ijodidagi bosh mavzular haqida so`zlang.

Yangi mavzu bayoni:

/Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tug‘ildi. Bu shahar hozirda Afg‘onistonning markaziy shaharlaridan. Alish`ming otasining oti G‘iyosiddin Muhammad edi. Uni «Kichkina bahodir» ham der ekanlar. Onasining ismi ma’lum emas.

Alisher juda kichik yoshlaridan she’r va musiqaga havas qo‘yadi, olim-u shoirlar davrasida ulg‘ayadi. Uning otasi temuriylar xonadoniga yaqin odamlardan edi. Ulamikiga zamonasining mashhur kishilari tez- tez kelib turar edilar.

Yosh Alisher uch-to‘rt yoshlarida she’r yod olib, ko‘plarni hayratga soldi. Besh yoshida maktabga bordi. Bo‘lajak sulton Husayn Boyqaro bilan biiga o‘qidi.

1447-yilda mamlakat podshohi Shohruhmirzo vafot etib, yurtda notinchlik boshlandi. Alisherlar oilasi Iroqqa ko‘chadi. Olti yoshlik Alisher yo‘lda bir tasodif bilan zamonasining mashhur tarixchisi Sharafiddin


Ali Yazdiyga duch keladi. Odob va muomala bilan buyuk tarixchi mehrini qozonib, duosini oladi.

Alisher xonadoni Hirotga 1451-yilda qaytadi. Yo‘lda yana qiziq voqea yuz beradi. Ilgari shahardan shaharga karvonlar qatnar, bordi-keldilar shular yordamida bo‘iar va ular ko‘pincha tunda yurib, kunduzlari dam olar edilar. Xullas, tunda ot ustida mudrab borayotgan o‘n yoshdagi Alisher egardan yiqilib tushadi, uyqu zo‘ridan uyg‘onmay, karvondan ajralib qoladi.

Ertalab uyg‘onsa, cho‘li biyobon. Nariroqda oti o‘tlab turibdi. Odam zoti yo‘q. Quyosh ko‘tarilib kelmoqda. Bir lahza uni qo‘rquv va vahima bosadi, biroq o‘zini tezda qo‘lga olib, yo‘lga tushadi. Ko‘p o‘tmay, uni izlab kelayotgan o‘z kishilariga duch keladi va eson-omon ota-onasi bag‘riga boradi.

1452-yilda taxtga Abulqosim Boburmirzo chiqadi va Alisheming otasi Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher Sabzavorda o‘qishni davom ettiradi/

1452—57-yillarda u dastlab Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashadi.

She’rga, musiqaga mehri oshib bordi. Farididdin Attor, Nizomiy Gan-

javiy, Shayx Sa’diy, Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o‘qidi. Ayniqsa,

Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») kitobi yosh Alisheming

xayolini tamom egallab oldi. Ota-ona tashvishga tushdilar. Kitobni be-

kitdilar. Lekin kitob tamom yod bo‘lgan edi.

U Hirotga 1464-yilda keladi, lekin ko‘p o‘tmay, Samarqandga ketishga

majburbo‘ladi. Samarqandda u 1469-yilga qadar yashadi. Temuriylaming

bosh shahri buyuk shoir hayotida o‘chmas iz qoldirdi. Bu haqda u ko‘p

yozgan.

Nihoyat Alisheming maktabdosh do‘sti Husayn Boyqaro taxtga chiqishi bilan uni Hirotga chaqirib oladi va muhrdor qilib tayinlaydi. 1472-yildan vazirlik martabasiga ko‘tariladi, 1487—88-yillarda Astrobodda hokim bo‘lib ishlaydi. Umrining oxiriga qadar shohning eng yaqin kishisi bo‘lib qoladi. Shu yillari mamlakat osoyishtaligi, yurt obodligi yo‘lida ulkan ishlar qiladi:

. O'quvchilarni baholash.

Alisher Navoiy siymosining milliy-ma’naviy hayotimizda tutgan o‘mi haqida so‘zlab bering.Alisheming bolalik yillari to‘g‘risida nimalami bilasiz?

Yosh Alisher o‘qigan dastlabki kitoblar va ulaming mualliflari haqida qanday tushunchaga egasiz?

«Alisher Navoiy va temuriy shahzodalap> mavzusida suhbat o‘tkazing.

Alisher Navoiyning o‘rta yoshlik yillari hayoti va ijodi haqida so‘zlang.

Uyga vazifa adib asarlaridan na'munalar o'qish.





Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish