a) o'tilgan mavzuni takrorlash b) yangi mavzu bayoni c) mustaxkamlash. d) O'quvchilarni baxolash
«Dunyoning ishlari» qissasining umumiy mazmuni haqida so'zlab bering.
Bog‘-u rog‘lik o‘zbek elim. .
Bobo yurti, chambilbelim.
Sen biz uchun ham non, ham osh, mangu meros.
O‘quvchining xotirasiga bir o‘qlshdayoq mixlanib qoladigan bu quyma satrlar O‘zbckiston xalq shoiri Mirtemir qalamiga mansubdir.
Mirtemir Tursunov 191O-yilda, o‘zi yozganidek, Qoratog‘ etakla- rida— Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan. Awal bobosi qo‘lida va eski maktabda tahsil olgan. So‘ng Toshkentga kelib, «Almaiy» nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko`radi. Samarqanddagi
O‘zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o‘qiydi. O‘qishni bitirib maktablarda muallimlik qiladi, nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida ishlaydi.
Shoiming birinchi she’ri «Tanburim ovozi» 1926-yili, 16 yoshida e’lon qilinadi. 1928-yili uning «Shu’lalar qo‘ynida» nomli ilk she’riy to‘plami nashr etiladi. Keyin «Zafap, «Qaynashlar», «Tong» to‘plamlari dunyo yuzini ko‘radi.
3O-yillarda u juda ko‘p vaqtini taijimalarga bag‘ishlaydi. A. S. Pushkin, M. Y. Lermontov, N. A. Nekrasov, T. G. Shevchenko she’rlarini, dostonlarini o‘zbekchaga o‘giradi. Umuman taijima sohasida Mirtemir
nihoyatda barakali ijod qilgan. Antik dunyo shoiri Homer, shuningdek, Shota Rustaveli, Henrix Heyne, Tagor, Maxtumquli, Berdaq, Nozim Hikmat she’riy asarlari, «Manas» qirg‘iz xalq eposi, «Qirq qiz» qoraqalpoq xalq dostoni Mirtemir domla zahmatlari tufayli o‘zbek o‘quvchisiga yetib kelgan.
Shoir umri davomida o‘nlab she’rlar va dostonlar to‘plamlarini chop ettirdi. «Bong», «Poytaxt», «O‘ch», «Surat», «Qoraqalpoq daftari», «Tingla, hayot!», «Izlaganim», «Tog‘day tayanchim», «Yodgorlik» ka- bilarulaming ichida eng mashhurlaridir. Bu to‘plamlaming mundarijasiga qarasangiz, inson hayotining barcha pallalaridagi kechmishlar, tuyg‘ular, taassurot va xotiralar jamuljam bolganini ko‘rasiz. Chunki Mirtemir xoh yirik doston yozsin, xoh sahna asarlari yoki katta-katta asarlami taijima qilsin, qat’i nazar, biron kun ham she’r yozishni tark etmagan.
Shoiming ijodidagi bosh mavzu nima deb so‘ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o‘z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash deb aytish mumkin. Mirtemir she’rlarida bu mavzular ko‘pincha birikib, omuxtalashib keladi. Bir she’ming o‘zida ham tabiat go‘zalligi, ham xotiralar, ham iftixor tuyg'usi va yana hayotga muhabbat kabi tushunchalaming ifodalanishini ko‘rish mumkin.
Shoir umrining oxirida «Yodgorlik» deb nomlangan she’riy to‘plam tayyorladi. Va unga so‘nggi yillardagi eng sara she’rlarini jamlab, o‘zidan keyingi avlodlariga ma’naviy tuhfa qilib qoldirdi.
Mirtemir 1978-yil 24-yanvarida 68 yoshida vafot etdi.
. O'quvchilarni baholash.
Mirtemir hayoti va ijodi haqida so‘zlab bering.
Shoiming birinchi she’ri va to‘plami qanday nomlanadi, ular qachon e’lon qilingan?
«Mirtemir — taijimon» mavzusida suhbatlashing.
Shoir ijodidagi bosh mavzular haqida so‘zlang.
Uyga vazifa adib asarlaridan na'munalar o'qish.
Do'stlaringiz bilan baham: