Infoedu uz



Download 6,36 Mb.
bet21/70
Sana25.01.2022
Hajmi6,36 Mb.
#408894
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70
Bog'liq
adiblar hayoti T

MMIBDO`:______________________________ __________
Sana_____________

Mashg`ulotning mavzusi: O'tkir Xoshimov "Dunyoning ishlari"

Mashg`ulotning maqsadi:



Ta'limiy maqsad - O’tkir Xoshimov haqida ilmiy tushunchalar berish Tarbiyaviy maqsad - O'quvchilarni o'z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash. Bir-

birlariga o'zaro hurmat, jamoa bo'lib ishlash, o'zaro yordam va berilgan vazifani

bajarishda mahsuliyat sezish ko'nikmalarini tarkib toptirish.

Rivojlantiruvchi maqsad - O'quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish, guruxlarda ishlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrni aniq ifodalashga o'rgatish, til madaniyatini o'stirish.

Mashg`ulot turi: Yangi tishuncha va qonunlarni o'rgatuvchi Mashg`ulot.

Mashg`ulotda foydalaniladigan metodlar: Hamkorlik texnologiyasi, "Aqliy hujum" ,

Mashg`ulotda foydalaniladigan jihozlar: ko'rgazmalar

Tashkiliy qism:

a) salomlashilsh b) navbatchi axboroti

c) davomatni aniqlash d) uyga vazifani tekshirish

Mashg`ulotning rejasi:

a) o'tilgan mavzuni takrorlash b) yangi mavzu bayoni c) mustaxkamlash. d) O'quvchilarni baxolash

O'tilganlarni takrorlash:

Usmon Nosir hayoti va ijodi qaysi jihatlari bilan Sizda ko‘proq taassurot qoldirdi?

Aksariyat shoirlar ijodida tabiatga qayta-qayta murojaat etilishining sababi nimada, deb o‘ylaysiz?

Biz yashaydigan olamni «ona yer», «ona tabiat» deb atashimizning boisi nimada?

Yangi mavzu bayoni:

O‘tkir Hoshimov 1941 -yilda Toshkentning Do‘mbirobod mahallasida tug‘ilgan. Yoshligidan ilmga, adabiyotga, san’atga qiziqqan bo‘lajak yoziivchi 5-sinfda o‘qib yurgan vaqtidayoq, demak, Siz tengi yoshlarida she’r mashq qila boshlagan edi. Dastlabki kitobi esa yozuvchining talabalik yillariga to‘g‘ri keladi. O‘tkir Hoshimov hayot qozonida qaynagan, yozuvchi sifatida hayotdan bir qadam ham ajramay qalam tebratgan ijodkor. U amaliy va ijodiy ishni baqamti olib bordi. Adibning hayot yo‘liga diqqat qiladigan bo‘lsak, ij xat tashuvchi, musahhih, muxbir, gazetada bo‘lim mudiri, nashriyotda va jurnalda bosh muharrir kabi bosqichlami bosib o‘tganiga guvoh bo‘lamiz. Keyingi yillarda bir necha marta xalq deputatligiga saylangan adib Oliy Majlisda qo‘mita raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan. Biroq bir lahza bo‘lsa-da, adabiy ijod bilan



aloqani uzgani yo‘q. Keyingi 8— 1O-yilda ham adibning qator sermaz- mun kitoblari, publitsistik maqolalari chop etildi. Hozirda adibning «Urushning so‘nggi qurboni», «Muhabbat» kabi ko‘plab hikoyalari, «Nur borki, soya bor», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar» nomli romanlari, «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi», «Ikki karra ikki besh», «Bahor qaytmaydi», «Dunyoning ishlari» nomli qissalari respublikamiz va xorijda sevib o‘qilmoqda. «Qatag‘on», «Inson sadoqati», «To‘ylar muborak» dramalari mamlakatimiz teatrlarida sah- nalashtirilgan. Respublika radiosida efirga berilayotgan, televideniyasida ko‘rsatilayotgan bir qancha radio va telespektakllar ham hassos yozuv- chimiz asarlari asosida yaratilgandir. Bugun xalqimiz O‘tkir Hoshi- movni ulkan adib, o‘tkir nafasli jumalist, faol siyosatdon arbob sifatida taniydi, hurmat qiladi. Bu hurmatning boisi uning biz yuqorida tilga olgan asarlari, jo‘shqin ijtimoiy faoliyatidir.

Bolalar, bugun Siz bilan yozuvchining «Dunyoning ishlari» qissasi haqida gaplashamiz va Sizga bu asarni to‘liq o‘qib chiqishni maslahat beramiz. Chunki mazkur asar eng ezgu, eng samimiy tuyg‘ular haqida, eng e’zozli zot — ona to‘g‘risida hikoya qiladi. Onaning qanday inson ekanligini yaxshi bilamiz. U insonga hayot beradi, yuvib-taraydi, tarbiyalaydi. Ona uchun eng to‘tiyo narsa, o‘g‘ilmi-qizmi, uning farzandi. Ona o‘z farzandi uchun hamma narsaga, hatto jonini qurbon qilishga ham tayyor. Shuning uchun bolsa kerak, ona haqida behisob she’rlar to‘qilgan, dostonlar, katta-katta asarlar bitilgan. Kichik maqollardan tortib, muborak hadislarimizgacha ona madh etiladi, e’zozlanadi. O‘tkir Hoshimovning bu asari har biri o‘ziga mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan. Undagi «Gilam paypoq», «Oq-oydin kechalar», «Tush», «Alla», «O1tin baldoq», «O‘ris bolaning oyisi», «Iltijo» kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi, ularda o‘g‘li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido qilishga tayyor, shaiqona axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etgan Ona madh etiladi. Barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tufayli yaxlitlik kasb etadi. Asar ortiqcha maishiy tafsilotlar, jimjimadorliklardan xoli. Shu tufayli ham katta qiziqish va hayajon bilan o‘qiladi. Bu qissa, oqsoqol adibimiz, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek, «...dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz...»

. O'quvchilarni baholash.

Octkir Hoshimov haqida nimalar bilasiz? Gapirib bering.

«Dunyoning ishlari» qissasining umumiy mazmuni haqida so‘zlab bering.

Asarda tasvirlangan ona obrazi bilan barchamizning onalarimiz o‘rtasida qanday o‘xshashliklar ko‘ramiz.

Uyga vazifa adib asarlaridan na'munalar o'qish.


Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish