Infoedu uz



Download 6,36 Mb.
bet20/70
Sana25.01.2022
Hajmi6,36 Mb.
#408894
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
Bog'liq
adiblar hayoti T

Mashg`ulotda foydalaniladigan metodlar: Hamkorlik texnologiyasi, "Aqliy hujum" ,

Mashg`ulotda foydalaniladigan jihozlar: ko'rgazmalar

Tashkiliy qism:

a) salomlashilsh b) navbatchi axboroti

c) davomatni aniqlash d) uyga vazifani tekshirish

Mashg`ulotning rejasi:

a) o'tilgan mavzuni takrorlash b) yangi mavzu bayoni c) mustaxkamlash. d) O'quvchilarni baxolash

O'tilganlarni takrorlash:

G`afur G`ulomga «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berilishining asosiy sababi nimada deb o‘ylaysiz?

Adib asarlari asosida yaratilgan qanday film yoki spektaklni tomosha qilgansiz?

Nima uchun «qora buvi» o‘g‘ridan qo‘rqmaydi?

Yangi mavzu bayoni:

Dunyo adabiyoti tarixida shunday shoirlar o‘tganki, ulaming umri va ijodi xuddi qorong‘i osmonni birdan yoritib yuborgan chaqmoqqa o‘xshaydi. Bilsangiz, bir lahzada chaqnab o`tib ketadigan chaqmoq ko‘plab elektrostansiyalar yillar davomida ishlab chiqaradigan quwatni o‘zida mujassam etadi. Rus shoiri M. Y. Lermontov, tatar ijodkori Ab­dulla To`qay, o‘zbek adabiyotining favqulodda iste’dodli namoyandasi Usmon Nosir mana shunday yorqin siymolardandir. Garchi juda kam umr ko‘rgan bo`lsalar-da, ular yozib qoldirgan asarlaming ahamiyati asrlarga tatigulikdir.

Usmon Nosir bor-yo‘g‘i 32 yil yashagan bo‘lsa, shuning 6—7 yilidagina erkin ijod qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bo‘lg‘usi shoir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida dunyoga keldi. Uning hunarmandchilik bilan ro`zg‘or tebratadigan otasi


bu paytda og‘ir xasta yotgan bo‘lib, bola go‘dakligidayoq olamdan o`tadi. Usmon o‘z otasi mehrini, uning erkalashlarini ko‘rmay o‘sdi. To‘rt yasharligida onasi Xolambibi shu yerlik Nosirhoji degan kishiga turmushga chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib keladi. Usmonjon shahardagi intematda o‘qiydi, tarbiyalanadi.

1931-yilda Usmon Nosir Samarqanddagi O‘zbekiston dorilfununi (hoziigi Samarqand davlat universiteti)ga o‘qishga kiradi. U tengdoshlari orasida o‘zining izlovchan fikri, fanlami tez o‘zlashtira olishi, shoirlik iste’dodi va sho‘x-sha’n tabiati bilan yaqqol ajralib turardi. Usmon Nosir nafaqat adabiyotni, balki dunyo tarixi, falsafasi, san’atini ham chanqoqlik bilan o‘zlashtirishga, buyuklarga ergashib ijod qilishga oshiqardi. Bu intilishlar shoiming dastlabki asarlaridayoq o‘zini ko‘rsatar, yoshgina yigit bitiklarida katta g‘oyalar, badiiy tafakkurning erkin parvozlari, fikrning o‘tkir yolqinlari yaqqol aks etardi. Mana, uning Samarqanddan onasiga yozgan she’riy maktubi — «Oq yuvib, oq tarab» she’ridan ayrim lavhalar. Unda shoir bolaligida ko‘rgan sargardonliklarini tabiat manzaralariga uyg‘un holda qayta jonlantiradi, o‘quvchini o‘z xotiralariga oshno etadi:

Esingdami, g‘arib ona, Sarg‘ayib yerga tushgani

U qishlaming zahri? Bir ko‘m-ko`k yaproqning.

Yuzni momataloq qilgan Qon, yoshlar-la to‘lganda

U yillarning qahri? U ko‘zlaring seni,

Mehribonim, yodga tushdi, Tuproqqa yuz tutganda

Bir kuni kuz nahod, Umring bahori...

Usmon Nosir uchun tabiat manzaralari she’riy asami qo‘shimcha tashbehlar bilan bezash, go‘zallashtirish vositasi emas edi. U tabiatni go‘yo ona anglab, o‘zini esa shu ona bag‘riga doimiy talpinuvchi farzand hisoblardi. Uning she’rlarida har bir fasl, yer, osmon, quyosh, yulduz va oy, daraxtlar va chechaklar, qushlar va hayvonlar badiiy umum- lashma, obraz darajasiga o‘sib chiqadi.

. O'quvchilarni baholash.

Usmon Nosir hayoti va ijodi qaysi jihatlari bilan Sizda ko‘proq taassurot qoldirdi?

Aksariyat shoirlar ijodida tabiatga qayta-qayta murojaat etilishining sababi nimada, deb o‘ylaysiz?

Biz yashaydigan olamni «ona yer», «ona tabiat» deb atashimizning boisi nimada?

Usmon Nosir she’rlarida tabiat qanday ranglarda, obrazli ifodalarda kuylanishini aniq misollarda ko‘rsating.

Uyga vazifa adib asarlaridan na'munalar o'qish.




Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish