a) o'tilgan mavzuni takrorlash b) yangi mavzu bayoni c) mustaxkamlash. d) O'quvchilarni baxolash
yilda boshlangan Birinchi jahon urushi xalqning shundoq ham og‘ir hayotini butunlay izdan chiqardi. Garchi bu urush bizning yurtimizdan uzoqda — Yevropa maydonlarida kechgan bo‘lsa-da, Rossiya mustamlakachilari urush ortidagi turli qora ishlami bajarish uchun bizning o‘lkamizdan ham erkaklami majburan mardikorlikka olardi. Boquvchisiz qolgan xonadonlar, ayollar va bolalar tirikchilik o‘tkazishga nihoyatda qiynalar, o‘lkada yetishtiriladigan aksariyat noz-ne’matlami
chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan tashib ketardi. Shaharlarda ishsizlik, qimmatchilik va qahatchilik avj olgandi. Ko‘chalarda daydib yurgan tilanchilar va gadoylar safiga urush bo‘layotgan o‘lkalardan non qidirib qochib kelgan yuz minglab och aholi qo
`shilgandi. Bag‘ri keng o‘zbek
xalqi ularga boshpana, o‘z bolalari rizqidan qiyib bo‘lsa-da, osh-non berardi. Rejissor Shuhrat Abbosovning «Toshkent — non shahri» filmini tomosha qilsangiz, bu voqealar ko‘lami va dahshatini yanada yaqindan his qilasiz.
Ushbu og‘ir kunlaming barchasini yosh G‘afur o‘z ko'zlari bilan ko‘rgani, yuragidan o‘tkazgani tufayli ham uning qalbida insonparvarlik, yetimparvarlik hislari juda erta uyg‘ondi. Shoiming o‘zi aytishicha, uning dastlabki she’riy mashqlari ham aynan yetim bolalarga bag‘ishlab yozil- gan edi.
G‘afiir G‘ulom she’rlar bilan birga o‘nlab hikoyalar, «Netay», «Yod- gor», «Tirilgan murda» singari qissalar ham yozdi. Ikkinchi jahon urushi paytida esa adibni dunyoga tanitgan mumtoz she’riy asarlari — «Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Vaqt», «Sog‘inish», «Onalar» singari she’rlari yaratildi.
Uning yana bir mashhur asari — «Shum bola» qissasi 1936-yilda yozilgan bo‘lsa-da, 6O-yillarda adib uni qaytadan ishladi, yanada sayqalladi.
G‘afur G‘ulom Sharq mumtoz adabiyotining, zamonaviy o‘zbek she’riyatining katta bilimdoni edi. Shu sababli ham u Oybek va Hamid Olimjon bilan birga 1943-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangandi.
Adib 1966-yilning 1O-iyunida og‘ir xastalik tufayli vafot etgan.
. O'quvchilarni baholash.
G‘afur G‘ulomga «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berilishining asosiy sababi nimada deb o‘ylaysiz?
Adib asarlari asosida yaratilgan qanday film yoki spektaklni tomosha qilgansiz?
Nima uchun «qora buvi» o‘g‘ridan qo‘rqmaydi?
Uyga vazifa adib asarlaridan na'munalar o'qish.
Do'stlaringiz bilan baham: