Infoedu uz



Download 6,36 Mb.
bet35/70
Sana25.01.2022
Hajmi6,36 Mb.
#408894
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Bog'liq
adiblar hayoti T

MMIBDO`:______________________________ __________
Sana_____________

Mashg`ulotning mavzusi: Erkin Vohidov.

Mashg`ulotning maqsadi:

Ta'limiy maqsad - Erkin Vohidov haqida ilmiy tushunchalar berish.

Tarbiyaviy maqsad - O'quvchilarni o'z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash. Bir-

birlariga o'zaro hurmat, jamoa bo'lib ishlash, o'zaro yordam va berilgan vazifani

bajarishda mahsuliyat sezish ko'nikmalarini tarkib toptirish.

Rivojlantiruvchi maqsad - O'quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish, guruxlarda ishlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrni aniq ifodalashga o'rgatish, til madaniyatini o'stirish.

Mashg`ulot turi: Yangi tishuncha va qonunlarni o'rgatuvchi Mashg`ulot.

Mashg`ulotda foydalaniladigan metodlar: Hamkorlik texnologiyasi, "Aqliy hujum" ,

Mashg`ulotda foydalaniladigan jihozlar: ko'rgazmalar

Tashkiliy qism:

a) salomlashilsh b) navbatchi axboroti

c) davomatni aniqlash d) uyga vazifani tekshirish

Mashg`ulotning rejasi:

a) o'tilgan mavzuni takrorlash b) yangi mavzu bayoni c) mustahkamlash. d) O'quvchilarni baxolash

O'tilganlarni takrorlash:

Hamza Hakimzoda Niyoziy hayotidagi eng muhim voqealar to‘g‘risida so‘zlab bering.

Hamza she’rlari bilan aytiladigan qanday qo‘shiqlami bilasiz?

Hamzaning ma’rifarparvar bo‘lib shakllanishiga nimalar sabab bo‘lgan deb o‘ylaysiz?

Uning qaysi dramatik asarini to‘liq tomosha qilgansiz? Taassuro- tingizhi sinfdoshlaringizga gapirib bering.

Yangi mavzu bayoni: ,

Hozirgi zamon milliy adabiyotimizning yirik namoyandasi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tavallud topgan. Vohidovlar oilasi 1945-yilda poytaxt Toshkentga ko‘chib keldi. Erkinjon awal o‘rta maktabda, so‘ng hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida ta’lim oladi. 196O-yilda o‘qishni bitirgach, nashriyot- larda muharrir, bosh muharrir, direktor lavozimlarida ishlaydi, yangi tashkil qilingan «Yoshlik» jumalining oyoqqa turishiga rahbarlik qiladi.

Erkin Vohidov dastlabki she’rlarini maktabda o‘qib yurgan payti- dayoq e’lon qila boshlagan, birinchi she’riy to‘plami esa «Tong nafasi» nomi bilan 1961-yilda chop etilgandi. Shundan buyon ijodkoming

qirqdan ziyod kitobi o‘quvchilarga tortiq etildi. Uning she’rlaridan tash- qari «Palatkada yozilgan doston», «Ruhlar isyoni», «Istanbul fojiasi» singari dostonlari, «Donishqishloq latifalari» nomli hajviy turkumi, «O1tin devor» komediyasi, «Shoir-u she’r-u shuur» deb atalgan adabiy- falsafiy to'plami XX asr o‘zbek adabiyoti rivojiga katta hissa bo‘lib qo'shilgan. Erkin Vohidov dunyo she’riyatining yorqin vakillari S. Yese­nin, A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov singari shoirlaming ko'plab asarlarini ona tilimizga taijima qilgan. Ijodkor tomonidan ulug‘ nemis mutafakkiri Gyotening «Faust» asari o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan o‘girilishi esa (1974-yilda) nafaqat adabiyotimiz, balki madaniyatimiz tarixida ham muhim voqea bo‘lib qoldi.

Erkin Vohidov she’riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qiladi. Sho‘ro adabiyotshunos-

ligida aruz vazni «eskirgan, zamonga javob bera olmay qolgan vazn», deya inkor qilina boshlagan bir paytda Erkin Vohidov «Yoshlik devoni» (1969) kitobini yozgan, undan joy olgan o‘nlab go‘zal g'azallari bilan bunday da’volaming puch ekanini isbotlagandi. U «O‘zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgan ijodkordir.

Darhaqiqat, Erkin Vohidov o‘zining butun faoliyati va ijodini xalqi- miz orzu-o‘ylarini badiiy ifodalash, millatimiz taqdiriga daxldor muam- molami dadil ko‘tarib chiqish, kishilarimiz madaniy-estetik saviyasini yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga yo‘naltirgandir. Bu jihatdan shoiming 1968-yilda yozilgan «O‘zbegim» qasidasi alohida e’tiborga molik.

Sharq mumtoz she’riyatida qasidalar asosan podshohlar, amir-u xonlar sha’niga, ular tomonidan qilingan xayrli ishlarni olqishlash maqsadida bitilardi. Erkin Vohidov esa ona xalqi — O‘zbegimga qasida bag4ishlaydi! Bu ijodiy jasorat yana shunisi bilan muhimki, u yozilgan paytlari sobiq sho‘ro mamlakatidagi barcha millatlar «sovet xalqi» degan umumiy, sun’iy nom bilan atalar, odamlaming muayyan millat vakili ekani bilan faxrlanishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasdi. O'quvchilarni baholash.

Sinfdoshlaringiz bilan Erkin Vohidov hayoti va ijodi to‘g‘risida savol- javob uyushtiring.

Ota-onangiz yordamida Erkin Vohidov she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzing.

«O‘zbegim» qasidasida xalqimiz tarixining qaysi sahifalari tilga olinadi?

Sen na zardusht, sen na buddiy, senga na otash, sanam,



Odamiylik dini birla toza iymon, ozbegim, —

Uyga vazifa adib asarlaridan na'munalar o'qish.


Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish