146
Korxonalarni
va
ularning
tarkibidagi
sex
va
uchastkalarni
yiriklashtirish ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmini ko‘paytiradi,
mahsulot sifatini yaxshilaydi, mehnat unumdorligini oshiradi. Bunga yirik
korxonalarni qurish, ishlab turgan korxonalarni qayta qurollantirish,
kengaytirish, birlashmalarni tuzish yo‘li bilan erishiladi.
Iqtisodiy rayonlarning industrial rivojlanish darajasi, ularning
tarkibidagi yirik, o‘rta hamda kichik sanoat korxonalarning salmog‘i
bo‘yicha ifodalanadi.
Sanoatni konsentratsiyalash masalalarini ma’lum mahsulotlarga
ehtiyoj, ularni ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda erishiladigan iqtisodiy
natijalarni e’tiborga olgan holda hal etish tavsiya etiladi.
Korxonalar ishlab chiqarishning hajmiga binoan yirik, o‘rta va kichik
turlarga bo‘linadi. Ular bir-biridan ishlab chiqariladigan mahsulot (ish
bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning hajmi, asosiy fondlarning qiymati,
xodimlarning soni bilan farqlanadi.
Yirik, o‘rta va kichik korxonalarni qurish zarurati O‘zbekiston
Respublikasining moddiy-texnika bazasini yaratishda vaqt omilining
ahamiyati nihoyatda yuqoriligi bilan aniqlanadi.
Har bir sanoat korxonasi o‘z afzalliklari va kamchiliklari bo‘yicha bir
biridan farqlanadi.
Yirik korxonalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
-yuqori unumli texnika va ilg‘or texnologiyani qo‘llash va undan
foydalanish imkoniyatlarining ko‘pligi;
-ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish;
-xodimlar mehnat unumdorligining yuqoriligi;
-sanoatga ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan eng yangi fan-
texnika
yutuqlarini,
o‘zlashtirishga
ta’sir
ko‘rsatadigan
quvvatli
konstruktorlik, texnologik va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, byurolarini
tashkil etish imkoniyatlari;
-shartli-doimiy xarajatlarning kamligi;
-mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan asosiy va yordamchi xizmat
ko‘rsatish xarajatlarining pastligi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kichik korxonalarning o‘rni va
roli juda katta ahamiyatga ega. Shu sababli mustaqillik yillarida o‘rta va
kichik korxonalarning rivojlanishiga alohida e’tibor berildi. Natijada ularning
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 50 foizdan oshmoqda.
Yirik, o‘rtacha va kichik korxonalar oqilona rivojlantirilgandagina
ijtimoiy ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishish mumkin. Bu
vazifani hal etish ishlab chiqarishni konsentrsiyalashtirishga bevosita
bog‘liqdir. Buning uchun korxonalarning optimal yirikligini aniqlash kerak
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: