Industrial iqtisodiyot


Innovatsion faoliyat va uni investitsiyalash masalasi



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

7.4.Innovatsion faoliyat va uni investitsiyalash masalasi 
Bozor 
iqtisodiyotida 
innovatsion 
investitsiyalashtirish 
jarayoni 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga asoslangan ishlab chiqarish jarayoniga 
nisbatan intensiv darajada olib borilishi bilan iqtisodiyot tarmoqlarini qamrab 
olishi kerak. Buning asosiy sababi quyidagilarda ifodalanadi: 

erkin raqobat sharoitida turli mulkchilik shakllariga asoslangan 
korxonalarning rivojlanishini turli darajada bo‘lishi oqibatida, o‘zlarining 
iqtisodiy mavqeini saqlab qolishlari ilm-fan va texnika yutuqlaridan 
foydalanish darajasiga bog‘liq; 

innovatsion investitsiyalashtirish natijasida ishlab chiqarish jarayonida fan 
va texnika yutuqlaridan foydalanish, korxonalarga mahsulot hajmi, 
mehnat unumdorligi va mahsulot sifatining oshib borishi, yuqori darajada 
foyda olishni ta’minlaydi. 
Innovatsion investitsiyalashtirish iqtisodiy munosabatlar daraja-sida, 
ma’lum qiymatga ega bo‘lgan yangilik yoki yangi ishlab chiqarilgan tovar 


138 
qiymatida innovatsion faoliyatda qatnashayotgan subyektlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni ifodalaydi. 
Innovatsion munosabatlar investitsiya munosabatlarinish maxsus ilmiy 
va amaliy yangiliklarni yaratishga yoki takomillashtirishga yo‘naltirilgan 
munosabatlari bo‘lsada, u ham o‘z navbatida ishlab chiqarish jarayonida 
mulkchilik munosabatlarimi ifoda etadi. Yaratila-yotgan ilmiy va amaliy 
yangilik tovar sifatida ijtimoiy mehnat harajatlarining mahsuli, tovar bo‘lib, 
ishlab chiqarish munosabatlarini ifoda etadi. Demak, innovatsion tovarlarni 
ishlab chiqarishda tovar ishlab chiqaruvchi subyektlar qatorida, innovatsion 
faoliyat olib boruvchilar-kapital, mulk va tovar egalari ham subyektlar 
sifatida ishtirok etadilar. 
Innovatsion 
investitsiyalashtirish 
munosabatlarida 
innovatsion 
tadbirkorlik subyektlari yoki ishlab chiqarish subyektlari ixtiyorida ilmiy 
yangiliklarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi maxsus ishchi guruhlarni tashkil 
etish, yangliklarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy va moliyaviy 
resurslar bilan ta’minlash orqaligina innovatsion ishlab chiqarish 
munosabatlarini talab darajasida shakllantirish mumkin. 
Innovatsion investitsiyalashtirishda bir necha subyektlar qatnash-gan 
holda har bir subyekt ma’lum bir yo‘nalishdagi vazifalarni bajarishi bilan, 
ma’lum bir yangiliklarni yaratishga va undan keladigan foyda qismini 
o‘zlashtirishga 
bo‘lgan 
intilishlari 
innovatsiya 
munosabatlarini 
rivojlantirishga olib keladi. Bu, albatta, xavf-xatarlar bilan ham bog‘liq. Ular 
ko‘zlagan natijaga ham erishmasligi mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion investorlar innovatsiya 
ishlarini olib boruvchi subyektlar bilan innovatsiya ishlarini olib borish 
munosabatlarini ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlik asosida tashkil etishlari 
kerak. Shuningdek ishlab chiqarish natijalarining samaradorligini oshirish 
uchun ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, institutlar yoki maxsus texnologik yoki 
konstruktorlik 
bo‘limlari, 
yirik 
korporatsiya, 
konsern, 
aksionerlik 
birlashmalari huzurida yangiliklarni izlovchi bo‘limlar shaklida tashkil etish 
zarur. 
Innovatsiya 
munosabatlari 
samaradorligini 
oshirish 
uchun 
quyidagilarga e’tibor berish zarur: 

innovatsion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy izlanish jarayoni 
darajalaridan kelib chiqqan holda subyektlar o‘rtasida innovatsion 
munosabatlarni tashkil etish darajasiga; 

innovatsion ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan axborotlar bilan innovatsion subyektlarni ta’minlashga va yuqori 
intellektual darajaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etishga; 

innovatsion ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish 
resurslari bilan ta’minlashga; 


139 

innovatsiya ishlarini olib boruvchilar faoliyatlarining samarali bo‘lishini 
ta’minlash uchun ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirishga. 
Innovatsion samaradorlik investitsiyalashtirishda innovatsion muhitni 
shakllantirish, innovatsion munosabatlarni tashkil etish va uning natijalarini 
ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan bog‘liq. 
Innovatsion tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi ishlab chiqarish 
jarayonini takomillashtirish yoki yangi yo‘nalishda tashkil etish bilan bog‘liq 
bo‘lib, uning yo‘nalishini aniqlash uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur: 

tashkil etilayotgan ishning yangilik darajasiga; 

yangi ishlab chiqarish yunalishidagi tovar ishlab chiqarishning yo‘qligiga, 
uning iste’mol bozorining mavjudligiga; 

shu yo‘nalish bo‘yicha yangi innovatsion mahsulotlarni yoki xizmat 
turlarini investitsiyalashtirishning zarurligiga; 

innovatsion investitsiyalashtirish munosabatlarini shakllantirish uchun 
zarur bo‘lgan muhitning mavjudligiga; 

innovatsion investitsiyalashtirish faoliyatini olib borish uchun zarur 
bulgan malakali xodimlar va mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasiga. 
Innovatsiya loyihalari vazirliklar, konsernlar, assotsiatsiyalar, mahalliy 
xokimliklar va boshqa ishlanmalar natijalarining iste’molchilari tomonidan 
xissadorlik asosida moliyalashtirilgan. 
Hozirgi zamon ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari yashashi va undan 
foydalanish davrining qisqaligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham 
mahsulotlarni ishlab chiqarishni yangilash davri 3 yilni tashkil etadi. Ammo 
barcha ishlab chiqarish subyektlari ana shu qisqa vaqt ichida mahsulot ishlab 
chiqarishni yangilashga qodir emaslar. Demak, innovatsiya faoliyati bilan 
shug‘ullanish zarurmi degan masalaga emas, balki uning samaradorligini 
oshirishga e’tiborni kuchaytirish zarur. 
Innovatsion faoliyatnnng samaradorligi uning boshqaruvi bilan 
bog‘liqdir. Respublikada innovatsion loyihalar doirasida energiya va resurslar 
tejamkor texnologiyalarini o‘zlashtirish va fan sig‘imi yuqori bo‘lgan 
mahsulot turlarini ishlab chiqarishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan 
loyhalarga e’tibor berish alohida ahamiyatga egadir.
Innovatsiya 
mexanizmining 
birinchi 
bosqichida 
yaratilgan 
texnologiyalarning ishlab chiqarish sharoitiga mosligini o‘rganish, texnologik 
reglamentlarini moslashtirish, ishlab chiqarish bazasini takomillashtirish 
bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilgan. Ikkinchi bosqichida, innovatsion yangi 
texnologiyalarii to‘la o‘zlashtirish asosida ilmni ko‘p talab etadigan 
mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 
Hozirgi 
bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
mamlakatning 
jahon 
hamjamiyatidagi o‘rni va ahamiyati ko‘p jihatdan uning texnologik 


140 
rivojlanish darajasi, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyoti sur’atlari nechog‘lik 
muvofiqligi, o‘zining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga ishonchli ilmiy asos 
yaratilganligi bilan belgilanadi. 
Innovatsiya sohasini tahlili asosida quyidagi xulosalarga kelish 
mumkin: 

bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion investitsiyalashtirish muhitini 
yaratishdan maqsad iqtisodiyot tarmoqlarining samarali rivojlanishi va 
bozor talablarini qondira oladigan darajada iste’mol mahsulotlarini ishlab 
chiqarish, yokilgi, energetika va moddiy resurslardan tejamkorlik asosida 
foydalanishni ta’minlash; 

davlatning innovatsion investitsiyalashtirishni moliyaviy asosda qo‘llab-
quvvatlab 
turishi, 
davlat 
budjetidan 
ajratiladigan 
innovatsiya 
mablag‘larining asosiy qismi yuqori texnologik ishlab chiqarish 
ishlamalarini yaratishga yo‘naltirilishi; 

ishlab chiqarish subyektlari bilan oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida innovatsion 
loyihalarni bajarishda xamkorlikka asoslangan guruhlarni tashkil etish 
hisobiga ishlab chiqarish texnologiyalarini takoomillashtirish yoki 
yangilashga erishish; 

xorijiy davlatlar, xususiy subyektlarning investitsiya miblag‘larini 
innovatsion faoliyatga jalb etish uchun qulay investitsion muhitni yaratish 
kerak. 
Shuning uchun hozirgi sharoitda innovatsiya islohotlarini amalga 
oshirish uchun ishlab chiqarish subyektlarini yetarli darajada shrur bo‘lgan 
investitsiya mablag‘lari bilan ta’minlanishini e’tiborga olgan holda, davlat 
tomonidan innovatsion tadbirlarnn amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
mablag‘larni imtiyozli ravishda olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va 
ularga yordam berish zarur. 
Bu, birinchidan, respublika mintaqalarida mavjud bo‘lgan, ammo 
investitsiya mablag‘lari bo‘lmaganligi sababli o‘z faoliyatlarini innovatsion 
ishlab chiqarishlarini talab darajasida tashkil eta olmayotgan korxonalarning 
ishlab chiqarishni amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘lsa; ikkinchidan, mavjud 
ishlab chiqarish asosida innovatsion jarayonni rivojlantirish orqali ishlab 
chiqarish hajmini oshirish va bozor iste’mol talablarini qondirishga erishishni 
ta’minlaydi. 
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan mustaqil innovatsion faoliyatni 
amalga oshirish, ularning xuquqiy subyekt sifatida javobgarligini va 
manfaatdorligini oshirish orqali innovatsion munosabatlarning samarali 
rivojlanishini ta’minlash mumkin. 
Mamlakat miqyosida innovatsion faoliyat bozor talablarini e’tiborga 
olgan holda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab olishi zarur. Aks 
holda soha va tarmoqlarni samarali rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan 


141 
miqdorda foydani olishga erishish qiyin muammo bo‘lishi bilan birga ishlab 
chiqarish jarayonini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shaklida olib 
borishga salbiy ta’sir etadi. 
Hozirgi iqtisodiy sharoitda innovatsiya faoliyatini rivojlantirishda 
ma’lum darajada tashkiliy iqtisodiy qiyinchiliklar mavjud, bular 
quyidagilardan iborat: 

xo‘jalik yurituvchi subyektlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq 
foydalanmasliklari oqibatida innovatsiya faoliyatini rivojlantirish uchun 
zarur bo‘lgan xususiy mablag‘larning yetishmasligi; 

korxonalarda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi maxsus 
bo‘limlarning yo‘qligi; 

innovatsiya faoliyatini olib borish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy 
jihatdan .boy bo‘lgan tajribalarga ega bo‘lgan malakali kadrlarning 
yetishmasligi; 

innovatsiya faoliyatini olib borish uchun maxsus laboratoriya, ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq bulgan jixozlarning yetishmasligi; 

xorijiy mamlakatlardan innovatsion mahsulotlarning kirib kelishi 
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishga 
salbiy ta’sir ko‘rsatishi. 
Innovatsion yangiliklarni yaratish uchun ajratilgan mablag‘lardan 
foydalanishni nazorat qilish, undan samarali foydalanish uslublarini 
takomillashtirish, innovatsiya ishlarini olib boruvchi subyektlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni takomillashtirish ularning manfaatdorligi va javobgarligi 
bilan bog‘liq. 
Yuqorida qayd etib o‘tganimizdagidek, innovatsion faoliyat ularning 
yetarli darajada investitsiya mablag‘lari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. 
Bu muammoni hal etish, respublikada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish 
uchun imtiyozli innovatsion kredit mablag‘larini beruvchi innovatsion bank 
tizimini tashkil etish hozirgi davr talabiga javob beradi. 
Davlat tomonidan iktisodiyotni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish siyosati 
innovatsion ishlarni olib borishni rivojlantirish strategiyasiga asoslanishi 
kerak. 
Innovatsiya mablag‘laridan foydalanish xavf-xatar bilan ham bog‘liq. 
Uning oldini olish uchun innovatsion investitsiya mablag‘lari sifatida xizmat 
qiluvchi qimmatli qog‘ozlarni chiqarish zarur. Bu qimmatli qog‘ozlar 
investor subyektlari uchun ma’lum miqdorda dividend keltirishi bilan xavf-
xatar darajasini kamaytirish yoki to‘liq undan himoya qilishni ta’minlaydi. 
Shu bilan birga, innovatsion muhit va faoliyat, innovatsion 
munosabatlarning 
samarali 
bo‘lishini 
ta’minlash 
uchun 
investor 
subyektlarning ham innovatsiya biznesida qatnashishlari zarur deb 
hisoblaymiz. 


142 
Innovatsion faoliyatni amalga oshirish munosabatlarini rivojlan-tirishda 
uni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini kerakli 
darajada xom-ashyolar bilan ta’minlash ham katta ahamiyatga ega. 
Davlat tomonidan innovatsion investitsiyalashtirish munosabat-larini 
takomillashtirish 
strategiyasiga 
asoslanib 
ishlab 
chiqarishda 
qulay 
innovatsiya muhitini shakllantirishda quyidagilarga e’tibor berish zarur
33


innovatsion investitsiyalashtirish davlatning moliya-kredit, soliq va 
amortizatsiya siyosati tomonidan belgilangan maqsadga; 

innovatsiya subyektlari uchun zarur bo‘lgan investitsiya mablag‘lari olish 
uchun berilgan imtiyozlarga; 

innovatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarishga tatbiq qilinishiga e’tibor 
berish zarur. 
Innovatsion investitsiyalashtirish va uning samaradorligini tahlili 
asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: 

innovatsion investitsiyalashtirish ko‘p qirrali bo‘lib, u iqtisodiyot 
tarmoqlarinn 
keng 
ko‘lamda 
qamrab 
olgan 
holda 
innovatsion 
munosabatlarni rivojlantiradi; 

innovatsion faoliyatni olib borishni davlat tomonidan iqtisodiyotni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish siyosatidan kelib chiqqan holda uni 
rivojlantirish strategiyasiga asoslanish kerak; 

innovatsion investitsiyalashtirish faoliyatlarini olib borish uchun zarur 
bo‘lgan kasb-hunar xodimlari va mutaxassislar bilan ta’minlanish 
darajasiga. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish