O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
1.
Asosiy fondlarning mohiyati, ahamiyati, tarkibi.
2.
Kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishda asosiy fondlarning
3.
Asosiy fondlarning yemirilishi va amortizatsiyasi
4.
Asosiy fondlarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish
5.
Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo‘llari.
6.
Ishlab chiqarish quvvatlari tushunchasi va uni aniqlash usullari.
7.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish masalalari.
185
11-BOB. O‘ZBEKISTON SANOATINING XOMASHYO MANBAI VA
UNI JOYLASHTIRISH
Tayanch atamalar va iboralar
: xomashyo, yordamchi materiallar,
tayyor mahsulot, asosiy xomashyo, yarim fabrikat, sanoat xomashyosi,
qishloq xo‘jaligi xomashyosi, mineral xomashyolar, rudali mineral
xomashyolar, rudasiz mineral xomashyolar, sun’iy materiallar, plastmassalar,
sintetik kauchuk.
Reja:
11.1. Sanoatda xomashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi
11.2. Resurslar tejamkorligining strategiyasi va taktikasi
11.3. Mineral xomashyo va ulardan oqilona foydalanish
11.1. Sanoatda xomashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi
Qayta ishlovchi barcha sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish
jarayonida
qatnashuvchi
elementlardan
biri
xomashyodir,
chunki
xomashyosiz hech qanday mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
Xomashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma’lum
darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir qadar o‘zgargan
mehnat buyumiga aytiladi. Xomashyo – asosiy va yordamchi materiallarga
bo‘linadi.
Asosiy xomashyo deb, tayyor mahsulotning material (moddiy) asosini
tashkil qiluvchi mehnat buyumiga aytiladi. Tayyor mahsulot tarkibiga
kiruvchi yoki asosiy xomashyoni qayta ishlashga zarur sharoit yaratib
beruvchi qolgan barcha mehnat buyumlari yordamchi materiallar deb ataladi.
Mehnat buyumlarining mahsulot ishlab chiqarishda qay tarzda
qatnashishiga qarab ular ham xomashyo (asosiy xomashyo), ham yordamchi
material bo‘lishi mumkin. Masalan, neft yoqilg‘i sifatida yordamchi material
bo‘lsa, benzin yoki kerosin ishlab chiqarishda esa xomashyodir.
Xomashyo keng miqyosda iste’mol buyumlari hamda ishlab chiqarish
mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy materiallardan iborat bo‘lib, u
quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- miqdori jihatidan yetarli bo‘lishi;
- qazib olish arzon va oson bo‘lishi;
- texnologik jarayonlar oson borishi kerak.
Har bir xomashyo mehnat buyumlaridir, Lekin har bir mehnat buyumi
xomashyo emas. Mehnat buyumi mehnat vositasi bilan ma’lum darajada
o‘zgargandan keyingina xomashyo bo‘ladi. Yer ostidagi foydali qazilmalar,
yovvoyi hayvonlar, daraxtlar va hokazolar xomashyo bo‘lmay, balki
potensial tabiiy boyliklardir.
186
Mehnat vositasi yordamida ovlangan hayvonlar, qazib olingan
ma’danlar, kesilgan daraxtlar va boshqalar xomashyo hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida bir yoki bir necha bosqichda qayta
ishlangan bo‘lsa-yu, lekin tayyor mahsulot sifatida iste’mol qilina olmasa, u
yarim fabrikat deb ataladi.
Hayotda yarim fabrikat uni ishlab chiqargan ishlab chiqarish nuqtai
nazaridan qaraganda tayyor mahsulot, iste’mol qiluvchi ishlab chiqarish
nuqtai nazaridan qaraganda xomashyo hisoblanadi.
Xomashyo resurslarini xomashyodan farq qilmoq kerak. Xomashyo
resurslariga mamlakatdagi foydali qazilmalar konlari, o‘rmon maydonlari, uy
hayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chiqarilgan yoki
ishlab chiqarish uchun mehnat sarflangandagina ular xomashyoga aylanishi
mumkin.
Xomashyo ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementi sifatida sanoat
ishlab chiqarishiga va uning iqtisodiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sanoatning
qayta ishlovchi tarmoqlarida xomashyo va yoqilg‘i xarajatlari ishlab
chiqarishga sarflangan xarajatlari hajmida eng katta salmoqqa egadir.
Shuning uchun sanoat korxonalari faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari ko‘p
jihatdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xomashyo va yoqilg‘i
xarajatlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat mahsuloti tannarxida xomashyo,
yordamchi materiallar va yoqilg‘i xarajatlari butun sanoat bo‘yicha o‘rtacha
70 foizni tashkil etadi. Shuning uchun xomashyoni tejab ishlatish sanoat
mahsuloti tannarxini pasaytirishda, ishlab chiqarish quvvatlaridan yaxshi
foydalanishda va ishchilar mehnatining unumdorligini oshirishda katta rol
o‘ynaydi.
Material ko‘p sarflanadigan tarmoqlarda xomashyo va material-lardan
oqilona foydalanish mahsulot tannarxini pasaytirishning asosiy manbaidir.
Mashina va uskunalarning unumli ishlashi va tayyor mahsulot ishlab
chiqarish uchun vaqtning sarflanish darajasi xomashyo sifati va uning turiga
bog‘liq. Sanoatdagi xomashyolar xilma-xil bo‘lib, ular quyidagi turlarga
bo‘linadilar:
-
sanoat xomashyosi;
-
qishloq xo‘jaligi xomashyosi.
Sanoat xomashyosi turli belgilarga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi:
-
kelib chiqishiga ko‘ra – tabiiy va sun’iy;
-
agregat holatiga ko‘ra - qattiq, suyuq hamda gazsimon;
-
kimyoviy tarkibiga ko‘ra – organik va anorganik;
-
ishlatilishiga ko‘ra – ozuqabop va texnik turlarga bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligi xomashyosi ikki turga, ya’ni o‘simliklardan
olinadigan xomashyolar va hayvonlardan olinadigan xomashyolarga
bo‘linadi.
187
Do'stlaringiz bilan baham: |