Industrial iqtisodiyot


 Resurslar tejamkorligining strategiyasi va taktikasi



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

11.2. Resurslar tejamkorligining strategiyasi va taktikasi 
Ma’lumki, har bir jangda har ikkala tomon ham o‘z strategiya va 
taktikasidan foydalanib, imkon qadar yo‘qotishlarsiz g‘alabani qo‘lga 
55
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.148. 


191 
kiritishga harakat qiladi. Xuddi shuningdek, iqtisodiyotda ham strategiya va 
taktika qo‘llaniladi.
Ma’lumki, har bir davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda resurslar 
tekin emas, ular o‘z maqsadlariga erishishda strategiya va taktikadan 
foydalanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad, ishlab chiqarish uchun 
sarflanadigan xomashyo xarajatlarini minimallashtirish va shu orqali foydani 
maksimallashtirishdir. Olib borilgan izlanishlar, qo‘llanilgan strategiya va 
taktikaning xomashyo xarajatlarini kamaytirishdagi so‘nggi bosqichi 
resurslardan foydalanishning alternativ yo‘lini tanlash, resurslar tejamkorligi 
ekanligini tavsiflaydi. 
Resurslarni tanlash alternativligi amaliyotda undan foydalangan 
sohalarda quyidagi vazifalarni hal qiladi: 

xarajatlarning kamayishi va ishlab chiqarilgan mahsulot sifatining 
oshishi; 

alohida tovarlar va mahsulotlar assortimenti bilan bozorga kirib borish 
va o‘z o‘rnini egallash; 

mahsulot sifatidagi aniq ustunlikka erishish; 

xuddi iqtisodiyotdagi o‘rni kabi texnologiyada ham liderlik, ya’ni 
peshqadamlik mavqeining o‘sishiga ega bo‘lishga intilish; 

dinamikani hisobga olgan holda mavjud resurslardan yaxshiroq 
foydalanish va xo‘jalik faoliyatidan foyda olish. 
Shuningdek, alternativ (bir-biriga zid ikki yo‘ldan birini - yo unisini, 
yo bunisini tanlab olish zarurati) resurslardan foydalanish strategiya va 
taktikasining tarkibiy qismi hisoblanib, ishlab chiqarishda iqtisodiy tejash va 
samaradorlikning oshishiga olib keladi. 
Modomiki, strategiya va taktika har qanday ishda, shuningdek, 
moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan foydalanish sohasida ham amalga 
oshirish birinchi navbatda odamlarni, amaliyotga mo‘ljallangan xodimlarning 
tegishli kvalifikatsiyasi, bilimi va ish malakasi, resurslardan foylanish 
javobgarligi, bozor iqtisodiyoti sharoiti va zamonaviy fan-texnika tadqiqoti 
haqida yetarli bilimlar talab qilinadi. 
Oldingi rejali iqtisodiyot sharoitida resurslar davlatga qarashli bo‘lib, 
ularni bepul va qaytarib olmaslik qoidasi asosida hududlarga, tarmoqlarga va 
korxonalarga taqsimlab berilar edi. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti sharoiti 
resurslarni topish va ulardan foydalanishga bo‘lgan talabning ko‘tarilishi 
resurslar tejamkorligini amalga oshirish yo‘llarini izlashni taqozo etadi. 
Sobiq 
ittifoqda 
barcha 
resurslar 
davlat 
tomonidan 
bepul 
taqsimlanganligi uchun resurslar tejamkorligi amaliyotda emas, balki 
hujjatlarda bajarilgan. Hozirgi kunda bu masala oldingi davrdagidek, 
“yuqori”ning ko‘rsatmasi bilan emas, har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning 
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqishi bilan 
hal etilmoqda. 


192 
Hozirgi sharoitda ko‘pgina korxonalarning asosiy masalasi mahsulotni 
ishlab chiqarishda nimani, qancha va kimga ishlab chiqarish emas, shu bilan 
bir qatorda bu mahsulotni ishlab chiqarishga qancha resurs va mablag‘ talab 
qilinishi masalasi ham muhimdir. Bu har bir korxonaga bir tomondan mavjud 
talabni qondirish, ikkinchi tomondan esa – resurslar xarajatining kamxarj 
yo‘lini axtarishga undaydi. 
Bularning barchasi tovar ishlab chiqarish xarakteri bilan bog‘liq 
bo‘lgan ixtisoslashganlik, texnologiya, qurollanganlik va boshqa xususiyatlar 
korxonaning o‘ziga tegishlidir. Bulardan tashqari, har bir korxonaga 
xarakterli bo‘lgan normalashtirish va resurslarning pulliligi – resurslar 
tejamkorligining muhim rezervidir. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish