Industrial iqtisodiyot


O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar 
1.
Xomashyo tushunchasi va uni guruhlash. 
2.
O‘zbekiston sanoatining xomashyo bazasi va uning rivoji. 
3.
Mineral xomashyo konlarini iqtisodiy baholash. 
4.
Sun’iy materiallar ishlab chiqarishning rivoji. 
5.
Sanoat xomashyosidan foydalanishning oqilona usullari. 
6.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tejamkorlik tamoyili va uning talablari. 
7.
Sanoat xomashyo bazasini mustahkamlashda xorijiy hamkorlikning roli. 


200 
12-BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING AYLANMA 
FONDLARI VA MABLAG‘LARI 
 
Tayanch atamalar va iboralar
: aylanma fondlar, ishlab chiqarish 
jamg‘armalari, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, 
aylanma fondlarning tarkibini, moddiy resurslardan kompleks (har taraflama) 
foydalanish, chiqindilardan yoki ikkilamchi xomashyo va materiallardan 
foydalanish, muomala fondlari, normallashtiriladigan aylanma mablag‘lar
Reja: 
12.1. Aylanma fondlarning mohiyati va ahamiyati
12.2. Moddiy resurslardan samarali foydalanish masalalari
12.3. Aylanma mablag‘lar va ularning aylanishini tezlashtirish 
 
12.1. Aylanma fondlarning mohiyati va ahamiyati 
Sanoat sohasida turli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida moddiy va 
moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlar doimo oshib boradi. Sanoat 
korxonalarida asosiy fondlar bilan bir vaqtda mehnat buyumlari ham 
harakatda bo‘ladi. Shu sababli ular aylanma fondlar deb aytiladi. 
Aylanma fondlar – 
bu ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, 
o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazib, o‘z shaklini ham o‘zgartiradigan, 
butunlay yo‘qotib yuboradigan mehnat buyumlaridir.
57
Aylanma fondlarga ishlab chiqarish jamg‘armalari va ishlab 
chiqarishdagi mablag‘lar, tugullanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr 
xarajatlari kiradi. 
Ishlab chiqarish jamg‘armalari aylanma fondlarning asosiy qismini 
tashkil etadi. Bu korxonalarga keltirilgan, Lekin ishlab chiqarish jarayonida 
hali foydalanilmagan mehnat bumlari, xususan, xomashyo, yarim tayyor 
mahsulotlar, yoqilg‘i, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, ta’mirlash 
uchun ehtiyot qismlar, xo‘jalik jihozlari va tez yemiriluvchi buyumlardan 
iborat.
Aylanma fondlarning yana bir qismini tugallanmagan ishlab chiqarish 
tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayoniga allaqachon tushgan, lekin 
ishlov berish tugamagan mehnat buyumlaridir. Bularga korxona o‘zi 
yaratgan, lekin chala tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar 
kiradi. 
Aylanma fondlarning yana bir qismi kelgusi davr xarajatlari 
hisoblanadi. Ularga yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, tayyorlash va 
o‘zlashtirish, mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash, xonalarni ijaraga 
olish, tog‘-sanoat korxonalariga taalluqli xarajatlardan iboratdir. Bu 
57
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.158. 


201 
xarajatlarning hammasi tayyor mahsulotning tannarxi tarkibiga kirishi 
evaziga qoplanadi.
Aylanma fondlarning tarkibi turli tarmoqlarda turlicha bo‘ladi. 
Masalan, umuman sanoat bo‘yicha ishlab chiqarish jamg‘armasi 64% ga 
yaqin bo‘lsa, elektroenergetika va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish 
sohasida 56% ni, mashinasozlikda 54%, ko‘mir sanoatida 33% ni tashkil 
etadi. Aylanma fondlarning tarkibi faqat tarmoqlarda emas, korxonalarda 
ham bir biridan farq qilishi mumkin. Bu ishlab chiqarishning texnikaviy 
darajasiga, joriy etilayotgan texnologiyaning usuliga, yo‘liga, korxonani 
ixtisoslashtirish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga, 
ishlatiladigan materiallarning tarkibiga bog‘liqdir. Aylanma fondlarning 
tarkibini iqtisodiy tahlil etish va ularning tarkibiga ta’sir etuvchi omillarni 
aniqlash hamda ularning ta’sir kuchi natijalarini topish, tarmoqlar va korxona 
taraqqiyotini belgilashga katta yordam beradi. Aylanma fondlarning tarkibini 
aniqlash, foydalanishni yaxshilash yo‘llarini belgilash uchun moddiy 
balanslar tuziladi. Bu balanslar har bir tarmoq ikkinchi tarmoqqa qanday 
buyumlar yetkazib berishini tavsiflaydi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish